Abdullaev Boymurod Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘gʼrisidagi ish yuritishni protsessual-huquqiy tartibga solish masalalari”, 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu480.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Oqyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD/37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xabibullaev Davlatjon Yulchiboevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish yuritishni protsessual-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini qiyosiy-huquqiy baholash orqali mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilishi haqidagi takliflar asoslab berilgan;
huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilmasligi asoslantirilgan;
huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bo‘yicha mediativ kelishuvga yo‘l qo‘yilmasligi, ayrim huquqiy ta’sir choralarini (moliyaviy sanksiyalar, bank operatsiyalarini to‘xtatib turish) qo‘llash bo‘yicha esa kelishuv bitimi tuzishga imkon berish zarurligi asoslantirilgan;
huquqiy ta’sir chorasi sifatida banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish uchun asosli va kengroq dalil taqdim etilishi shartligi haqidagi takliflar asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan Iqtisodiy protsessual kodeksi 68-moddasining ikkinchi qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 5-sentyabrdagi 04/2-10/4009-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyatini bajaruvchi subektni aniqlashga xizmat qilgan;
huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilmasligi haqidagi takliflar 2019-yil 20-martdagi O‘RQ–531-sonli “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan Iqtisodiy protsessual kodeksi 2032-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 5-sentyabrdagi 04/2-10/4009-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rilmasligiga haqida qoida belgilanishiga xizmat qilgan;
huquqiy ta’sir chorasi sifatida banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish uchun dalil taqdim etilishi shartligi haqidagi takliflar 2019-yil 20-martdagi O‘RQ–531-sonli “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan Iqtisodiy protsessual kodeksi 219-moddasining uchinchi bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 5-sentyabrdagi 04/2-10/4009-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda dalillarni taqdim etishning qonunchilikda belgilanishiga xizmat qilgan;
huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bo‘yicha mediativ kelishuvga yo‘l qo‘yilmasligi, ayrim huquqiy ta’sir choralarini (moliyaviy sanksiyalar, bank operatsiyalarini to‘xtatib turish) qo‘llash bo‘yicha esa kelishuv bitimi tuzishga imkon berish zarurligi haqidagi takliflar 2019-yil 20-martdagi O‘RQ–531-sonli “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan Iqtisodiy protsessual kodeksi 221-moddasining to‘rtinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 5-sentyabrdagi 04/2-10/4009-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish doirasini belgilashga xizmat qilgan.