Amanbaev Amanali Orazbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv resurslarini samarali taqsimlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2881.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Bahodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv resurslarini samarali taqsimlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari mintaqa tabiiy-iqlim sharoitida sunʼiy sug‘orish usullari samaradorligi suv xo‘jaligi korxonalari faoliyatining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sirini baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
suv resurslarini adolatli taqsimlashni avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra suv resurslarini taqsimlashda raqamlashtirilgan tizimdan foydalangan holda ECOS ma’lumotlar bazasiga oid fermer xo‘jaliklarining joylashuv sxemasi ishlab chiqilgan;
tomchilatib sug‘orishning iqtisodiy samaradorligi hamda mintaqada suv resurslarini maqsadli taqsimlash yuzasidan avval foydalanilgan suv resurslaridan qayta foydalanish, mahalliy va mintaqaviy tuzilmalar tomonidan samarali hamkorlikni amalga oshirish, mavzu yo‘nalishida ijtimoiy ongni oshirish kabi yo‘nalishdagi tadbirlari asoslangan;
mintaqada suv resurslarini samarali taqsimotini shakllantirish va samarali foydalanish bo‘yicha muhim indikatorlarning 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari asoslanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv resurslarini samarali taqsimlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari mintaqa tabiiy-iqlim sharoitida sunʼiy sug‘orish usullari samaradorligi suv xo‘jaligi korxonalari faoliyatining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sirini baholashga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 01/18-3-355-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif suv resurslaridan samarali foydalanish, 8-16 foiz atrofidagi yo‘qotishlarni kamaytirishga ko‘ra 38-60 ming gektar qo‘shimcha erni sug‘orish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
suv resurslarini adolatli taqsimlashni avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra suv resurslarini taqsimlashda raqamlashtirilgan tizimdan foydalangan holda ECOS ma’lumotlar bazasiga oid fermer xo‘jaliklarining joylashuv sxemasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 01/18-3-355-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqada suv resurslarini adolatli taqsimlash asosida erlarni eroziyaga uchrashini oldini olish, qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiruvchilarni zarur muddatda tegishli miqdordagi suv bilan ta’minlash imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
tomchilatib sug‘orishning iqtisodiy samaradorligi hamda mintaqada suv resurslarini maqsadli taqsimlash yuzasidan avval foydalanilgan suv resurslaridan qayta foydalanish, mahalliy va mintaqaviy tuzilmalar tomonidan samarali hamkorlikni amalga oshirish, mavzu yo‘nalishida ijtimoiy ongni oshirish kabi yo‘nalishdagi tadbirlari bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 01/18-3-355-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif suv resurslarini tejashga va hosildorlikni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada suv resurslarini samarali taqsimotini shakllantirish va samarali foydalanish bo‘yicha muhim indikatorlarning 2024-2028 uillarga mo‘ljallangan ko‘r variantli rrognoz ko‘rsatkichlari asoslanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 01/18-3-355-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanishda qo‘shimcha imkoniyatlarni ishlab chiqarishga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.