Abdullaev Iskandar Fatxullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Yurak-qontomir kasalliklari patogenezi va saratonda ion kanallarining roli», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/B197.
Ilmiy maslahatchi: Sabirov Ravshan Zairovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Mirxodjaev Ulugbek Zakirovich, bilogiya fanlari doktori, professor; Kamburova Venera Seytumerovna, biologiya fanlari doktori; Esimbetov Adilbay Tlepovich, bilogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: VRAC, CRAC (SOCE) ion kanallari va kalsiy bilan faollashuvchi K+ kanallarining yurak-qon tomir tizimi va saraton kasalligining patogenezini rivojlanishidagi rolini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VRAC, ClC-2, ClC-3, p-VDAC, CaCC, CFTR va MDR-1 shishgan astrositlardan qo‘zg‘atuvchi aminokislotalarni chiqarish yo‘liga nomzod sifatida sinovdan o‘tkazildi. Selektiv VRAC blokatori bo‘lgan DCPIB yordamida VRAC kanali shishgan astrositlardan qo‘zg‘atuvchi aminokislotalarni chiqarishning asosiy yo‘li sifatida aniqlandi. Ishemik insultdan keyin shishgan astrositlardan glutamat chiqishi neyronlarning shikastlanishi bilan bog'liq bo'lganligi sababli, bu topilma ishemik insult oqibatlarini davolash uchun yangi farmakologik davolash usullarini ishlab chiqish uchun muhimdir;
VRAC ingibitori tamoksifen miyokard infarktining ex vivo modelida kalamushlarda global yurak ishemiyasidan so‘ng ishemiya-reperfuziya shikastlanishini (IRSh) kamaytirishi aniqlandi, va bu IRSh rivojlanishida VRAC kanallarining rolini ko‘rsatadi. Antiestrogen tamoksifen tibbiy amaliyotda rixsat etilgan bo‘lib, yurak ishemik kasalligi va miokard infarktini davolashda perspektiv bo‘lishi mumkin;
ilk marotaba CRAC kanallari hujayra proliferatsiyasi va migratsiyasi uchun muhim bo'lgan endotelial va silliq mushak hujayralarida depo-faollashtirilgan kalsiyni kiritish vositachilari sifatida aniqlandi. Ushbu hujayralardagi CRAC kanallari Gd3+ va 2-APB ning yuqori dozalari bilan bloklangan, shuningdek, CRAC kanallarining odatiy xususiyati bo'lgan 2-APB ning past dozalari bilan kuchaytirilgan. Bundan tashqari, Orai1 va STIM1 ning RNK-interferensiyasi CRAC oqimlarini va depo-faollashtirilgan kalsiy kirishini sezilarli darajada kamaytirdi;
STIM1 va Orai1 birinchi marotaba bemorlarning jarrohlik namunalaridan yaratilgan ikkita birlamchi GBM hujayra liniyasida SOCE va CRAC ning muhim komponentlari sifatida aniqlandi; ilk marotaba STIM1 va Orai1 hujayra proliferatsiyasiga minimal ta'sir ko'rsatgan holda GBM hujayralari invazivligini regulatsiyasida muhim rol o'ynashi ko‘rsatildi;
ilk marotaba kalsiy bilan faollashtirilgan kaliy kanallari BK, IK1 glioma hujayralari U251, U87 va birlamchi GBM hujayralarida funksional ravishda ekspressiyalangani aniqlandi. BK kanalining ingibitorlari Penitrem A va paxillin, va shuningdek, IK1 blokatorlari TRAM-34 va klotrimazol yuqori konsentratsiyalarda glioma hujayra liniyalari va birlamchi GBM hujayralarining ko‘payish tezligini sezilarli darajada kamaytirdi. U251 hujayralarida RNK-interferensiyasi yordamida BK va IK1 ekspressiyasini kamaytirish elektrofizyologik tajribalarda kaliy oqimlarini sezilarli darajada pasaytirishi ko'rsatildi, ammo proliferatsiyaga hech qanday ta'sir ko'rsatmadi;
birinchi marta ko'krak bezi saratoni hujayralarida depo-faollashtirilgan kalsiy kirishi estrogen reseptorlari mavjud bo‘lganda STIM1/2 va Orai3 oqsillari vositasida amalga oshirilishi, ammo estrogen resteptorlari yo‘q bo‘lganda bu yo‘l kanonik STIM1/Orai1 tomonidan kodlanadi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak-qon tomir va saraton kasalliklari patogenezida ion kanallarining rolini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
VRAC kanalini shishgan astrositlardan qo‘zg'atuvchi aminokislotalarni chiqarishning asosiy yo‘li sifatida aniqlashga oid  natijalardan impakt faktorli yuqori bo‘lgan xorijiy ilmiy jurnal maqolalarida miya ishemiyasida astrotistlar metabolizmini tadqiq qilishda, epilepsiyadagi astrotsitlar rolini aniqlashda va leykoensefalopatiya mexanismlarini tahlilida (Nature Neuroscience (2007), 10(11), 1377-1386, IF – 25,0; Neuron (2008), 58 (2), 168-178), IF – 16,2; Lancet Neurology (2012), 11 (11), 973-985, IF – 48,0) foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish astrositlar patofiziologiyasida VRAC kanalining ishtirokini tavsiflash imkonini bergan;
endotelial hujayralarning ko‘payishi va migratsiyasi uchun muhim bo‘lgan hujayra ichidagi zaxiralarning bo‘shashiga javoban kalsiyning hujayra ichiga kirishining asosiy yo‘li sifatida CRAClarni aniqlashga oid natijalardan impakt faktorli yuqori bo‘lgan xorijiy ilmiy jurnal maqolalarida TRP kanallarining qon tomir tizimidagi rolini tavsiflashda, SPCA2 orqali Orai1 oqsilining ko‘krak bezi saratonida faollanishini aniqlashda, endogen TRPC kanali seleiktivligida Orai1 oqsilining rolini tadqiqida (Physiological reviews, (2015), 95(2), 645-690, IF – 33,6; Cell (2010), 143(1), 84-98, IF 64,5; Circulation research (2012), 110(11), 1435-1444, IF – 20.1) foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish depo-faollashtirilgan kalsiyning endoteliyga kirishi jarayonida CRAC kanalining rolini batafsil tahlil qilish imkonini bergan;
silliq mushak hujayralarining ko‘payishi va migratsiyasi uchun muhim bo‘lgan hujayra ichidagi depolarning bo‘shashiga javoban CRAClarni kalsiyga kirish vositachisi sifatida aniqlashga oid natijalardan impakt faktorli yuqori bo‘lgan xorijiy ilmiy jurnal maqolalarida hujayra migratsiyasida ion kanallarining rolini tavsiflashda, ORAI2 oqsilining T-hujayralarga bog‘liq immunitetdagi rolini aniqlashda, STIM1 signallash tizimining yo‘naltirilgan hujayra migratsiyasida faolligini o‘rganishda (Physiological reviews (2012), 92(4), 1865-1913, IF – 33,6; Nature Communications (2017), 8(1), 14714, IF – 16,6; Nature Cell Biology (2012), 16(2), 133-144, IF – 21,3) foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish depo-faollashtirilgan kalsiyning qon tomir silliq mushaklariga kirishi jarayonida CRAC kanalining rolini batafsil tahlil qilish imkonini bergan;
miya saratoni hujayralarida va multiformali glioblastoma bemorlarining birlamchi kulturalaridagi CRACni tavsiflashga oid natijalardan impakt faktorli yuqori bo‘lgan xorijiy ilmiy jurnal maqolalarida ion kanallarining saratondagi rolini tavsiflashda, rak terapiyasini kalsiy signallariga qaratish zaruratida, CRAC kanallarining fiziologik funksiyalarini ta’riflashda (Physiological Reviews (2018), 98(2), 559-621, IF – 33,6; Acta Pharmaceutica Sinica B (2017), 7(1), 3-17, IF – 14,5; Annual Review of Physiology (2022), 84, 355-379, IF – 18,2) foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish miya saratoni patogenezining sxemasini va undagi CRAC kanalining rolini tuzishga imkon bergan;
ORAI3ni ko‘krak bezi saratoni hujayralarida SOCEning molekulyar komponenti sifatida aniqlashga oid natijalardan impakt faktorli yuqori bo‘lgan xorijiy ilmiy jurnal maqolalarida saraton va kalsiy signallashning bog‘liqligini aniqlashda, STIM oqsillarining kalsiy signallarinin uzatilishida ishtirokida va mazkur oqsillarning prostata saratonidagi rolini ta’riflashda (Nature Reviews Cancer (2017), 17(6), 373-380, IF – 78,5; Nature Reviews Molecular Cell Biology (2012), 13(9), 549-565, IF – 112,7; Cancer Cell (2014), 26(1), 19-32, IF – 50,3) foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish ko‘krak bezi saratoni patogenezida kalsiyning depo-faollashtirilgan kalsiyning kirishi jarayonida CRAC kanalining rolini batafsil molekulyar tavsiflash imkonini bergan;
miya saratoni hujayralarining ko‘payishida kalsiy bilan faollashtirilgan kaliy kanallarining rolini o‘rganishga oid natijalardan impakt faktorli yuqori bo‘lgan xorijiy ilmiy jurnal maqolalarida kanallarning metastazdagi rolini tavsiflashda, kaliy kanallarining glioblastoma infiltratsiyasi va ximiorezistentligidagi ishtirokini aniqlashda (Molecular Cancer (2017), 16, 1-10, IF – 41,4; Cell Death & Disease (2013), 4(8), e773-e773, IF – 9,0; Journal of Cellular Physiology (2018), 233(9), 6866-6877, IF – 5,6) foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish miya saratoni hujayralarining bo‘linishida glia kanallarining roli bo‘yicha adabiyotdagi kelishmovchiliklarni tushuntirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish