Jo‘raev Nodirjon Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akusherlik sepsisini intensiv terapiyasida plazmaferezdan foydalanishni klinik va patogenetik asoslash”, 14.00.01– Akusherlik va ginekologiya;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1852.
Ilmiy rahbar: Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nilufar Nabijanovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Logutova Lidiya Sergevena, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: tug‘ruqdan keyingi sepsisni erta tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishda zamonaviy yondashuvlar va uslublarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ruqdan keyingi sepsis mavjud ayollarda poliorgan etishmovchiligi rivojlanishini bashorat qilishda markaziy gemodinamik parametrlarning, xususan, yurakning bir martalik va bir daqiqali hajmi va periferik qon tomirlarining qarshiligining roli aniqlangan;
endotoksemiya darajasini va septik jarayonning og‘irligini baholashda plazma va qizil qon parametrlarining proteinaz-ingibitor balansi ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asoslangan;
sepsisning kompleks davolashda taklif etilgan plazmoferez usuli samaradorligini oshirishda da qonning biokimyoviy holatini kuzatish va ularni klinik kursning dinamikasi bilan bog‘liqligini baholash orqali erishish mumkinligi isbotlangan;
sepsisni kompleks davolashni takomillashtirishda plazmaferezni qo‘llashning optimal muddatlari patologik jarayonning klinik kechishidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ijobiy samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akusherlik sepsisini intensiv terapiyasida plazmaferezdan foydalanishni klinik va patogenetik asoslash » mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 26 avgustdagi 05/57-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ruqdan keyingi sepsis mavjud ayollarda poliorgan etishmovchiligi rivojlanishini bashorat qilishda markaziy gemodinamik parametrlarning, xususan, yurakning bir martalik va bir daqiqali hajmi va periferik qon tomirlarining qarshiligining roli aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: poliorgan etishmovchiligini xavfini erta bartaraf etish hisobiga gemodinamikada patologik ko‘rsatkichlar 2,0 baravar kamaygan va ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Tug‘ruqdan keyingi sepsis mavjud ayollarda poliorgan etishmovchiligining rivojlanishini erta aniqlash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 61100 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tug‘ruqdan keyingi sepsis mavjud ayollarda poliorgan etishmovchiligining rivojlanishini bashorat qilishda markaziy gemodinamik parametrlarning, xususan, yurakning bir martalik va bir daqiqali hajmi va periferik qon tomirlarining qarshiligining roli aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: endotoksemiya darajasini va septik jarayonning og‘irligini baholashda plazma va qizil qon parametrlarining proteinaz-ingibitor balansi ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda sepsis bilan xastallangan ayollarda gematologik ko‘rsatkichlarda patologik o‘zgarishlar: eritrotsit va gemoglobin darajasining tushishi, proteaza ingibitori balansining o‘zgarishi hisobiga gomotsistein, albumin, nitrat, nitrit va kortizol darajasining oshganligi (gomotsistein, albumin, nitrat (NO3), nitrit darajasi (NO2),kortizol darajasi) kuzatilishi tasdiqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: endotoksemiya darajasini va septik jarayonning og‘irligini baholashda plazma va qizil qon parametrlarining proteinaz-ingibitor balansi ko‘rsatkichlarini o‘rganilganda, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 1,5 martaga qisqarishi hisobidan 135000 so‘m, byudjetdan tashqari 83200 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: proteinaz-ingibitor balansi ko‘rsatkichlarini endotoksemiya darajasini va septik jarayonning og‘irligini baholanganda erta tashxislash hisobidan har 1 nafar bemordan 218200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: sepsisning kompleks davolashda taklif etilgan plazmoferez usuli samaradorligini oshirishda da qonning biokimyoviy holatini kuzatish va ularni klinik kursning dinamikasi bilan bog‘liqligini baholash orqali erishish mumkinligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi tug‘ruqdan keyingi davrda gemodinamik va gemotologik ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar qayd etilgan bemorlarda kompleks (standart) davoga qo‘shimcha ravishda kasallikning dastlabki bosqichlarida plazmaferezni qo‘llash natijasida bemorlarda daqiqalik qon hajmi davodan keyin 1,5 martaga ortib, zarb indeksi (ZI) indeksi 1,4 martaga oshib, sepsisni davolash va asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: sepsisning kompleks davolash usuliga plazmaferezni kiritish samaradorligida qonning biokimyoviy holatini baxolab, standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 304800 so‘m, byudjetdan tashqari 192000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tug‘ruqdan keyingi davrda gemodinamik va gemotologik ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar qayd etilgan bemorlarda kompleks (standart) davoga qo‘shimcha ravishda kasallikning dastlabki bosqichlarida plazmaferezni qo‘llash natijasida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 496800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sepsisni kompleks davolashni takomillashtirishda plazmaferezni qo‘llashning optimal muddatlari patologik jarayonning klinik kechishidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ijobiy samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: akusherlik sepsisi qayd etilgan bemorlarda faqat standart davo qo‘llanilgan vaqtda gemodinamik ko‘rsatkichlarda katta farq aniqlanmadi. Bu plazmaferezni kompleks (standart) davo bilan birga qo‘llash gemodinamik va gematologik ko‘rsatkichlarning kompleks davo nisbatan samaraliroq ekanligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: plazmaferezni kompleks (standart) davo bilan birga qo‘llash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1820300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: akusherlik sepsisini intensiv terapiyasida plazmaferezdan foydalanish samaradorligini baxolashdan olingan bevosita natijalar ushbu usullarni qo‘llash etarlicha yuqori terapevtik ta’sir qilganligini aytib o‘tish lozim (95%), natijalar ichida “a’lo darajadagi effektivlik” – 49,1%, “sezilarli darajada yaxshilanish” - 45,9% holat bilan taqqoslaganda, u sezilarli darajada yaxshilanish sifatida baholangan natijalar berib, tavsiya etilayotgan uslubning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi.