Zubaydullaeva Malika Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Paxta - lavsan matolarini kollagen metall komplekslari bilan bo‘yashning kimyoviy texnologiyasini yaratish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K745.
Ilmiy rahbar: Rafikov Adham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xasanova Saodat Xaitovana, texnika fanlari nomzozodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta-lavsan aralash to‘qimachilik matolarini kollagen metall komplekslari bilan bo‘yashning kimyoviy texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy ko‘p bosqichli sintetik bo‘yovchi moddalarga muqobil sifatida aralash paxta-lavsan to‘qimachilik materiallarini samarali bir bosqichda bo‘yash uchun tabiiy polimer – kollagen asosida yangi ekologik toza kompleks bo‘yovchi modda yaratilgan;
komplers bo‘yovchi modda paxta tolasi sellyulozasi bilan koordinatsion va ionli bog‘lanishlar hosil qilish orqali kimyoviy o‘zaro ta’sirlashuvga kirishi, bo‘yovchi moddaning poliefir tolalarida mustahkamlanishi termofiksatsiya jarayonida polietilentereftalat va kollagenning birga suyuqlanishi hisobiga sodir bo‘lishligi isbotlangan;
paxta, lavsan va paxta-lavsan tolalarini kollagenning komplekslari bilan bo‘yashda rang intensivligi va rang mustahkamligiga bo‘yash parametrlari ta’sirining ahamiyati quyidagi qatorda kamayib borishligi (eritmaning pH ko‘rsatkichi, komponentlarning dastlabki nisbati, fiksatsiya harorati) aniqlangan;
materialning tabiati, “kollagen- ” bo‘yovchi moddaning tarkibi, bo‘yash sharoitlari, bo‘yalgan mato namunalarining fizik-kimyoviy va strukturaviy-mexanik xossalari, asosiy koloristik xususiyatlarining bog‘liqliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik matolarini kollagen komplekslari bilan boʻyashning kimyoviy texnologiyasi boʻyicha olingan natijalar asosida:
kollagen: metall kompleksi paxta-lavsan matolarini bo‘yash kimyoviy texnologiyasi “Turon teks” MChJ korxonasi amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 22 apreldagi 04/25-842-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kollagennning metall komplekslari bilan aralash to‘qimachilik matolarini bir bosqichli, intensiv va bir tekis bo‘yash imkonini bergan;
paxta matosini bo‘yash uchun kollagen: metall kompleksi “CLASS TEX” MChJ ishlab chiqarish korxonasi amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 22 apreldagi 04/25-842-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi ta’sirlarga chidamli paxta matosining rangi ko‘k-kulrangga ega bo‘lish imkonini bergan.