Ismoilov Adxam Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollar sinbovillari faunasi va qarshi kurash tadbirlari”, 03.00.06 – Zoologiya (Veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1./PhD/V76.
Ilmiy rahbar: Mavlanov Sabirjan Ibadullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov O‘tkir Ilashovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Vaxidova Dilbar Salimovna, veterinariya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yaylovlardagi qoramollarda parazitlik qiladigan sinbovil pashshalarning faunasi va mavsumiy dinamikasini o‘rganish, ularga qarshi kurashish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yaylovlardagi qoramollarda sinbovil pashshalarning faunasi o‘rganilgan va ularning 14 turi aniqlangan;
qoramollar sinbovil pashshalarining mavsumiy dinamikasi yaylovlar sharoitida o‘rganilgan va eng yuqori faolligi yoz mavsumida 62,8% ekanligi aniqlangan;
piretroid (Sumi-alfa, Sipermetrin, Karatin-50, Alpha-shakti) preparatlarni qoramollarning sinbovil pashshalariga qarshi insektisidlik samarasi aniqlangan;
qoramollarning sinbovil pashshalariga qarshi zamonaviy profilaktika chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoramollar sinbovillari faunasi va qarshi kurash tadbirlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Mahalliy sumi-alfa insektoakarisidining chorvachilikda ekto- va endoparazitlarga hamda xavfli transmissiv kasalliklarning “vektor” tarqatuvchilariga qarshi kurashda qo‘llanilishi» (2015) va «Alpha-shakti» preparatining chorvachilikda ektoparazitlarga qarshi qo‘llanilishi»(2022) bo‘yicha tavsiyanomalar hamda «Yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot va tuyalar ektoparazitlariga qarshi kurashish to‘g‘risida» (2016) yo‘riqnoma tasdiqlanib joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14-avgustdagi 02/23-455-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarning sinbovil pashshalariga qarshi o‘tkazilgan dezinseksiya tadbirlari tufayli sog‘in sigirlarni sut mahsuldorligini o‘rtacha 10,4 foizga oshishiga vasarflangan 1 so‘m xarajatga 4,5 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan;
«Piretroidlar. Tabiiy o‘choqli transmissiv kasalliklar muxofazasi» nomli monografiya (2017) chop etilgan. Ushbu chora-tadbirlarni Samarqand viloyatining Payariq, Nurobod, Toyloqtumanlari, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Kitob tumanlari chorvachilik xo‘jaliklarida va shaxsiy xo‘jaliklaridagi (aholi qaramog‘idagi) hamda yaylovlardagi qoramollarda parazitlik qiluvchi sinbovil pashshalarga qarshi qo‘llash orqali yuqori samaraga erishilgan hamda amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14-avgustdagi 02/23-455-son ma’lumotnomasi). Natijada ularga qarshi kurashish imkoniyati yaratilgan.
Yaylovlarda hamda chorvachilik, shaxsiy va xususiy xo‘jaliklaridagi qoramollarda parazitlik qiluvchi sinbovil chivinlarga qarshi sumi-alfa (esfenvalerat 20% k.e.) ning 0,012 %, sipermetrin preparatining 0,015 %, karatin 50 va Alpha-shakti preparatlarining 0,03% konsentrat emulsiyalari joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 14-avgustdagi 02/23-455-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori insektisid samara ko‘rsatishi aniqlanib, qoramollar tanasida parazitlik qiladigan sinbovil pashshalarga qarshi  kurash va oldini olishning samaradorligini oshishiga va ularning kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish