Usmanova Aziza Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda fiskal instrumentlardan foydalanish istiqbollari” (Prospecs of Using Fiscal Instrumens for Poverty Reduction in Uzbekistan), 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2214
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Xadicha To‘raevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini tahlil qilish, kambag‘allik darajasiga ta’sir qiluvchi fiskal va iqtisodiy omillarni aniqlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududlarining sifat mezonlari asosida kambag‘allik darajasini yuqori [19,3-34,4], o‘rta [11,1-19,22] hamda past [0-10,9] chegaralarini tavsiflovchi baholash usuli taklif etilgan;
hududlarda Random Effecs modeli asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandlik darajasini oshirish va mehnatga haq to‘lashning hamda pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini oshirish kambagʻallikni qisqartirishdagi ijobiy ta’siri asoslangan;
O‘zbekistonda ehtiyojmand aholining ijtimoiy nafaqa qamrovi va o‘rtacha nafaqa miqdorini oshirish orqali kambagʻallikni qisqartirish mexanizmi taklif qilingan;
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha kambag‘allik darajasi o‘zgarishini fiskal instrumentlar ta’siri asosida 2030-yilga qadar ko‘p omilli solishtirma prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda fiskal siyosatning ustuvorliklaridan foydalanishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston hududlarining sifat mezonlari asosida kambag‘allik darajasini yuqori [19,3-34,4], o‘rta [11,1-19,22] hamda past [0-10,9] chegaralarini tavsiflovchi baholash usuli taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan hududlarda kambagʻallik darajasining dinamikasini aniqlash hamda kambagʻal aholining balansini shakllantirishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 01/00-03/28-6099-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston 2030” Strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘gʻrisida”gi PF-37-sonli Farmoni 1-ilovasining 27-maqsad 76-bandi ijrosini ta’minlashga imkon yaratilgan.
Hududlarda Random Effecs modeli asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandlik darajasini oshirish va mehnatga haq to‘lash hamda pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini oshirishning kambagʻallikni qisqartirishdagi ijobiy ta’siri bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 01/00-03/28-6099-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik natijasi asosida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 1 foizga oshirish orqali hududlarda kambagʻallik darajasi 0,26 foizga qisqarishi, aholi bandlik darajasini 1 foizga oshirish orqali hududlarda kambagʻallik darajasi 0,24 foizga qisqarishi, mehnatga haq to‘lashning hamda pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini 1 foizga oshirish orqali hududlarda kambagʻallik darajasini mos ravishda 0,04 hamda 0,21 foizlarga qisqarishi asoslangan hamda kambagʻallik darajasini qisqartirish bo‘yicha strategik dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan.
O‘zbekistonda ehtiyojmand aholining ijtimoiy nafaqa qamrovi va o‘rtacha nafaqa miqdorini oshirish orqali kambagʻallikni qisqartirish mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘gʻrisida”gi PF-37-sonli Farmoni 1-ilovasining 52-bandi ijrosini ta’minlash uchun foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 01/00-03/28-6099-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy qilinishi orqali O‘zbekistonda ehtiyojmand aholining ijtimoiy nafaqa qamrovini va o‘rtacha nafaqa miqdorini o‘n foizga oshirish orqali hududlarda kambagʻallik darajasini 2,16 foizga qisqarishi asoslandi hamda mahalladagi har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini to‘liq ijtimoiy himoya qilish tizimi orqali qamrab olishni ta’minlashga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha kambag‘allik darajasi o‘zgarishini fiskal instrumentlar ta’siri asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p omilli solishtirma prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 01/00-03/28-6099-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik natijasida 2030-yilga qadar O‘zbekistonda 95 foizlik ishonchlilik darajasida kambag‘allik darajasi  optimal prognozga ko‘ra 5,26 foizni tashkil qilishi aniqlandi va ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish dasturining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish