Qodirova Xamidaxon Nurmuxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda optikani o‘qitishni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1966.
Ilmiy rahbar: Aliev Rayimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Salim Xallokovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda optikani o‘qitishni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida optika bo‘limiga doir “Optik asboblar. Optik asboblar sinfi” mavzusini o‘qitishni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishning, konseptual asoslarida keltirilgan uslubiy jarayonlar va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodi talabalar bilan o‘zaro integratsiyalashuv darajasining real ta’lim jarayonidagi barqarorligi, o‘qitishning induktiv-metodik usullarini tatbiq qilish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida optikani o‘qitishni innovatsiyon yondashuv asosida takomillashtirish modeli maqsad, oqitish komponenti, muvaffaqiyat, faollik, umumlashtirish, innovatsion texnologiyalarning asosiy tamoyillari, bosqichlar, kompetensiya, o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish, tanqid, tahlil va nostandart echimlar, klassifikatsiyalash, vaqtni nazorat qilish hamda axborotni har xil shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida optikani innovatsiyon yondashuv asosida o‘qitishning o‘quv metodik ta’minoti o‘quv materiallari tuzilmasiga dasturlarning axborot uzatish imkoniyatini (tushunchali, vizual-obrazli hamda harakatli) darajalash, mantiqiy-tuzilmaviy boshqaruv sifati va samaradorligini oshiruvchi virtual elektron-didaktik vosilalarini metodik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak fizika fani oqituvchilarini tayyorlashda innovatsion yondashuv asosida optika bo‘limining o‘quv metodik ta’minoti motivatsion, kognitiv, jarayonli, innovatsion, moslashuvchan, kommunikativ, intelektual va kreativlik kabi baholash darajalariga yo‘naltirilgan dasturiy vositalaridan foydalanish uslublari orqali samaradorlik ta’minlanishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’limda optikani o‘qitishni innovatsion yondashuv asosida takomillatirish bo‘yicha o‘tkizilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida optika bo‘limiga doir “Optik asboblar. Optik asboblar sinfi” mavzusini o‘qitishni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishning, konseptual asoslarida keltirilgan uslubiy jarayonlar va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodi talabalar bilan o‘zaro integratsiyalashuv darajasining real ta’lim jarayonidagi barqarorligi, o‘qitishning induktiv-metodik usullarini tatbiq qilish, talabalar kasbiy faoliyat motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan modeli, maqsad, komponent, innovatsion tamoyil, kompetensiya, o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish, tanqid, tahlil va nostandart echimlar, klassifikatsiyalash, vaqtni nazorat qilish hamda axborotni har xil shakllarda taqdim etishga ustivorlik berish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Optika”nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 537419-raqamli guvohnoma). Natijada oliy ta’limda optikaga doir mavzular mazmunini takomillashtirish, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan interfaol ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan.
oliy ta’lim muassasalarida optikani innovatsiyon yondashuv asosida o‘qitishning o‘quv metodik ta’minoti, o‘quv materiallari tuzilmasiga dasturlarning axborot uzatish imkoniyatini (tushunchali, vizual-obrazli hamda harakatli) darajalash, mantiqiy-tuzilmaviy boshqaruv sifati va samaradorligini oshiruvchi virtual elektron-didaktik vosilalarini metodik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan 2015-2016 yillarda bajarilgan A-1-46 raqamli “Nanotexnologiyalar va mikroelektronikadan inglizcha-ruscha-uzbekcha lug‘at tayyorlash” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan ( Toshkent davlat pedagogika universitetinig 2024-yil 5-martdagi 11-05-1031/07-son ma’lumotnomasi). Natijada optikaga doir laboratoriya mashg‘ulotlarida virtual ishlanmalarni qo‘llash va ulardan samarali foydalanish samaradorligi oshgan.
innovatsion yondashuv asosida optika bo‘limining o‘quv metodik ta’minoti motivatsion, kognitiv, jarayonli, innovatsion, moslashuvchan, kommunikativ, intelektual va kreativlik kabi baholash darajalariga yo‘naltirilgan dasturiy vositalaridan foydalanish uslublari orqali samaradorlik ta’minlanishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Optika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 537419-raqamli guvohnoma). Natijada optikaga doir mavzularni innovatsion o‘zlashtirishga asoslangan usullarni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish samaradorligini aniqlashga erishilgan.