Ochilov Abduraxim Abdurasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori qovushqoq og‘ir neftlarning turg‘un suv-neftli emulsiyalarini parchalash uchun deemulgatorlar kompozisiyalarini olish va qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T811.
Ilmiy maslahatchi: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02.30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Muxtorov Nuriddin Shamshidinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori qovushqoqli og‘ir neftlarning turg‘un suvneftli va neftshlamli emulsiyalarni parchalashda qo‘llaniladigan deemulgatorlar kompozisiyasini va ularni parchalashning kombinatsion texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuqlik oqimida Reynolds sonining 2300 dan 2900 gacha ortishi bilan dispers fazaning o‘rtacha o‘lchami 35 mkm dan 25 mkm gacha kichrayishi, quduq unumdorligini oshirish uchun qatlamga 3% gacha sirt faol modda haydalganda ularning o‘lchamlari 3 mkm gacha kichrayishi hamda suvneftli emulsiyalarni parchalash vaqti 1,75 - 4,2 martagacha ortishi aniqlangan;
SD-1 demulgatori barqaror suvneftli emulsiyalarni parchalashda qoldiq suv miqdorini 1,1% gacha kamaytirishi bo‘yicha eng yuqori samaradorlikni, SD-2 esa 2,5%, bu esa sulfonat guruhlari hosil bo‘lishiga bog‘liq, ular sulfid guruhlariga nisbatan yuqori sirt-faollik xusuiyatiga ega ekanligi aniqlangan
deemulgator olishda ishlatilgan motor moyi, chiziqli alkil benzosulfonatga natriy gidrooksidning 30% li eritmasi bilan ishlov berib olingan mahsulot hamda kalsiy stearatning 50:30:20 foiz nisbatlarida eng maqbul tarkibi aniqlangan;
demulgatorlar tarkibidagi kalsiy stearati ularning samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, tizimda stabilizator vazifasini bajaradi va 20-25% konsentratsiyada demulgatorning qovushqoqlik xususiyatlarini yaxshilaydi, natijada ularning neft-suv fazalari chegarasida teng taqsimlanishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan deemulgatorlar kompozisiyalarini qo‘llash natijasida, mahalliy neft tayyorlash qurilmasidagi yuqori turg‘un suvneftli emulsiyalarini suvsizlantirish darajasi 99,6% va qoldiq tuzsizlantirish darajasi 95,6% gacha ekanligi aniqlangan;
olingan uglevodordli erituvchi neftshlamli emulsiyalarga 10 dan 30% gacha aralashtirish bilan ularning zichligini 1,26 va qovushqoqligini 2,4 hamda qoldiq tuzlarning miqdorini 2,63÷4,4 martagacha kamayishi aniqlangan;
mahalliy og‘ir neftlarning yuqori turg‘un suvneftli emulsiyalarni parchalashda ishlab chiqilgan deemulgatorlar va ultratovushli ta’sir bilan birgalikda qo‘llanilganda sinergetik effekt kuzatilgan, bunda UTT chastotasi 20 kGs, intensivligi 15Vt/sm2, ta’sir vaqtini 25:75 eng maqbul sharoit ekanligi aniqlangan;
yuqori qovushqoqli og‘ir neftlarning turg‘un suvneftli emulsiyalarini ishlab chiqilgan deemulgatorlar kompozisiyasi yordamida parchalashning kombinatsion texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori qovushqoq og‘ir neftlarning turg‘un suvneftli emulsiyalarini fazalarfga ajratish uchun deemulgatorlar va ularning kompozisiyalarini olish hamda qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy ikkilamchi xomashyolar va engil sanoat korxonalari chiqindisi asosida TKM seriyali deemulgatorlar olish texnologiyasi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining neft konlarida joriy qilingan (Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 9 sentyabrdagi P01/TB-4655-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi deemulgator olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan deemulgatorlar va ularning kompozisiyalari asosida yuqori turg‘un suvneftli emulsiyalarni parchalashning kombinatsion texnologiyasi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining neft konlarida joriy qilingan (Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 9 sentyabrdagi P01/TB-4655-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Kemachi neft koni SNElarini deemulgirlash jarayoni vaqti 1,5 martaga kamaytirish va suvsizlanish darajasi 99,6%, qoldiq tuzlar miqdori 99 mg/dm3 gacha tozalash imkonini bergan;
yuqori qovushqoqli og‘ir neftlarning turg‘un suvneftli emulsiyalarini fazalarga ajratish maqsadida ishlatilgan motor moyi, engil sanoat korxonalari chiqindisi (chiziqli natriy alkil benzo sulfonat) va kalsiy stearat arlashmalari asosida deemulgirlovchi xusuiyatga ega bo‘lgan sirt-faol modda va ular kompozisiyalarini olish hamda qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishda UTT ta’sir etishni birgalikda amalga oshirishga doir ma’lumotlar va xulosalar Oliy ta’limning 5321400-Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Neft-gazkimyo sanoati chiqindilarini tozalash texnologiyasi” nomli darsligida o‘z ifodasini topgan (Guvohnoma, 302-0863-son). Natijada, talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilarining  suvneftli va neftshlamli emulsiyalarni parchalash sohasida bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish