Xalilov Akram Utamurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sud ekspertizasi institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.09 - “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu512.
Ilmiy rahbar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Bazarova Dildora Baxodirovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida sud ekspertizasi institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
advokatning iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ishni sudda ko‘rish chog‘ida sud-ekspertiza muassasalari tomonidan shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash, ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilishi, ekspertiza xulosasini olish muddatlari sud-ekspertiza tashkiloti bilan bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanishi, advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so‘roviga ko‘ra tayinlanganda o‘rganish ob’ektlari va to‘laqonli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ish materiallari ham ilova qilinishi zarurligi asoslantirib berilgan;
ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkinligi asoslantirib berilgan;
sud ekspertlari xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam takomillashtirib borish, sud-ekspertlik faoliyatini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish, sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan, uslubiyatini takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish, sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish, nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantirish, sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni ta’minlash va rivojlantirish, sud ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash lozimligi asoslantirib berilgan;
sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatini tasdiqlash hamda sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish lozimligi taklif qilingan;
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini, odam DNKsi sud biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini joriy qilish, sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil qilish lozimligi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot doirasida olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
advokatning iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ishni sudda ko‘rish chog‘ida sud-ekspertiza muassasalari tomonidan shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash, ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilishiga oid takliflari “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi 1-qismi 12- va 13-xatboshilar, ekspertiza xulosasini olish muddatlari sud-ekspertiza tashkiloti bilan bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanishi qonunning 71-modda 2-qismi, advokat so‘roviga orderning ko‘chirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat so‘roviga ko‘ra tayinlanganda o‘rganish ob’ektlari va to‘laqonli ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ish materiallari ham ilova kilinishiga oid takliflari ushbu moddaning 6-qismiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 04/2-09/6171-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi advokatning dalillarni taqdim etishdagi vakolatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkinligiga oid taklif Fuqarolik-protsessual kodeksining 95-moddasi 6-qismi bilan, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi ettinchi qismi bilan, Iqtisodiy-protsessual kodeksining 80-moddasi ettinchi qismi bilan to‘ldirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 26 dekabrdagi 04/2-09/6171-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi advokatlarning iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda o‘z so‘rovi bilan ekspertiza o‘tkazilishini ta’minlash huquqiga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
sud ekspertlari xolisligi va mustaqilligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam takomillashtirib borish, sud-ekspertlik faoliyatini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish, sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan, uslubiyotni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish, sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish, nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantirish, sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni ta’minlash va rivojlantirish, sud ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash lozimligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi PF–6256-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2023 yil 27 yanvardagi 12/1-2701-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilab olishga hissa qo‘shgan.
sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqotlar ro‘yxatini tasdiqlash hamda sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish bo‘yicha takliflaridan Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 22 noyabrdagi 706-son qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2023 yil 27 yanvardagi 12/1-2701-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi sud ekspertlik faoliyatini kengaytirish, samaradorligini oshirish va ekspertlar huquqlarini kafolatlashga hissa qo‘shgan.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini joriy qilish, odam DNKsi sud biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi, sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasini tashkil qilishga oid takliflaridan Vazirlar Mahkamasining 704-, 705-sonli qarorlari hamda Adliya vazirining 3353-sonli buyrug‘ini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 5 yanvardagi 12/M-5/8-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ekspertiza tadqiqotlari hamda ekspertiza tizimini moddiy qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlantirishga hissa qo‘shgan.