Zaynutdinova Dilafruz Latibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homiladorlikning turli bosqichlarida trombotsitopeniya va trombotsitopatiyalar uchrash chastotasi, xarakteristikasi va ularni korreksiya qilish usullari” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.I.PhD/Tib2556.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Shaira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019. Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boltaev Kamol Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlikning turli bosqichlarida trombotsitopeniya va trombotsitopatiyalar uchrash soni va xususiyatlarini baholash hamda ularni muvofiqlashtirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemorragik sindrom kuzatilgan homiladorlarda trombotsit patologiyalaridan 54,4% trombotsitopeniya, 45,6% trombotsitopatiya uchrab, ularda immun trombotsitopeniya salmog‘i yuqori ekanligi aniqlangan;
homilador ayollarda trombotsitopeniya va trombotsitopatiya rivojlanishi endotelin-1, fon Villebrand omili va sICAM-1 endoteliy markerlarining disfunksiyasi bilan bog‘liqligi asoslangan;
immun trombotsitopeniya bilan og‘rigan homiladorlarda endotelin-1 darajasini kasallik boskichlariga mos ravishda tashxisiy va bashoratli ahamiyati isbotlangan;
trombotsit patologiyali homilador ayollarda standart terapiyaga nisbatan kombinatsiyalangan davoni qo‘llash natijasida trombotsitlar sonining ishonchli oshganligi, akusherlik va perinatal asoratlar ishonchli kamayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023-yil 23-noyabrdagi 11-23/189-t son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gemorragik sindrom kuzatilgan homiladorlarda trombotsit patologiyalaridan 54,4% trombotsitopeniya, 45,6% trombotsitopatiya uchrab, ularda immun trombotsitopeniya salmog‘i yuqori ekanligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 02.02.2024-yildagi 13i/ch-sonli buyrug‘i bilan va Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi 30.01.2024-yildagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/189-t son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda trombotsit patologiyalarini erta tashxislash va maqbul davolash orqali samaradorligini oshirish hamda gemorragik asoratlarni oldini olish, akusherlik va perinatal natijalari ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda to‘g‘ri tashxis qo‘yish va kombinatsiyalangan davolash usulini tanlash sarf qilinishi mumkin bo‘lgan dori-darmon va laborator tekshiruv xarajatlarini kamaytirishi tufayli statsionar sharoitda sarflanadigan moddiy xarajatlarini tejashga olib keladi. Homilador ayollarda trombotsit patologiyalarida qon ketish xususiyatlarini har tomonlama tahlil natijalari asosida kasallik og‘irligi baholanib kombinatsiyalangan muolajalar olib borish, gemorragik asoratlanishini, tez yordamga murojaat hamda kasalxonaga qayta yotishlar sonining kamayishiga olib keladi. Agar bitta bemorga bir kun kasalxonada davolanish o‘rtacha hisoblaganda 300000 so‘m bo‘lsa, o‘n kunga 3000000 so‘mni, bir yilda 3 marta davolansa ushbu xarajat 9000000 so‘mni tashkil etadi. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga davolash kunlarini 10 kundan 7 kunga qisqarishi xisobiga 2700000 so‘m tejash imkonini beradi. Ushbu kasallarda qon ketish xususiyatlarini aniqlash va kombinatsiyalangan davolash gemorragik asoratlarni kamaytirib, ularning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi. Usulning samaradorligi quyidagicha hisoblandi: Evr=(D1-D2)×(G+E)×N-0.15×K. Bunda D1- davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2- davolash usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E–mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, sum/kun; N –tadbiq etilayotgan yangilik mashtabi (ushbu davolash usulini yiliga tadbiq etilishi kutilayotgan yoki tadbiq etilgan bemorlar soni); 0.15 – samaradorlining meyoriy koeffisienti; K=0 so‘m (qo‘shimcha laborator-instrumental tekshiruvlarsiz). Evr = (10-7) × (200000+60000) × 108 - 0.15 × 0 = 86184000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra trombotsitopeniya va trombotsitopatiya aniqlangan homiladorlarda qon ketishning xususiyatlarini o‘rganish, ayni tug‘ruq vaqtida qon ketish miqdorini baholash, kasallik keltirib chiqaradigan og‘ir asoratlarni oldini olish yo‘li bilan salomatlik indeksini oshirgan. Taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda trombotsitar gemostazni tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan, ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlar kamayishiga olib kelgan. Bu esa bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda trombotsitopeniya va trombotsitopatiya rivojlanishi endotelin-1, fon Villebrand omili va sICAM-1 endoteliy markerlarining disfunksiyasi bilan bog‘liqligi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 02.02.2024-yildagi 13i/ch-sonli va Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi 30.01.2024-yildagi 35-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/189-t son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: trombotsit patologiyasi aniqlangan homilador ayollarda endotelin-1, fon Villebrand omili va sICAM-1 endoteliy markerlarini o‘rganish va baholash ularda autoimmun hamda agregatsion buzilish jarayonlari borligini, erta aniqlash va og‘irlik darajalarini baholash imkonini yaratadi. Bu bemorlarda davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash va uning samaradorligini oshirish hamda asoratlarini oldini olish, ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qon tomir endoteliy disfunksiyasi va gemorragik asoratlar rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ bog‘liqlikni aniqlash kasallikni tashxislash uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha laborator va asbobiy tekshirish usullarga ehtiyojni kamaytiradi va davolash uchun mablag‘larni tejash imkonini beradi. Bu usul orqali bir bemordan o‘rtacha 2700000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: trombotsitopeniya va trombotsitopatiya aniqlangan homilador ayollarda endoteliy disfunksiyasini o‘rganish va baholash ularda autoimmun hamda agregatsion buzilish jarayonlari borligini erta aniqlash imkonini yaratadi. Unga asoslangan holda tanlangan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi, kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: immun trombotsitopeniya bilan og‘rigan homiladorlarda endotelin-1 darajasini kasallik boskichlariga mos ravishda tashxisiy va bashoratli ahamiyati isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 02.02.2024-yildagi 13i/ch-sonli va Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi 30.01.2024-yildagi 35-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/189-t son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: trombotsitopeniya bilan og‘rigan homiladorlarda endotelin-1 darajasini kasallik boskichlariga mos ravishda tashxisiy va bashoratlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: immun trombotsitopeniya bilan kasallangan homiladorlarga mielogramma ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida qizil suyak ko‘migi punksiyasi sitologik tahlili amalga oshirilgan va bu bemorlarning o‘ziga hamda homilasiga ziyon etkazishi ehtimoldan holi emas. Endotelin-1 darajasini aniqlash orqali ushbu amaliyotni bajarishga ehtiyoj qolmaydi. Ushbu patologiya bilan kasallangan bir nafar homilador ayol uchun mielogrammaga 350000 so‘m sarf qilinsa (108 nafar bemor uchun 37800000), endotelin-1 darajasini aniqlash uchun 150000 so‘m sarf qilinadi (108 nafar bemor uchun 16200000). Buning natijasida byudjet mablag‘laridan 21600000 kam sarflanishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: trombotsit patologiyali homilador ayollarda standart terapiyaga nisbatan kombinatsiyalangan davoni qo‘llash natijasida trombotsitlar sonining ishonchli oshganligi, akusherlik va perinatal asoratlar ishonchli kamayganligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 02.02.2024-yildagi 13i/ch-sonli va Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi 30.01.2024-yildagi 35-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023-yil 23 noyabrdagi 11-23/189-t son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: trombotsit patologiyali homilador ayollarda kombinatsiyalangan davoni qo‘llash natijasida trombotsitlar sonining ishonchli oshgan. Akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanishini oldini olgan, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: trombotsit patologiyali homilador ayollarda kombinatsiyalangan davoni qo‘llash natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishi, davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Ushbu terapiyani amalga oshirishda nafaqat ona balki bola xayotini xam saqlab qolish orqali 2 barobar iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bunda bir nafar bemor hisobiga davolash kunlarini 10 kundan 7 kunga qisqarishi xisobiga 2700000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: trombotsitopeniya va trombotsitopatiya bilan kasallangan homilador ayollarda standart terapiyaga ikki uyli qichitqi, jag‘-jag‘, tog‘ qalampiri, bo‘yimodoron va logohilius o‘simliklaridan tayyorlangan gemostatik preparat bilan kombinatsiyalangan davoni qo‘llash natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish, bemorlarni shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatmalarni kamaytirish, davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan.