Aliqulov Quvat Haqnazarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarda iqtisodiy faollikni shakllantirishning axloqiy va estetik jihatlari», 09.00.02–Ong madaniyat va amaliyot shakllari (falsafa fanlari) (estetika).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal55.

Ilmiy rahbar: G‘abullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.

Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Ismatillo Egamberdievich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Buronovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlar iqtisodiy faolligining axloqiy-estetik jihatlarining o‘ziga xosligi va uni hozirgi islohotlar davridagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yoshlarda iqtisodiy faollikning mobil elementlari bo‘lgan jozibadorlik, faktura, konstruktiv-dekorativ faoliyat estetik ehtiyoj, tovarga estetik munosabat, innovatsion estetik faoliyat turlari bilan korrelyasion bog‘lanishi aniqlangan;

yoshlar iqtisodiy faolligini tarixiy-milliy, etno-estetik rivojlanish xususiyatlari estetik qadriyatlarning notekis rivojlanishi, ehtiyojlarning o‘sib borishi kabi umumestetik qonunlar bilan sababiy bog‘lanishi ochib berilgan;

yoshlar iqtisodiy faolligining axloqiy-estetik jihatlarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘z-o‘zini axloqiy tashkil qilish, mobillik, yaratuvchanlik, ishbilarmonlik, innovatsion-estetik faoliyat tushunchalari vositasida asoslab berilgan;

yoshlarning iqtisodiy faolligi va innovatsiyalar muhiti uyg‘unlashishi natijasida mehnat faoliyatida zavqiy munosabat, ishlab chiqarishni estetiklashishi, atrof-muhitni go‘zallashtirishda inversion faollashish ko‘rsatib berilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yoshlar iqtisodiy faolligini shakllantirishning axloqiy va estetik jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:

yoshlar iqtisodiy faolligining rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari, estetiklashuv mexanizmlari, axloqiy-estetik jihatdan rivojlantirishning vazifalari va imkoniyatlari, tizimli-funksional tamoyili, axloqiy-estetik omillar va innovatsion, transformatsion o‘zgarishlar dialektikasi bilan bog‘liq natijalaridan OT-YoF8-007 raqamli fundamental grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 martdagi 89-03-1105-son ma’lumotnomasi). Bu ilmiy natijalarning amaliyotda qo‘llanilishi grant loyihasining yoshlarning axloqiy-estetik va iqtisodiy madaniyatiga oid masalalarni takomillashtirishga va ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

“faollik”, “iqtisodiy faollik” tushunchalari, ularning umumnazariy mohiyati Samarqand viloyati hududidagi yoshlar iqtisodiy faolligiga konstruktiv ta’sirini o‘rganishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashining 2017 yil 20 dekabrdagi 02-06/419-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar viloyat yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ma’naviy-madaniy jihatdan sifati va samaradorligi salohiyatining ko‘tarilishiga xizmat qilgan;

yoshlar iqtisodiy faolligining tarixiy-etnomilliy va etnomadaniy xususiyatlari, ularning rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillarning amaliy ishlar xulosalari va empirik-sotsiologik tadqiqotlarining dalillaridan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faoliyatida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1/622-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflarning «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi faoliyatida joriy etilishi yoshlar ongida sog‘lom iqtisodiy raqobat muhiti haqida tasavvur va bilimlar shakllanishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish