Xushvaqtov Nurbek Jumaevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Achchiq qalampir (Capsicum annuum L.) ning himoyalangan joylarda etishtirish uchun yangi navlarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Qx321.
Ilmiy maslahatchi: Nizomov Rustam Axrolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: achchiq qalampirning “Sharq gavhari” navi (NAP 00430), “Dilnoz 2019” navi (NAP 00428), “Niyat” navi (NAP 00429).
II. Tadqiqotning maqsadi o‘ziga xos morfobiologik xususiyatlar va qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega, issiqxonalarda etishtirishga mos, yuqori hosildor, meva sifati yaxshi bo‘lgan achchiq qalampir (Capsicum annuum L) navlarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor achchiq qalampirning 34 ta nav namunalari morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilari majmui bo‘yicha o‘rganilib, olingan natijalarni tahlil etish asosida ma’lumotlar axborot bazasi yaratilgan;
geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan achchiq qalampir kolleksion namunalari issiqxona sharoitida kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilib, seleksiyaning turli yo‘nalishlari uchun boshlang‘ich manbalar ajratilgan;
seleksiya ko‘chatzorida achchiq qalampirning istiqbolli manbalari asosida ertapishar, serhosil, issiqxona sharoitida etishtirishga mos KL-94, KL-205 va KL-185 tizmalari ajratib olingan;
ajratilgan KL-94, KL-205 va KL-185 tizmalaridan ko‘p marta yakka va oilaviy tanlash asosida “Sharq gavhari”, “Dilnoz 2019” va “Niyat” navlari yaratilgan;
issiqxona sharoitida achchiq qalampirning yangi yaratilgan “Sharq gavhari”, “Dilnoz 2019” va “Niyat” navlarining andoza Margilanskiy 330 naviga nisbatan 10-12 kunga ertapsharligi, umumiy hosildorligi 1,4-2,5 kg/m2 ga, tovarbop hosildorligi 6,0-8,0 foizga yuqori ekanligi aniqlangan;
achchiq qalampirning issiqxona sharoitida etishtirishga mos yangi yaratilgan “Sharq gavhari”, “Dilnoz 2019” va “Niyat” navlarining birlamchi urug‘chiligi tashkil etilib, original urug‘liklari ko‘paytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Achchiq qalampir (Capsicum annuum L.) ning himoyalangan joylarda etishtirish uchun yangi navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
achchiq qalampir (Capsicum annuum L.) ning issiqxona sharoitida etishtirishga mos, ertapishar va hosildor yangi “Sharq gavhari” (NAP 00430), “Dilnoz 2019” (NAP 00428), hamda “Niyat” (NAP 00429) navlari yaratilib, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk agentligi tomonidan patentlar olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar miliy markazining 2024 yil 8-avgustdagi 05/06-03/261-son maʻlumotnomasi). Natijada, sabzavot ekinlari genofondi issiqxonada etishtirishga mos, ertapishar, vitaminlarga boy, umumiy hosildorligi 48-50 t/ga, tovarbop hosildorligi 45-48 t/ga bo‘lgan eksportbop navlar bilan boyitilgan;
achchiq qalampir (Capsicum annuum L.) ning yangi yaratilgan “Sharq gavhari”, “Dilnoz 2019” va “Niyat” navlari issiqxona sharoitida 2022-2023-yillarda Farg‘ona viloyatida 0,90 gektar, Samarqand viloyatida 0,85 gektar, Andijon viloyatida 0,87 gektar, respublika bo‘yicha jami 2,62 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar miliy markazining 2024 yil 8-avgustdagi 05/06-03/261-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navlarni etishtirishdan o‘rtacha 34,4-36,2 mln so‘m sof daromad olinganligi va boshqa xorijdan keltirib ekiladigan achchiq qalampir navlariga nisbatan o‘rtacha hosildorlik 22,0 % ga yuqoriligi qayd etilgan;
achchiq qalampirning “Sharq gavhari”, “Dilnoz 2019” va “Niyat” navlarini kuz-qish va qish-bahor mavsumlarida 70×40 sxemada ekib etishtirish texnologiyasi Andijon viloyati Bo‘ston tumani fermer xo‘jaliklarida 0,37 gektar, Shahrixon tumani fermer xo‘jaliklarida 0,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8-avgustdagi 05/06-03/261-sonli maʻlumotnomasi). Natijada, bir gektar maydondan o‘rtacha 46-49,5 tonna hosil olinib, 36,5-39,1 mln. so‘m sof daromad olishga erishilgan;
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri va Uchko‘prik tumani fermer xo‘jaliklarida achchiq qalampirning “Dilnoz 2019”, “Sharq gavhari” va “Niyat” navlarini kuz-qish va qish-bahor mavsumlarida 70×40 sxemada ekib etishtirish texnologiyasi 0,90 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8-avgustdagi 05/06-03/261-son maʻlumotnomasi). Natijada, bir gektar maydondan o‘rtacha 55-58 tonna hosil olinib, 40,5-44,2 mln. so‘m sof daromad olishga erishilgan.
achchiq qalampirning “Sharq gavhari”, “Dilnoz 2019” va “Niyat” navlarini kuz-qish va qish-bahor mavsumlarida 70×40 sxemada ekib etishtirish texnologiyasi Samarqand viloyati Toyloq tumani fermer xo‘jaliklarida 0,85 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8-avgustdagi 05/06-03/261-son maʻlumotnomasi). Natijada, bir gektar maydondan o‘rtacha 45-48 tonna hosil olinib, 36,4-37,2 mln. so‘m sof daromad olishga erishilgan.