Rayimov Ro‘ziqul Obloqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyoshdagi chaqnashlar, magnit bo‘ronlari ta’sirida yuqori kuchlanishli elektr uzatishda avariyalar va uskunalar ishdan chiqishining oldini olish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2106.
Ilmiy rahbar: Qudratillaev Axmatilla Samatillaevich - texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Zaxidov Romen Abdullaevich - texnika fanlari doktori, professor, akademik. Boltaev Otabek Toshmuxammatovich - texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zenergoinjiniring” AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyoshdagi chaqnashlar, magnit bo‘ronlari ta’sirida yuqori kuchlanishli elektr uzatishda avariyalar va uskunalar ishdan chiqishini tadqiq etish va uni bartaraf etish bo‘yicha usullar hamda texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyoshdagi chaqnashlar, magnit bo‘ronlarining yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va uskunalariga ta’sirini hisobga olgan holda ularning yuqori kuchlanishli elektr uskunalariga ta’sirini bashorat qilish usuli takomillashtirilgan;
yuqori kuchlanishli elektr uzatish tizimlariga quyoshdagi chaqnashlarda hosil bo‘lgan magnit bo‘ronlari, geoinduksion magnit maydoni ortishini hisobga olib, kuch transformatori holatining matematik modeli ishlab chiqilgan;
quyoshdagi chaqnashlar, magnit bo‘ronlari ta’sirida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tizimlaridagi avariyalar oqibatlarini hisobga olgan holda etqaziladigan zararlarni aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
geoekologik omillar ta’sirini inobatga olgan holda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tizimlariga etkaziladigan zararlarni hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Quyoshdagi chaqnashlar, magnit bo‘ronlari ta’sirida yuqori kuchlanishli elektr uzatishda avariyalar va uskunalar ishdan chiqishining oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining quyoshdagi chaqnashlar, magnit bo‘ronlari jarayonini tadqiq etishning matematik modellari «Navoiy viloyati hududiy elektr tarmoqlari» AJda joriy qilingan. («Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 22 avgustdagi 01-04-08/666-son ma’lumotnomasi). Natijada iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchligini ortishiga erishilgan;
quyoshdagi chaqnashlar hamda magnit bo‘ronlari yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari hamda uskunalari ishdan chiqishini oldini olish tehnologiyasi «Navoiy viloyati hududiy elektr tarmoqlari» AJda joriy qilingan. («Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 22 avgustdagi 01-04-08/666-son ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 760 000 000 (etti yuz oltmish million) so‘mni tashkil etgan;
yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va uskunalarining quyoshdagi chaqnashlar hamda magnit bo‘ronlari holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar «Navoiy viloyati hududiy elektr tarmoqlari» AJda joriy qilingan. («Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 22 avgustdagi 01-04-08/666-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va uskunalari uchun sarflanadigan mablag‘larni 12-15% tejashga erishilgan.