Ro‘zieva Gulsara Temirqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7196.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Uchqun Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Malohat Tursunovna, pedagogika fanlari doktori. professor; Kuychieva Mo‘jiza, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak  biologiya o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish natijadorligini oshirish hamda tizimli-integratsion va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi samaradorligi o‘zini o‘zi rivojlantirish va ijodiy muloqotga kirishish faolligini oshirishga qaratilgan didaktik shart-sharoitlarni yaratish hamda faoliyatga tayyorgarlik natijadorligini ta’minlashning uslubiy-texnologik tarkibiy qismlarini adekvat tarzda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish jarayoni ta’limiy maqsadlar sifatiga ta’sir qiladigan pedagogik mikromuhitni yaratish hamda innovatsion-pedagogik strategiyalar komponentlaridan foydalanish ratsionalligiga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik va metodik ta’minoti tadqiqotchilik faoliyatiga qadriyatli munosabatlarni shakllantirish, reproduktiv va ijodiy topshiriqlarni manzilli qo‘llash hamda bilim olish motivatsiyasining tadrijiy dinamikligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak  biologiya o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish natijadorligini oshirish hamda tizimli-integratsion va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 28-sentyabrdagi 2/3.2- son qaroriga asosan berilgan 2023/298U-82 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining innovatsion kasbiy faoliyati tarkibiy tuzilmasini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi samaradorligi o‘zini o‘zi rivojlantirish va ijodiy muloqotga kirishish faolligini oshirishga qaratilgan didaktik shart-sharoitlarni yaratish hamda faoliyatga tayyorgarlik natijadorligini ta’minlashning uslubiy-texnologik tarkibiy qismlarini adekvat tarzda optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 28-sentyabrdagi 2/3.2-son qaroriga asosan berilgan 2023/298U-82 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarlik komponentlarini aniqlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish jarayoni ta’limiy maqsadlar sifatiga ta’sir qiladigan pedagogik mikromuhitni yaratish hamda innovatsion-pedagogik strategiyalar komponentlaridan foydalanish ratsionalligiga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 28-sentyabrdagi 2/3.2-son qaroriga asosan berilgan 2023/298U-82 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya o‘qituvchisini biologiya o‘qitish metodikasi fanidan innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik va metodik ta’minoti tadqiqotchilik faoliyatiga qadriyatli munosabatlarni shakllantirish, reproduktiv va ijodiy topshiriqlarni manzilli qo‘llash hamda bilim olish motivatsiyasining tadrijiy dinamikligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Biologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 28-sentyabrdagi 2/3.2-son qaroriga asosan berilgan 2023/298U-82 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning mavjud tizimini takomillashtirishga zamin yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish