San’atbekov Sarvarbek San’atbek o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Umumovqatlanish xizmatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” (tez ovqatlanish korxonalari misolida), 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.1.PhD/Iqt3715
Ilmiy rahbar: Nurımbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat  ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatulla Norbutaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalmuratov Kuanısh Polatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumovqatlanish xizmatlari bozori tez ovqatlanish korxonalari sektorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy ovqatlanish xizmatlari bozori rivojlanish qoidalari va beqaror haroitlarda tez ovqat korxonalarining ishlashi usuli ustida “tez ovqat korxonasi” hamda “tez ovqat tizimlari” tushunshalariga mualliflik tavsifi tayyorlangan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari bozori, uydan tashqarida ovqatlanish tizimining roli va tez ovqatlanish korxonalarining rivojlanishi tendensiyalari aniqlangan holda mahalliy va xorijiy tajribalarni ilmiy umumlashtirishdan kelib shiqqan; tez ovqatlanish korxonalarini joylashtirish va tasniflash tamoyillari͏ asoslangan;
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tez ovqatlanish korxonalarining faoliyati sotsiologik so‘rovnomalar asosida baholangan va joylashishini tanlash ushun mezon sifatida ishlatiladigan indikativ ko‘rsatkishlar taklif qilingan hamda hisoblab shiqilgan;
Xorazm viloyati umumovqatlanish xizmatlari bozorining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan rrognoz ko‘rsatkishlari hisoblangan va sohada tez ovqatlanish korxonalarini tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab shiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumovqatlanish xizmatlari bozori tez ovqatlanish korxonalari sektorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumovqatlanish xizmatlari bozorini rivojlanish tamoyillari va beqaror bozor sharoitlarida tez ovqatlanish korxonalarining ishlash mexanizmlari, "tez ovqatlanish korxonasi" va "tez ovqatlanish tizimlari" tushunchalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ta’riflar va nazariy-uslubiy materiallardan Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Tadbirkorlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2023 yil 26 iyundagi 91-sonli buyrugʻiga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada umumovqatlanish sohasi iqtisodiyotining, xususan, tez ovqatlanish korxonalarining nazariy-uslubiy, tashkiliy-huquqiy asoslari yanada boyitilgan.
umumovqatlanish xizmatlari bozori rivojlanish tendensiyalari asoslangani holda tez ovqatlanish korxonalari tizimi taraqqiyotining hozirgi holati SWOT tahlil qilingan hamda, soha sub’ektlari samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, tez ovqatlanish korxonalarini joylashtirish, tasniflashning uslubiy tamoyillari bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo–sanoat Palatasining 2024-yil 5-avgustdagi 07-34-13250 son dalolatnomasi). Natijada umumovqatlanish xizmatlari bozori tez ovqatlanish korxonalari sektori sub’ektlarining optimal joylashtirish, faoliyati samaradorligi yanada oshirish imkoniyati yaratildi.
Xorazm viloyati umumovqatlanish sohasidagi tez ovqatlanish korxonalarining faoliyatini sotsiologik anketa so‘rovnomalari asosida baholash, joylashishini tanlash uchun asos sifatida foydalaniladigan ishlab chiqilgan bir qator ko‘rsatkichlar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo–sanoat Palatasining 2024-yil 5-avgustdagi 07-34-13250 son dalolatnomasi). Natijada, tez ovqatlanish korxonalar faoliyatidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan hamda tez ovqatlanish korxonalar faoliyatini to‘laqonli baholash imkoniyati yaratilgan.
    Xorazm viloyati umumovqatlanish xizmatlari bozorining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va sohada tez ovqatlanish korxonalarini tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo–sanoat Palatasining 2024-yil 5-avgustdagi 07-34-13250 son dalolatnomasi). Ko‘p variantli qiyosiy prognoz natijalariga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan umumovqatlanish subektlari sonini 2,3 martaga, faoliyat ko‘rsatayotganlar sonini 2,2 martaga oshishi asoslanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish