Berdimuratov Quanishbay Genjebaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asalarichilik samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3421.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Farmanov Jonibek Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi asalarichilik samaradorligiga ko‘ra xo‘jalik subektlari faoliyatining iqtisodiy salohiyatini oshirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari yordamida changlatish uchun zarur bo‘ladigan asalari oilalariga ko‘ra asal etishtirishda talabning qondirilishi hamda asalarichilikni, jumladan sohani barqaror va noaniq sharoitda rivojlantirish samaradorligini oshirishda qo‘shilgan qiymatga asoslangan asalarichilik mahsulotlarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar asoslangan;
asalarichilik oilalarda kambag‘allikni oldini olish, ishsiz aholining qo‘shimcha bandligini taʼminlash va qo‘shimcha daromadlar olish hamda yirik fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiya qilib, qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalanishning samarali imkoniyati ekanligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida asalarichilikni rivojlantirishda 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan asalari oilalari sonining ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
mintaqada asalarichilikni rivojlantirish va asal etishtirishga bo‘lgan talabni taʼminlanish darajasiga ko‘ra 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan davrda etishtiriladigan asal, mum, propolis, gul changi va asalari zaxrining ko‘p variantli prognoz qiymatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asalarichilik samaradorligini innovatsion texnologiyalarga ko‘ra oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari yordamida changlatish uchun zarur bo‘ladigan asalari oilalariga ko‘ra asal etishtirishda talabning qondirilishi hamda asalarichilikni, jumladan sohani barqaror va noaniq sharoitda rivojlantirish samaradorligini oshirishda qo‘shilgan qiymatga asoslangan asalarichilik mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28-avgustdagi 33/01-13-751-son maʼlumotnomasi). Taklif asalarichilikni rivojlantirishga ko‘ra aholi bandligini oshirish hamda qo‘shimcha qiymatga asoslangan asalarichilik mahsulotlari hisobiga daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, daromadning faqat asal ishlab chiqarishga bog‘liqligini kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
asalarichilik oilalarda kambag‘allikni oldini olish, ishsiz aholining qo‘shimcha bandligini taʼminlash va qo‘shimcha daromadlar olish hamda yirik fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiya qilib, qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalanishning samarali imkoniyati ekanligi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatiga qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28-avgustdagi 33/01-13-751-son maʼlumotnomasi). Taklif asalarichilikni rivojlantirishga ko‘ra mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bandlik va daromadlilik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida asalarichilikni rivojlantirishda 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan asalari oilalari sonining ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28-avgustdagi 33/01-13-751-son maʼlumotnomasi). Prognoz asal etishtirish va talabni qondirishda asalarichilikni rivojlantirishning tub masalasi bo‘yicha ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada asalarichilikni rivojlantirish va asal etishtirishga bo‘lgan talabni taʼminlanish darajasiga ko‘ra 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan davrda etishtiriladigan asal, mum, propolis, gul changi va asalari zaxrining ko‘p variantli prognozi bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28-avgustdagi №33/01-13-751-son maʼlumotnomasi). Prognoz ishlanmalari mintaqada asal etishtirish va unga bo‘lgan talabni qondirishda innovatsion imkoniyatlardan samaraliroq foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan.