Axmadjonov Baxromjon Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda kasaba uyushmalari faoliyati tarixi (1991–2021-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar947.
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdulla Nuriddinovich, tarix fanlari doktori, professori; Xoshimov Soibjon Abdurazzoqovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasidagi kasaba uyushmalari faoliyatining davlat va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni, ishchi, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilinishini yaxlit tarzda ilmiy tahlil qilib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab jamoat tashkilotlari hisoblangan kasaba uyushmalarining asosan fuqarolar manfaatlari uchun xizmat qilishga yo‘naltirilganligi, ularning aholi ehtiyojlarini ta’minlashga muntazam ko‘mak berganligi, ishchi, hodimlarning ijtimoiy haq-huquqlarini doimiy tarzda himoya qilganligi, ularning faoliyati demokratik tamoyillar asosida qaror topganligi asoslab berilgan;
O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining faoliyatiga tarixiylik nuqtayi nazaridan baho berilib, ularning modernizatsion faoliyati to‘rt bosqichga bo‘linganligi, birinchi bosqich (1991–1996-yillar)da tashkilotlar o‘zining mustaqil maqomini qo‘lga kiritganligi, ikkinchi bosqich (1996–2010-yillar)da mamlakat taraqqiyoti bilan bog‘liq ba’zi muammolarni hal qilishga ko‘maklashganligi, uchinchi bosqich (2010–2016-yillar)da “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi”ning jamiyatni tubdan o‘zgartirishga ta’sir qilganligi va aholini ijtimoiy himoyalashda yangi bosqich kuzatilgani, to‘rtinchi bosqich (2017–2021-yillar)da “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” shiori ommalashganligi tahlil qilingan;
Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasining aholi qatlamlari, ishchi xodimlarni salomatligini tiklash maqsadida jismoniy tarbiya, ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqqanligi, uning korxona, tashkilot, muassasalarda targ‘ib etilishi, turli sport musobaqalarni muntazam tashkil qilinishi natijasida ishchi, hodimlarning salomatligi mustahkamlanib, mehnat samaradorligini ortishiga ta’sir ko‘rsatganligi ochiqlangan;
O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarining himoya qilinishi, gender tengligini joylarda to‘liq amalda bolishi, barcha korxona, tashkilot, muassasalardagi jamoa shartnomalarida ayollarga xavfsiz mehnat, munosib tarzda haq to‘lanishi, dam olish sharoitlarining yaratilishi, qo‘shimcha imtiyozlar berilishi, huquqiy madaniyatlarini oshirishga va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarda ishtirok etishiga qulay imkoniyatlarni kengaytirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2021-yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyati tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
mamlakatda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab jamoat tashkilotlari hisoblangan kasaba uyushmalarining asosan fuqarolar manfaatlari uchun xizmat qilishga yo‘naltirilganligi, ularning aholi ehtiyojlarini ta’minlashga muntazam ko‘mak berganligi, ishchi, hodimlarning ijtimoiy haq-huquqlarini doimiy tarzda himoya qilganligi, ularning faoliyati demokratik tamoyillar asosida qaror topganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2023-yil 13-noyabrdagi 02-31-1697-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuv teletomoshabinlarida kasaba uyushmalarining fuqarolar manfaatlari uchun xizmat qilishga yo‘naltirilganligi, ularning shchi, hodimlarning ijtimoiy haq-huquqlarini doimiy tarzda himoya qilishiga doir tasavvurlarini yanada boyitishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining faoliyatiga tarixiylik nuqtayi nazaridan baho berilib, ularning modernizatsion faoliyati to‘rt bosqichga bo‘linganligi, birinchi bosqich (1991–1996-yillar)da tashkilotlar o‘zining mustaqil maqomini qo‘lga kiritganligi, ikkinchi bosqich (1996–2010-yillar)da mamlakat taraqqiyoti bilan bog‘liq ba’zi muammolarni hal qilishga ko‘maklashganligi, uchinchi bosqich (2010–2016-yillar)da “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi”ning jamiyatni tubdan o‘zgartirishga ta’sir qilganligi va aholini ijtimoiy himoyalashda yangi bosqich kuzatilgani, to‘rtinchi bosqich (2017–2021-yillar)da “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” shiori ommalashganligiga doir bo‘lgan tadqiqot xulosalaridan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi”ning Andijon viloyat kengashi joriy arxivining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari” deb nomlangan fondini birlamchi manbalar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2024-yil 24-yanvardagi ISh-03/120-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasaba uyushmalarining xodimlar faoliyatini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishga oid birlamchi materiallar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat kengashining yillik hisobotlarini to‘ldirishga hamda uni yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasining aholi qatlamlari, ishchi xodimlarni salomatligini tiklash maqsadida jismoniy tarbiya, ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqqanligi, uning korxona, tashkilot, muassasalarda targ‘ib etilishi, turli sport musobaqalarni muntazam tashkil qilinishi natijasida ishchi, hodimlarning salomatligi mustahkamlanib, mehnat samaradorligini ortishiga ta’sir ko‘rsatganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2023-yil 13-noyabrdagi 02-31-1697-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarda kasaba uyushmalari faoliyatiga oid bilim va tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarining himoya qilinishi, gender tengligini joylarda to‘liq amalda bolishi, barcha korxona, tashkilot, muassasalardagi jamoa shartnomalarida ayollarga xavfsiz mehnat, munosib tarzda haq to‘lanishi, dam olish sharoitlarining yaratilishi, qo‘shimcha imtiyozlar berilishi, huquqiy madaniyatlarini oshirishga va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarda ishtirok etishiga qulay imkoniyatlarni kengaytirilganligiga doir xulosalaridan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi”ning Andijon viloyat kengashi joriy arxivining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari” deb nomlangan fondini birlamchi manbalar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2024-yil 24-yanvardagi ISh-03/120-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyat kengashi joriy arxivining yangi ilmiy materiallar bilan to‘ldirilishi va boyitilishiga xizmat qilgan.