Umnov Dmitriy Gennadevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda iste’mol madaniyatini shakllantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1087.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Kadirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Quchqorova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda iste’mol madaniyatini shakllantirishning ilmiy-metodik jihatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bozor iqtisodiyoti sharoitida bolalarda qadriyatga yo‘naltirilgan iqtisodiy ta’lim va tarbiya hamda fuqarolik mas’uliyatini shakllantiruvchi mexanizm ularda iste’mol madaniyatini shakllantirishda metodologik asos hamda falsafiy, pedagogik-psixologik omillarini aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zlariga yoqadigan mahsulotni tanlash, jamiyatda assimilyasiya motivlariga qaratilgan iste’molchi sifatida muammoni anglash, ma’lumot qidirish, baholash, variantlarni tanlash, sotib olish manbayi va uni sotib olishni tanlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
iste’mol madaniyatini shakllantirishda umumiy va qisman reglamentlashtirilgan mashqlar, rolli o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari, mantiqiy-izlanuvchilik mashg‘ulotlari, induktiv va deduktiv ta’limning samarali usullari orqali bolalarda iqtisodiy bilimlarni rivojlantiruvchi variativ dastur ishlab chiqilgan;
bolada kognitiv rivojlanish jarayonida jamiyat va oila birligi asosida tarbiyalash orqali iste’mol madaniyatini rivojlantirishning mantiqiy fikrlashga qaratilgan  modelining komponentlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda iste’mol madaniyatini shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda pozitiv dunyoqarashni, olamda go‘zallikni idrok etish va baholashga qodir, ijodiy faol shaxsni shakllantirishda estetik tarbiya, tabiat, hayot va san’atdagi go‘zallikni idrok etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga iste’mol madaniyati yuzasidan boshlang‘ich bilimlarni berishga mo‘ljallangan ilmiy va amaliy xulosalar “Maktabgacha ta’limda komparativistik pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi  oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan). Natijada tarbiyachilarning MTTlarda olib boradigan mashg‘ulotlarini samarali va integratsiyalashgan ta’lim asosida  tashkil etish imkoniyatlari kengaygan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarini tashkil etish va ushbu markazlar vositasida maktabgacha yosh davri bolalar ijtimoiylashuvi sharoitida yuzaga keladigan ehtiyojlar orqali iste’molchilik madaniyatini shakllantirish, ota-onalar bilan hamkorlikda bolada dastlabgi marketing tushinchalarini  shakllantirishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan, «Ta’lim va taraqqiyot», “Bolalar va biz” kabi turkum ko‘rsatuvlar va eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda (2022-2023-yillar) foydalanilgan («O‘zbekiston» teleradiokanali 2023-yil 17-iyuldagi O‘z/k04-36-1102–son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda  kompetensiyaviy yondashuv,  o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish va iste’mol madaniyatni shakllantirish bilan bog‘liq amaliy takliflar  ommalashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zlariga yoqadigan mahsulotni tanlash, jamiyatda assimilyasiya motivlariga qaratilgan iste’molchi sifatida muammoni anglash, ma’lumot qidirish, baholash, variantlarni tanlash, sotib olish manbalari va uni sotib olishni tanlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan ilmiy-pedagogik faoliyati natijalaridan  Andijon davlat universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan OT-F-1-17-raqamli «Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universiteti tomonidan 2023-yil 15-iyulda berilgan 39–01–1588-son ma’lumotnomasi). Natijada MTTlarda olib boriladigan mashg‘ulotlar davomida integratsiyalashgan ta’lim asosida tarbiyalanuvchilarga iste’mol madaniyatining dastlabgi saboqlarini berishga qaratilgan, maktabgacha ta’lim pedagog xodimlari, xususan, tarbiyachilar uchun iste’mol madaniyati yuzasidan boshlang‘ich bilimlarni berishga mo‘ljallangan «Iste’molchilik alifbosi» nomli uslubiy qo‘llanmasi yaratilgan;
ishda ilgari surilgan oila va tarbiyachi o‘rtasidagi aloqa ularning  o‘zaro tushunish munosabatlarini o‘rnatish va umumiy yondashuvni ishlab chiqishga yordam beruvchi, shuningdek, birgalikda rejalashtirish ijtimoiy xulq-atvor, ta’lim va bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq asosiy jarayonlarni engillashtirishga qaratilgan nazariy va amaliy xulosalari “Doshkol`naya pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘iga asosan 110-064-son guvohnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilari bo‘lmish OTM talabalariga oilaning felisitologik vazifasi va bola iste’moli, iste’mol madaniyati bilan bog‘liq bilim va tasavvurlar ilk bor fanni o‘qitish jarayonida maxsus singdirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish