Ramazanov Salohiddin Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo xomashyolari asosida portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4844.
Ilmiy rahbar: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Iskenderov Axmed Maksetbayevich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nig‘matulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo xomashyolari asosida portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi Yolg‘izbuloq konida ohaktosh, giltuproq, gipstosh kompleks xomashyolari aniqlangan hamda ularning kimyoviy va mineralogik tarkiblari o‘rganilib, portlandsement ishlab chiqarish uchun istiqbolli xomashyo ekanligi isbotlangan;
ohaktosh-giltuproq-shlak tizimida portlandsement olish uchun klinker hosil bo‘lish maydoni o‘rnatilgan hamda xomashyolarning optimal tarkiblari ohaktosh-81,38%, giltuproq-15,78%, shlak-2,84% ekanligi aniqlangan;
klinkerni maydalashda qo‘llanilgan aminlar asosidagi (MCC 301 va MCC 201) kimyoviy qo‘shimchalarning portlandsement fizik-texnik xususiyatlariga ta’siri o‘rganilgan, natijada disperslik darajasini va reaksiyaga kirishish yuzasini oshirishi aniqlangan;
Yolg‘izbuloq koni kompleks xomashyolari va OKMKning shlak chiqindilari asosida yuqori fizik-texnik xususiyatlarga ega portlandsement ishlab chiqarish imkoniyati mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo xomashyolari asosida portlandsement olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sement klinkerini kimyoviy reagentlar qo‘shib maydalash texnologiyasi «Sherobod sement zavodi» MChJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zsanoat qurilish materiallari uyushmasi» AJning 2024 yil 12 avgustdagi 04/13-2256-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yolg‘izbuloq koni xomashyolari asosida M500 markali portlantdsement olishda sharli tegirmonning unumdorligini 10 %, maydalash darajasini 5 % ga oshirish imkonini beradi;
yolg‘izbuloq koni xomashyolari asosida sement klinkeri olish texnologiyasi «Sherobod sement zavodi» MChJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zsanoat qurilish materiallari uyushmasi» AJning 2024 yil 12 avgustdagi 04/13-2256-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi turdagi xomashyo asosida mustahkamligi 28 kunlikda 5 % gacha oshirilgan M500 markali portlantdsement olish imkonini beradi.