Xolmamat Rashidovich Raupovning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoatining shakllanishi va taraqqiyoti (1943–2024-yy)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.4.DSc/Tar145
Ilmiy maslahatchi: Qahramon Kenjaevich Rajabov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Shuhrat Ergashevich Ergashev, tarix fanlari doktori, professor; Baxtiyor Ergashevich Ergashev, tarix fanlar doktori, professor; Baxtiyor Maxmudjonovich Rasulov, tarix fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1943–2024-yillarda O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoatining shakllanishi va taraqqiyot tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘tgan asrda o‘lkada kon metallurgiya sohasining faoliyati xususiy jihatdan to‘rt bosqichga, 1940-1950-yillar konchilik tarmog‘ining sanoat korxonalariga aylanishi, 1950-60-yillar oxiri qimmatbaho va rangli ma’danlarni qayta ishlaydigan korxonalarga asos solinishi, 1970-80-yillar kon-metallurgiya sohasida kombinatlarining davri, 1980-90-yillar sohani iqtisodiy qiyinchiliklar girdobida qolishi, rahbar kadrlarni markazdan yo‘riqnoma bilan kelishi kabi qismlardan iborat ekanligi asoslangan;
O‘lkadagi kon-metallurgiya konlari zaxirasi sanoat korxonalari xom-ashyosi uchun emas, ko‘proq strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan harbiy va atom sanoatiga ixtisoslashgani hamda bunday xomashyo o‘lkadagi 20 dan ortiq uran, oltin va mis konlari, 6 ta gidrometallurgiya, mis boyitish, metall eritish zavodlari bo‘lgan 3 ta kon-metallurgiya kombinatlarida ishlab chiqarilganligi dalillangan;
kon-metallurgiya sanoati shakllanishida turli respublikalardan kadrlar jalb qilinishi ijtimoiy oqibatlarga olib kelgani (tabaqalashgan ish haqini yaratilishi, milliy kadrlar sinfini tayyorlash ishlaridagi uzilishlar, boshqaruvdagi bir yoqlama yondashuv), inson omilini hisobga olmagan holda shaharlarda atrof-muhit ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani dalillangan;
kon-metallurgiya sanoatiga ixtisoslashgan korxonalarning to‘la quvvatda ishlashi natijasida sanoat shaharlarida (Bekobod, Uchquduq, Navoiy, Olmaliq) ekologik xavf ortib ketganligi (havoni oltingugurt gazi, azot oksidlari, uglerodlar  bilan ifloslanishi, uran chiqindilarning rekul`tivatsiya qilinmasligi) hamda aholi orasida nafas yo‘li va onkologik kabi kasalliklarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘lgani dalillangan;
O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoati korxonalari faoliyatida katta sifat o‘zgarishlar (zamonaviy texnologiyalarni joriy etilishi, malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratilishi) yuz berganligi, modernizatsiya va transformatsiya qilish jarayonlari (innovatsion texnologiyalarni joriy etilishi, xalqaro moliya bozorlariga chiqilishi, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlar asosida e’lon qilinishi) hamda boshqaruvning zamonaviy shakllari joriy etilishi natijasida qimmatbaho va rangli metallar ishlab chiqarish hajmi ko‘payishiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoati korxonalari − Olmaliq, Navoiy kon-metallurgiya va O‘zbekiston metallurgiya kombinatlarining tashkil etilish tarixi, ularning rivojlanish bosqichlaridagi muammo va yutuqlar, keyingi yillarda amalga oshirilgan investision loyihalarning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekistonda kon-metallurgiya tarixi”, “Yangilanayotgan O‘zbekiston: Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yangi tarixi” nomli monografiyalarni tayyorlashda foydalanilgan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 24-2458-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonda sanoat korxonalarining rivojlanish tarixi bilan bir qatorda tarmoq taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan davlat arboblari, taniqli olim va korxona rahbarlari faoliyatini hamda mazkur soha tarixini yanada kengroq o‘rganishga imkon beradi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarixi va istiqbollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar NKMKning 2021-yildagi “Barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisoboti”da (https://www.ngmk.uz”) foydalanilgan. O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoati tarixini o‘rganish va targ‘ib qilish yuzasidan bildirilgan taklif asosida “O‘zbekistonda kon-metallurgiya tarixi”, “Istoriya gornoy metallurgii Uzbekistana” nomli kitoblar korxonalar va oliy o‘quv yurtlariga tarqatildi (“NKMT” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 31-avgustdagi 23/01-07/422-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur adabiyotlar kon-metallurgiya sanoati korxonalari tarixiga qiziquvchilar, soha vakillari va oliy o‘quv yurtlari talabalarining kon-metallurgiya sanoati rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qiladi.
Qizilqum sahrosida uran va oltin konlarining topilishi, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining tashkil etilishi, korxonaning keyingi yillaridagi taraqqiyoti haqidagi materiallar asosida “Navoiy viloyati tarixi va madaniyati” davlat muzeyida kombinat tarixi va faoliyati aks ettirilgan bo‘lim tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 21-sentyabrdagi 02-06/3363-sonli ma’lumotnomasi). Bo‘limdagi eksponatlar muzeyga tashrif buyuruvchilarning Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi ravnaqi to‘g‘risidagi tasavvurlarni boyitishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, korxonalarni kadrlar bilan ta’minlashdagi bir tomonlama yondashuvlar hamda mustaqillik yillarida respublikada kon-metallurgiya sanoati uchun malakali mahalliy kadrlar tayyorlash borasida olib borilgan ijobiy ishlar va uning natijalariga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 8-avgustda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 8 avgustdagi 02-31-1189-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoatining shakllanishi, yangi konlarning ochilishi, sanoat korxonalarining tashkil etilishi va ularni kadrlar bilan ta’minlash borasidagi ilmiy ma’lumotlar ilk marotaba omma e’tiboriga havola etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish