Umarov Akmal Akparalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tola sifatini yaxshilash maqsadida arrali jinni ta’minlash jarayonini takomillashtirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T529.
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30.05.2018.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Alisher Zulunovich, texnika fanlari doktori; Suleymanov Rustam Shennikovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tola ajratish mashinasini paxta bilan ta’minlashni avtomatik rostlash yo‘li bilan uning samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin xomashyo valigi parametrlari bilan arra ishchi yuzasi orasidagi ishqalanish kuchining o‘zaro bog‘lanishi noturg‘un texnologik jarayonni hisobga olgan holda aniqlangan;
xomashyo valigi zichligi bilan tok kuchining ratsional parametrlari arrali jin xomashyo valigi zichligi bilan arrali silindr motoriga tushadigan tok kuchining o‘zaro bog‘lanishi asosida aniqlangan;
arrali silindr motoriga tushadigan tok kuchi miqdoriga ko‘ra arrali jinga uzatilayotgan xomashyo miqdorini boshqaradigan arrali jin mashinasini paxta bilan ta’minlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
arrali jin mashinasini paxta bilan ta’minlashning arrali jin ishchi kamerasidagi xomashyo valigi zichligiga bog‘liq ravishda avtomatik rostlash uskunasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinlash mashinalarini xomashyo bilan ta’minlashni rostlashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arrali jin ishchi kamerasi yangi konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Arrali jin ishchi kamerasi», №FAP00599-2011y.). Natijada jin mashinasi ishchi kamerasida xomashyo zichligining bir xilda ushlanishi hisobiga ishlov berilayotgan paxta xomashyosining dastlabki tabiiy xususiyatlarini saqlash va energiya sarfini kamaytirishga erishilgan;
arrali jin ta’minlagichining yangi konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Arrali jin ta’minlovchisi», №FAP00600-2011y.). Natijada jin mashinasini paxta bilan bir maromda ta’minlanishi paxtaning dastlabki tabiiy xususiyatlarini saqlash imkonini bergan;
arrali jin ta’minlagichi va ishchi kamerasi «O‘zpaxtasanoat» AJga qarashli «To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash» AJda uzluksiz texnologik jarayonga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 10 avgustdagi 02-18/4757-son ma’lumotnomasi). Natijada jin mashinasi ishchi kamerasida xomashyo zichligining bir xilda ushlanishi hisobiga ishlab chiqarilayotgan paxta tolasidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushining 0,3–0,5%ga, chigit mexanik shikastlanganligining 0,24–1,1%ga kamayishiga erishilgan;
jinlash mashinalarini paxta bilan ta’minlash texnologik jarayonini avtomatik nazorat qilish va boshqarish tizimlari «O‘zpaxtasanoat» AJga qarashli «Kosonsoy paxta tozalash» AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2018 yil 10 avgustdagi 02-18/4757-son ma’lumotnomasi). Natijada arrali jin mashinasining paxta bilan bir me’yorda ta’minlanishi paxta tolasidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushini 0,3–0,5%ga, chigitning mexanik shikastlanganligini 0,24–1,1%ga kamaytirish imkonini bergan.