Qo‘chqarov Otabek Axmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shaharlar qurilishini urboekologik hududiy tashkil etishning landshaft tamoyillari (Farg‘ona vodiysi yirik shaharlari misolida)», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4..PhD/Gr168.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Raximjon.Yigitalievich, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Eshquvvatov Bekzod Beqqulovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vodiy shaharlari landshaftlari va tuproq qoplamining antropogen va texnogen jarayonlar ta’siridagi o‘zgarishlarini aniqlash geoekologik vaziyatlarni baholash, shaharlar landshaftini hududiy tashkil etishga doir amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaharlar paydo bo‘lishining tabiiy, tarixiy va iqtisodiy asoslari landshaft omili nuqtai-nazardan tahlil qilinib, Farg‘ona vodiysidagi yirik shaharlarning landshaft tuzilmalari aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasi va MDH davlatlarining zamonaviy shaharsozligi e’tiborga olinib landshaft tamoyillari qiyosiy tahlil qilingan, shu asosida Farg‘ona vodiysidagi Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon kabi yirik shaharlarni landshaft-ekologik holati baholangan;
Farg‘ona vodiysidagi yirik shaharlar hududiga tushadigan antropogen bosim miqdori qiyosiy baholangan va GAT texnologiyasining ArcGIS dasturidan foydalanib xaritalari yaratilgan;
Farg‘ona vodiysidagi yirik shaharlar hududidagi landshaft-ekologik holat bilan aholi salomatligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik mavjudligi aniqlangan va uni oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysidagi shaharlar qurilishini urboekologik hududiy tashkil etishning landshaft tamoyillarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublika miqyosidagi yirik shaharlar qurilishining ishlab chiqilgan landshaft tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2024-yil 28-fevraldagi 03.03/3-2057-sonli hamda 2024 yil 29-oktyabrdagi 03-03/3-10636-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, dunyo shaharsozligi tajribasidan kelib chiqib Farg‘ona vodiysidagi yirik shaharlarning qurilishida tabiiy landshaftlar komponentlaridan rejali foydalanish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysidagi shaharlarni (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon) har birining strukturali-ekologik muvozanatini baholashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2024-yil 28-fevraldagi 03.03/3-2057-sonli hamda 2024 yil 29-oktyabrdagi 03-03/3-10636-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, aholi yashaydigan hududlar, sanoat zonalari va yashil zonalar egallagan hududlar nisbatini foiz hisobida aniqlash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysidagi yirik shaharlarning har birini alohida maydoni, unga nisbatan aholi yashaydigan hududlarning mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha egallagan maydoni, aholi zichligini hisoblashlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2024-yil 28-fevraldagi 03.03/3-2057-sonli hamda 2024 yil 29-oktyabrdagi 03-03/3-10636-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, GAT texnologiyalari asosida, landshaft tuzilmalar va antropogen bosim karta sxemalarini yaratish imkonini began;
Farg‘ona vodiysidagi yirik shaharlarni landshaft komponentlarini qiyosiy o‘rganish boʻyicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2024-yil 28-fevraldagi 03.03/3-2057-sonli hamda 2024 yil 29-oktyabrdagi 03-03/3-10636-sonli ma’lumotnomalari). Natijada shahlar tuproqlarining texnogen ifloslanishi Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari misolida qiyosiy baholangan va yirik shaharlarda tabiiy landshaft elementlaridan iqlim, suv obektlari, tuproqlarning o‘zgarishini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini began.

Yangiliklarga obuna bo‘lish