Xo‘jaxonov Islomxo‘ja Abdulloxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion metodlari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal770
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Tuychiev Berdikul Turakulovich, falsafa fanlari doktori, professor;
  Rasmiy opponentlar: Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatyusupov Bunyod, falsafa doktori (PhD), dotsent.
  Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishning innovatsion metodlarini takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“huquqiy ong” va “huquqiy madaniyat” tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy mazmuni; empirik va nazariy jihatlarining o‘zaro bog‘liqligi, sotsiologik so‘rovnomalar natijalarining o‘ziga xos sotsiodinamikasi ilmiy asoslab berilgan;
yoshlar huquqiy ongining ijtimoiy ong tizimida tutgan o‘rni, uning falsafiy – dunyoqarash, ijtimoiy borliqni anglash; siyosiy – ong va ko‘nikma; axloqiy – urf-odat, anʼana, milliy qadriyatlar; diniy – bag‘rikenglik, konfessiyalar aro totuvlik kabi ong shakllari bilan uzviy bog‘liqligining dialektik xarakteri aniqlangan;
huquqiy dunyoqarashning real ijtimoiy amaliyotda: ta’lim va nodavlat-notijorat tashkilotlari tuzilmalarida namoyon bo‘lishining konseptual jihatlari ochib berilgan;
yoshlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion metodlari, huquqiy ongning rivojlanishida, maqsadli va tizimlilik tamoyillarining o‘rni va ahamiyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion metodlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining amaliyotda joriy qilinganligi:
“Huquqiy ong” va “huquqiy madaniyat” tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy mazmuni va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligiga doir taklif va tavsiyalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 27-fevraldagi 04-36-300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Yosh teletomoshabinlarni huquqiy ongini oshirish, butun jamiyatning mustahkamligini ta’minlashga, demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan;
yoshlar huquqiy ongining ijtimoiy ong tizimida o‘rni va uning shakllari bilan uzviy bog‘liqligining o‘ziga xos xususiyatlariga oid takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari”ning 13-bandi “Yangi O‘zbekiston orzusi” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanildi. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 27-fevraldagi, 01/22-221-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan demokratik islohotlar borasidagi bilimlari kengayishiga, yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlanishiga xizmat qilgan;
yangilanayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy institutlar tizimida yoshlar huquqiy madaniyatining nazariy va amaliy bosqichlarining huquqiy va siyosiy ongni yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy jihatlari tahlil etilib, yoshlarning huquqiy dunyoqarashining real ijtimoiy amaliyotda namoyon bo‘lishiga doir fikrlaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylov oldi dasturining "Huquqiy davlat qurish – pirovard maqsadimiz" bandidagi “Rivojlanishdagi ijtimoiy ustuvorlik – partiya siyosiy pozisiyasining asosi” qismidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda foydalanildi. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 28 iyundagi 4-257-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatda fuqarolik jamiyatini qurish, demokratik davlatni barpo etishda, adolatli jamiyat muhitini yanada rivojlantirish va unda partiyaning safi kengayib, siyosiy rolini yanada mustahkamlashga yordam beradi;
O‘zbekiston yoshlari huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish innovatsion metodlarining o‘rni va ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligini 2023-yil ikkinchi yarim yillik Ish rejasining II bob “Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish” yo‘nalishining 22, 23, 24, 30-bandlari ijrosi doirasidagi “Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlar va bolalar huquqlarini mustahkamlash” hamda “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning muhim masalalari” mavzusida tadbirlar tashkil etishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 1-martdagi 1-08-21-782-sonli dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududlaridagi yoshlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, ularning dunyoqarashida milliy qonunchiligimizga hurmat va vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish