Baltabayeva Barno Yuldashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy ikkilamchi xomashyo asosida tayyorlangan kraft qog‘ozlarining mustahkamlik va bosma xossalarini tadqiq qilish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.1.PhD/T 2660
Ilmiy rahbar: Eshbaeva Ulbosin Jamalovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Sherzod Sobirjanovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, Sadovskaya Anna Viktorovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxora muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rash va qadoqlash jarayonida qo‘llaniladigan kraft qog‘ozining fizik -mexanik va bosma-texnik xossalarini tadqiq qilish asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tarkibiga paxta sellyulozasi bilan birgalikda pillakashlik korxonalarida pilla chuvishda hosil bo‘ladigan tolali chiqindilar va ikkilamchi makulatura kiritilgan kraft qog‘ozi olish texnologiyasi tizmasi takomillashtirilgan;
tolali massaning maydalanganlik darajasini boshqarish uchun diskli tegirmon ish texnologiyasi mexatronik tizimini boshqarish imkonini beruvchi SCADA tizimi, PLC kontrollerlari yordamida dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
kraft qog‘ozining fizik-mexanik, bosma-texnik xususiyatlari va qog‘oz kompozisiyasi tarkibining bosma nusxalari sifatiga bog‘liqlik darajasini aniqlovchi mustahkamlik xossalarining optimal tarkibi aniqlangan;
tajribani matematik rejalashtirish usulidan foydalanib, kraft qog‘ozining silliqligi va ksilol bo‘yicha shimish qiymatlari, sifatli nusxalarini chop etishda tasvirning optik qiymatlariga bog‘liqligi to‘liq faktorli regression tenglamalar tahlili asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyodan foydalanib yangi tarkibli kraft qog‘ozi tayyorlash, fizik-mexanik va bosma-texnik xossalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarkibida tolali chiqindilar bo‘lgan kraft qog‘ozi olish bo‘yicha texnologik reglament va takomillashtirilgan texnologiya Global Komsco Daewoo QK ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2024 yil 24 maydagi 06-3124-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi kraft qog‘ozi olishning texnologik rejimlari takomillashtirilgan;
ishlab chiqilgan kraft qog‘ozi “Effect Print Service” XK da ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2024 yil 24 maydagi 06-3124-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida olingan kraft qog‘ozi sifat bo‘yicha xalqaro talablarga javob beruvchi rangli nusxalar olishga va tannarxni 25 foiz pasaytirishga erishilgan.