Kalandarova Ferangiz Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasidagi materiallarning tarixiy-manbashunoslik tahlili. 07.00.08 -Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1360.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Ilmiy rahbar: To‘raev Halim Hojievich tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Shamsiddin Sirojiddin o‘g‘li Kamoliddin, tarix fanlari doktori, professor;    Toshova Sharifa Panoevna, tarix fanlari boyicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasi va undagi materiallarning tarixiy-manbashunoslik tahlilini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasi misolida ularning qo‘lyozma nusxalari va ularning ijtimoiy-siyosiy, diniy va axloqiy mazmuni, tarixiy-siyosiy tushunchalar va va  qarashlarining ilmiy-nazariy ahamiyati, tarixiy va zamonaviy voqelikni bayon etish bilan bir qatorda, ularga nisbatan o‘zining mustaqil yondashuvini namoyon qilganligi  hamda hisobot shaklidagi maktublar va shaxsiy mazmundagi maktublarning biografik mazmunni to‘ldirishi aniqlangan;
Mirzo Somiyning saroy munshisi lavozimidan tashqari sudur, miroxo‘r vazifalarida faoliyat ko‘rsatgani, vaqf masalalari bo‘yicha tuman qozilari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgani, davlat ayrim saroy amaldorlarining xazinani talon-toroj qilinishdagi salbiy ta’siri hamda saroy amaldorlari o‘rtasidagi shaxsiy adovat va buning oqibatida boshqaruv tizimida nosog‘lom ijtimoiy muhitning paydo bo‘lishi aniqlangan;
Shaxsiy kolleksiya tarkibidagi“Mir’ot ul-yaqin” va “Daxmai shohon”  asarlarining ilm ahliga kam ma’lum bo‘lgan qo‘lyozma nusxalari va ularning mazmuniga ko‘ra shialikning Buxoro ijtimoiy-diniy muhitidagi ijtimoiy-axloqiy muhitga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha birlamchi manba ekanligi hamda “Daxmai shohon” nusxasining o‘rganilishi natijasida undagi ayrim boblarning boshqa nusxalarda mavjud emasligi dalillangan;
“Tarixi salotini mang‘itiya”ning dastlab Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasida saqlanganligi, uning Buxoro amirligi davlat boshqaruvi (lavozim vazifalari, mavqei, ierarxik holati), etnik (urug‘lar, aholi toiflari) munosabatlar va rus-Buxoro urushlaridagi harbiy harakatlar tarixini yorituvchi muhim manba sifatida saroydagi ijtimoiy muhit, o‘zaro ixtiloflar, mansab suiiste’molliklari, davlat mulkini talon-toroj qilish, oliy hukmdorga murojaat va uning natijalari to‘g‘risidagi masalalarga aniqlik kiritishi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasining tarixiy-manbashunoslik tahlili mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasi misolida ularning qo‘lyozma nusxalari va ularning ijtimoiy-siyosiy, diniy va axloqiy mazmuni, tarixiy-siyosiy tushunchalar va va  qarashlarining ilmiy-nazariy ahamiyati, tarixiy va zamonaviy voqe’likni bayon etish bilan bir qatorda, ularga nisbatan o‘zining mustaqil yondashuvini namoyon qilganligi  hamda hisobot shaklidagi maktublar va shaxsiy mazmundagi maktublarning biografik mazmunni to‘ldirishini aniqlashga oid tavsiyalar Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi Tarix bo‘limi va Buxoro adabiyoti tarixi muzey filiali noyob materiallar, hamda yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan. Shuningdek, Mirzo Somiyning amir nomiga yozgan maktublari, hisobot hujjatlari va boshqa hujjatlari tahlili natijasida, muallifning faoliyatiga oid to‘plangan qimmatli ma’lumotlar muzey-qo‘riqxona Hujjatlar fondini boyitish uchun taqdim etildi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan “Ark” viloyat o‘lkashunoslik filialida muzeyida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy me’ros agentligining 2023-yil 13- iyuldagi 04-06/2393-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzey xodimlari Buxoro muzeyida saqlanuvchi Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasi to‘g‘risida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.
Mirzo Somiyning saroy munshisi lavozimidan tashqari sudur, miroxo‘r vazifalarida faoliyat ko‘rsatgani, vaqf masalalari bo‘yicha tuman qozilari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgani, davlat ayrim saroy amaldorlarining xazinani talon-taroj qilinishdagi salbiy ta’siri hamda saroy amaldorlari o‘rtasidagi shaxsiy adovat va buning oqibatida boshqaruv tizimida nosog‘lom ijtimoiy muhitning paydo bo‘lishini aniqlashga oid maʼlumotlar Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi moʻjiza” ko‘rsatuvlarining 2023-yil yanvar-fevral oylaridagi sonlarining ssenariylarini tayyorlashda unumli foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 7-iyuldagi 02-09-169-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishga, Buxoroning so‘nggi o‘rta asrlar tarixi va uning dolzarb masalalariga oid bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan.
    Shaxsiy kolleksiya tarkibidagi“Mir’ot ul-yaqin” va “Daxmai shohon”  asarlarining ilm ahliga kam ma’lum bo‘lgan qo‘lyozma nusxalari va ularning mazmuniga ko‘ra shialikning Buxoro ijtimoiy-diniy muhitidagi ijtimoiy-axloqiy muhitga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha birlamchi manba ekanligi hamda “Daxmai shohon” nusxasining o‘rganilishi natijasida undagi ayrim boblarning boshqa nusxalarda mavjud emasligini dalillashga oid xulosalar “Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markaz tomonidan amalga oshirilgan “Buxoro amirligi qozixona mahkamasi tarixi” nomli ilmiy loyiha (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2022-yil 27-iyuldagi 77/12/15-sonli davlat granti)ni amalga oshirishda foydalanilgan (“Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazining 2023-yil 22-sentyabrdagi 17/01-2023 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar “Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markaz tomonidan nash etilgan “Buxoro amirligi qozixona mahkamasi tarixi” (XVIII asr o‘rtalari - XX asr boshlari) nomli kitobning ilmiy mazmunini oshirishga xizmat qilgan.
“Tarixi salotini mang‘itiya”ning dastlab Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasida saqlanganligi, uning Buxoro amirligi davlat boshqaruvi (lavozim vazifalari, mavqei, ierarxik holati), etnik (urug‘lar, aholi toiflari) munosabatlar va rus-buxoro urushlaridagi harbiy harakatlar tarixini yorituvchi muhim manba sifatida saroydagi ijtimoiy muhit, o‘zaro ixtiloflar, mansab suiiste’molliklari, davlat mulkini talon-taroj qilish, oliy hukmdorga murojaat va uning natijalari to‘g‘risidagi masalalarga aniqlik kiritishi ko‘rsatib berishga oid maʼlumotlar Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi moʻjiza” ko‘rsatuvlarining 2023-yil yanvar-fevral oylaridagi sonlarining ssenariylarini tayyorlashda unumli foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 7-iyuldagi 02-09-169-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik Mirzo Somiy shaxsiy kolleksiyasi, uning Buxoro amirligi davlat boshqaruvi, etnik munosabatlar va rus-buxoro urushlaridagi harbiy harakatlar tarixini yorituvchi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish