Ibodulloev Bekzod Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kollagenning akril monomerlari bilan payvand sopolimerlari asosida paxta kalavasini oxorlovchi reagentni yaratish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K746.
Ilmiy rahbar: Rafikov Adham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagiDSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Davronbek Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Amirova Nodira Salikovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kollagenning (met)akrilamid va (met)akril kislotasi bilan payvand sopolimerlarini sintez qilish, paxta kalavasini ohorlovchi reagent sifatida xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvli eritmada, inisiator sifatida kaliy persulfat ishtirokida kollagenni akrilamid va metakrilamid bilan payvand sopolimerlari sintez qilingan, reaksiyalarning mexanizmi isbotlangan;
payvandlanish darajasi va samaradorligi, payvandlangan zanjirlarning molekulyar massasi parametrlarini vaqt, konsentratsiya va temperatura bo‘yicha bog‘liqlik qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
kollagen-poli(met)akrilamid, kollagen-poli(met)akril kislotasi sopolimerlarining paxta sellyulozasi bilan molekulalararo vodorod bog‘lari hosil qilishligi, iplar yuzasida mustahkam polimer pardasini hosil qilishligi aniqlangan;
akril monomerlarning payvandlanishi kollagenning oxor sifatidagi asosiy kamchiligi – polimer pardasining mo‘rtligini bartaraf etib, elastikligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kollagenning  payvand sopolimerlarini sintez qilish, fizik-kimyoviy va amaliy xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘quv jarayonida paxta iplarini oxorlash uchun kollagenning  payvand sopolimerlari “Beruniy Textile Invest”  MChJ korxonasida ishlab chiqarish jarayonida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2024 yil 1 apreldagi 03/25-713-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanda iplarini oxorlash jarayonida kollagen-poli(met)akrilamid sopolimeri eritmasi ipning yuzasida ishqalanish qobiliyatini oshiruvchi mustahkam qatlam hosil qilganligi uchun ipning qayishqoq (egiluvchan) bo‘lishi va oxor pardasi sinib to‘kilib ketmasligiga imkon bergan;  
kollagenning  payvand sopolimerlari asosidagi kompozisiya bilan tanda iplarini oxorlash usuli “Bukhara Natural Product” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasining 2024 yil 1 apreldagi 03/25-713-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanda iplarini oxorlash jarayonida kraxmal bilan oxorlanganga nisbatan kollagenning payvand sopolimerlari bilan oxorlanganda iplarning uzilish kuchi 12÷36%, solishtirma uzilish kuchi 7÷39%, uzilishdagi uzayishi 4÷24%, uzilishdagi ishi 9÷61% oshirish, iplarning ingichkaligi 32-41%, nepslar soni 27-35% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish