Sharipova Farida Salimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”,  13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7196.
Ilmiy rahbar: Elmuratova Dilrabo Muxammadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmonova Muxayyoxon Sobirjon qizi, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tabiiy-ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yo‘naltirilgani motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv mezonlar integrativ yaxlitligini ta’minlash, elektron muhitda faol axborot almashinish, loyihalash faoliyatiga yo‘naltirish hamda interfaol dasturiy vositalardan foydalanishning funksional komponentlari asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi pedagogik jarayonning tashkiliy infratuzilmasini shakllantirish, ta’limiy-didaktik maqsadlarni bajarishga yo‘naltirilgan mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy ta’lim elementlarini o‘zlashtirish hamda ta’lim subektlarining tashabbuskorlik sifatlarini  bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli interfaol dasturiy vositalar, interfaol resurslar, multimedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, krossvordlar, intellektual o‘yinlardan foydalanish davomiyligi va barqarorligini monitoring qilish hamda mantiqiy fikrlash, o‘ziga xos talabchanlik ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi fan ichki qonuniyatlarini o‘rganish motivatsiyasining didaktik loyihalash mazmuni ochib berish hamda hamkorlikdagi harakat traektoriyasining  ichki qonuniyatlarini auditoriyadan tashqari ishlar va mustaqil ta’limni tashkil etish jarayoniga proporsional optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tabiiy-ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yo‘naltirilgani motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv mezonlar integrativ yaxlitligini ta’minlash, elektron muhitda faol axborot almashinish, loyihalash faoliyatiga yo‘naltirish hamda interfaol dasturiy vositalardan foydalanishning funksional komponentlarini faktik tasniflash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” nomli o‘quv qo‘llanmasini mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-yil 9-martdagi 11-05-1095/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy va axborot kompetentligi darajalarini shakllantirish, baholash, ma’lumotlarni tahlil etish imkonini bergan;
oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish metodikasi tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqiy-tuzilmali, diagnostik-natijaviy mustaqil ta’lim elementlarini hamda ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish metodlari takomillashtirishga doir takliflari “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024 yil 9 martdagi 11-05-1095/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy va axborot kompetentligi darajalarini shakllantirish, baholashni takomillashtirish imkonini bergan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarning “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” haqida  tushunchalarini rivojlantirishda fanni o‘qitish metodikasi mazmuni interfaol dasturiy vositalar, interfaol resurslar, multimedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, krossvordlar, intellektual o‘yinlardan foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra takomillashtirishga doir takliflar “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” (sitologiya bo‘limi) nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-yil 9-martdagi 11-05-1095/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy va axborot kompetentligi darajalarini shakllantirish, baholash, ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligi oshirilgan;
“Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini axborot texnologiyalari asosida o‘qitishning rivojlantirish mezonlari tushuntirish-motivatsiyali, kognitiv, texnologik, kreativlik hamda interfaol taqdimotlar, o‘qitish motivatsiyasini didaktik loyihalash mazmuniga doir takliflari “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-yil 9-martdagi 11-05-1095/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy va axborot kompetentligi darajalarini baholashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish