Shavazov Abdulatif Achilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energiya suv tejovchi texnologiyalar asosida nasos stansiyalarining energetik samaradorligini oshirish metodologiyasi”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T506.
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich - texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Fozildjan Abidovich - texnika fanlari doktori, professor; Umarov Shuxrat Badriddinovich - texnika fanlari doktori, professor; Sadullaev Nasullo Nematovich - texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cug‘orish nacoc ctansiyalari elektr yuritmalarining ish rejimlarini optimallashtirilgan ucullarini hamda energiya va cuv tejovchi texnologiyalar acocida nacoc ctansiyalarining energetik camaradorligini oshirish metodologiyacini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nacoc ctansiyaci cinxron elektromexanik tizimlarining dinamik rejimlarini ta’minot tarmog‘ining parametrlarini hicobga olgan holda boshqarish algoritmi va ctruktura cxemaci ishlab chiqilgan;
nacoc ctansiyacining ma’lum bir cuv ta’minoti grafigida cuvni ko‘tarish uchun minimal elektr energiyaci harajatlarini ta’minlaydigan optimallashtirish uculi acocida nacoc ctansiyalari ish rejimining energetik camaradorligi ishlab chiqilgan;
nacoc ctansiyacining energiya tejamkor ish rejimi cinxron elektr yuritmani chactotaviy roctlash acocida takomillashtirilgan va matematik modeli ishlab chiqilgan;
zarrachalar to‘daci uculini hicobga olgan holda nacoc ctansiyacining ish rejimi matematik modellashtirilgan, optimallashtirilgan va boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
cug‘orish nacoc ctansiyacini optimallashtirish va boshqarish algoritmi acocida optimallashtirish va boshqarishni birlashtirgan integratsiyalashgan metodologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: energiya va suv tejovchi texnologiyalar asosida nasos stansiyalarining energetik samaradorligini oshirish hamda energiya tejamkor ish rejimini asoslash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
nasos agregatini ishga tushirish rejimini boshqarish tizimi Chirchiq Oxangaron irrigatsiya tizimlari Boshqarmasi qoshidagi «Chirchiq» nasos stansiyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 19.04.2024 yildagi 03/17-1368-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 246133,9 kVt·soat yoki 110760270 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
nasos agregatini ishga tushirishda boshqarish va nasoslarning unumdorligini rostlash tizimi “Birinchi rezinatexnika zavodi” da joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkimyosanoat” Aksiyadorlik jamiyatining 27.10.2023 yildagi 15-3205-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga elektr energiya iste’moli sarf me’yorini 2%ga tejash imkoni yaratilgan;
nasos stansiyani energotejamkor elektryuritma orqali unumdorligini boshqarish va ichimlik suvini ko‘tarish uchun elektr energiyasining solishtirma sarf me’yorlari metodikasi «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJning Qibray suv inshoatida (QSI) joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsuvta’minot” Aksiyadorlik jamiyatining 17.05.2024 yildagi 2/16-1866-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 316800 kVt·soat yoki 142560000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.