Abduqaxorov Ulug‘bek Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1583. Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent iqtisodiyot unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent iqtisodiyot unversiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shaxri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy tarbiya va sport sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va ularning mahoratini oshirish, ular orasidan mamlakat terma jamoalarining sifatli sport zahirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratish maqsadida xorij tajribalarini o‘rgangan holda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan markazlarni tashkil etish taklif etilgan;
davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning natijadorligini ta’minlash maqsadida sport maktablaridagi guruhlar kontingentini asosan olimpiya va paralimpiya sport turilari bo‘yicha shakllantirish hamda sport maktabining ayrim xodimlari va trenerlariga to‘lanadigan ustamalarni olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha tasniflash taklif etilgan;
sport sohasini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, inson omilini yanada qisqartirish hamda trenerlarga to‘lanayotgan ustamalarni natijadorligini ta’minlash maqsadida yagona elektron platformani joriy etish taklif etilgan.
nodavlat sport muassasasi tomonidan jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va ularning mahoratini oshirish, ular orasidan mamlakat terma jamoalarining sifatli sport zahirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratish maqsadida xorij tajribalarini o‘rgangan holda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan markazlarni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 dekabrdagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 731-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/28-32/107-son ma’lumotnomasi). Natijada, 15 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil qilindi;
davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning natijadorligini ta’minlash maqsadida sport maktablaridagi guruhlar kontingentini asosan olimpiya va paralimpiya sport turilari bo‘yicha shakllantirish hamda sport maktabining ayrim xodimlari va trenerlariga to‘lanadigan ustamalarni olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha tasniflash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyundagi “Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-268-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/28-32/107 -son ma’lumotnomasi). Natijada, sport maktablari kontingenti faqat Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha shakllantiriladi. Bunda har bir sport maktabi va ixtisoslashtirilgan sport maktabiga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan 2 ta noolimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashga ruxsat berilishiga erishildi;
sport sohasini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, inson omilini yanada qisqartirish hamda trenerlarga to‘lanayotgan ustamalarni natijadorligini ta’minlash maqsadida yagona elektron platformani joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/28-32/107-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali 157 ta sport turi, 32 mingdan ortiq sport sohadagi xodimlar, 3 mingdan ortiq hakamlar faoliyati va 15 ta davlat xizmatlari raqamlashtirildi. Shuningdek, 369 ta sport muassasalari elektron ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda ushbu muassasalarda 45 126 ta sport guruhlari shakllantirildi. Shakllantirilgan sport guruhlariga 550 081 nafar (shundan 390 982 nafari asosiy, 159 099 nafari zaxira) sportchilar hamda 16 245 nafar trenerlar elektron tazda biriktirildi;
nodavlat sport muassasasi tomonidan jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 iyuldagi “Nodavlat sport-ta’lim muassasalarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-302-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/28-32/107 -son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat sport-ta’lim muassasalari Soliq kodeksiga asosan ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanishga erishildi.