Haqberdieva Shoira Tursunalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetensiyaviy yondoshuv asosida biologiyani o‘qitish metodikasini takomillashtirish (7-8 sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7196.
Ilmiy rahbar: Elmuratova Dilrabo Muxammadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Malohat Tursunovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirova Muazzamxon Akmaljonovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiyani o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondoshuv asosida biologiyani o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imokniyatlari o‘qitishning metodik tizimi infratuzilmasi intensivligini oshirishga qaratilgan faniga oid ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik-psixologik tamoyillariga oid elementlarning o‘zaro to‘ldiruvchi jihatlarini aniq ta’limiy maqsadga vektorli yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;  
7-8 sinflarda biologiyani o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli tashkiliy-metodologik komponentlarning didaktik xususiyatlarini maqsadli uyg‘unlashtirish hamda Individual, guruxli va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan  noan'anaviy metodlarga ko‘ra mantiqiy-rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan.   
kompetensiyaviy yondashuv asosida 7-8 sinflarda biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi real va virtual laboratoriya mashg‘ulotlarining nazariy bilimlarni mustahkamlashdagi imokniyatlaridan ratsional foydalanish hamda hamda “Keys-stadi”,  “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash” texnologiyalari integratsiyasini ta’limiy maqsad talablariga mos didaktik yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondoshuv asosida biologiyani o‘qitish metodikasini takomillashtirishning jarayoni o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlar davrida tanish va notanish vaziyatlarda bilimlarini nomoyish etishi va amaliyotda qo‘llash barqarorligini ta’minlashning didaktik mazmunini kengaytirish hamda tadqiqot o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirishda ustoz-shogird ana’analaridan maqsadli foydalanishga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-8 sinflarda kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiyani o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiyani o‘qitishning metodik tizimi, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi  pedagogik-psixologik kompetensiyalarni innovatsion ta’lim muhitida tajriba faoliyati variativligini soddalashtirib borish asosida aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 10 noyabrdagi 02-07-3998/04-son dalolatnomasi). Natijada kompetensiyaviy yondashuv asosida 7-8 sinflarda biologiyani o‘qitish metodikasini takomillashtirishning nazariy, pedagogik va psixologik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni oshirilgan;
o‘quvchilarning biologiyadan  ta’lim sifatini oshirish modelini  fanga ilmiy yondashuv  asoslariga tayangan holda, o‘qitish jarayonini tashkil etishning metodologik, faoliyatli-texnologik, shaxsiy-natijaviy darajalarining qayta aloqaga kirishuvining ta’lim jarayonlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti          YoA-6-1 raqamli “Botanika” o‘quv qo‘llanmasini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 10 noyabrdagi 02-07-3998/04-son dalolatnomasi). Natijada biologiyani o‘qitish metodikasi modelini dars, laboratoriya mashg‘ulotlarga kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
biologiyani o‘qitish metodikasi modeli elektron enseklopediya, video materiallar hamda ilm fan o‘rtasida hamkorlik va integratsiya moduli, texnalogiyalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirish yuzasidan berilgan tavsiyalar “Zoologiya (umurtqalilar zoologiyasidan labaratoriya mashg‘uloti” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024 yil, 7 maydagi 149-sonli buyrug‘i). Natijada biologiya faniga oid mavzulari bo‘yicha o‘rgatish metodikasini takomillashtirish imkoni oshirilgan.
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiyani o‘qitish metodikasi samaradorligi mavzular klasterini tuzish, muammoni anglash, intelektual tafakkur hamda vizual labaratoriya mashhulotlarini bajarish ko‘nikmalarni uyg‘un shakllantirish asosida takomillashtirish yuzasidan berilgan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 10 noyabrdagi 02-07-3998/04-son dalolatnomasi).Natijada biologiya faniga oid mavzulari bo‘yicha o‘rgatish metodikasini takomillashtirish imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish