Azimov Salohiddin Turamuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Metildietanolamin va efirlar asosida gazlarni nordon komponentlardan tozalash uchun yangi absorbent kompozisiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3557.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metildietanolamin va efirlar asosida gazlarni nordon komponentlardan tozalash uchun yangi absorbent kompozisiyalarini olish va gazlarni tozalash kombinatsion texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MDEA, metilkarbitol va TEGME asosida olingan absorbent kompozisiyalarining gazlarni nordon komponentlardan tozalash darajasi, faolligi va selektivligi yuqori bo‘lishi uchun xomashyo gaz harorati – 45℃; bosimi – 4-5,5 MPa; absorbent harorati 45-55℃ ga teng bo‘lgan maqbul sharoiti ishlab chiqilgan;
olingan absorbent kompozisiyalarining ko‘pik hosil qilish qobiliyati va ko‘pik barqarorligigiga mexanik zarrachalar, korroziya ingibitorlari, absorbentlarning parchalanish mahsulotlari va suyuq uglevodorodlarning ta’siri tajribalar yordamida aniqlangan;
MTD-2 absorbenti yordamida 5,5 MPa bosim va absorbent va gazning haroratlari 45℃ bo‘lgan sharoitda gaz tarkibidagi vodorod sulfidni – 12 ppm gacha va uglerod dioksidi miqdorini esa – 20 ppm gacha kamayishi aniqlangan;
Termogravimetrik tahlillar asosida absorbentlarning termobarqarorlik ko‘rsatkichlari o‘rganilib, olingan absorbent namunalari 110℃ haroratda yo‘qotilishi 0,6-0,8%ini, 110-130℃ haroratlarda esa 0,8-1,1%ni tashkil etishi aniqlangan;
MDEA, Metilkarbitol va TEGME asosida gazlarni absorbsion tozalash uchun absorbent kompozisiyalar olish va ular yordamida tabiiy gazlarni nordon komponentlardan tozalash texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metildietanolamin va efirlar asosida gazlarni nordon komponentlardan tozalash uchun yangi absorbent kompozisiyalarini olish ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
metildietanolamin va efirlar asosida gazlarni nordon komponentlardan tozalash absorbsiya usuli «Uzbekneftegaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2024 yil 15 yanvardagi 28/G‘K-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, MTD-2 absorbenti yordamida 5,5 MPa bosim va absorbentning harorati 45℃ bo‘lgan sharoitda, gaz tarkibidagi vodorod sulfid – 12 ppm gacha va uglerod dioksidi miqdori esa – 20 ppm gacha kamaytirish imkonini beradi;
metildietanolamin va efirlar asosida gazlarni nordon komponentlardan tozalash uchun yangi absorbent kompozisiyalarini olish texnologiyasi «Uzbekneftegaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodining » ning 2024 yil 15 yanvardagi 28/G‘K-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, MTD-2 absorbenti yordamida olingan gaz takribida metan – 94,0338%, etan – 3,565%, propan – 0,832, butanlar – 0,415%, suyuq uglevodorodlar 0,509%, azot – 0,542%, vodorod sulfid – 0,0012%, uglerod dioksidi – 0,002% ni tashkil qilish imkonini beradi.