Nasretdinova Farangis Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):   «Mintaqada iјtimoiy xizmatlar ѕamaradorligini oѕhiriѕhning aѕoѕiy yo’naliѕhlari», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4212.
Ilmiy rahbar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Farxod Ozodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va salohiyatini takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy tadbirkorlikning davlat ijtimoiy siyosatini shakllantirishdagi ahamiyati “asosiy (50,8%)”, “yordamchi (45,0%)” va “kam ahamiyatli (4,2%)” kabi ijtimoiy mezonlar asosida qiyosiy baholangan;
mintaqa ijtimoiy xizmatlar salohiyatini belgilovchi ijtimoiy va iqtisodiy integral parametrlar hududlar kesimida tahlil qilinib, markaziy hudud “rivojlangan (232 ball)”, shimoliy hudud “o‘rtacha rivojlangan (370 ball)” hamda janubiy hudud “kam rivojlangan (399 ball)” mikrozonalari asoslangan hamda shular negizida ushbu hududlarning xaritasi yaratilgan;
miqdoriy tadqiqotlar asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarni moliyalashtirishda davlat sektorining ulushi 79 %, xususiy sektor ulushi 9,7 %, o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish 3,9 %, DXSh ulushi 1,9 % va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish 5,5 % bo‘lishi aniqlangan;
mintaqadagi ijtimoiy xizmatlarning jami xizmatlar sohasidagi ulushi va unga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2028-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli va ko‘p omilli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy tadbirkorlikning davlat ijtimoiy siyosatini shakllantirishdagi ahamiyati “asosiy (50,8%)”, “yordamchi (45,0%)” va “kam ahamiyatli (4,2%)” kabi ijtimoiy mezonlar asosida qiyosiy baholash bo‘yicha takliflar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Xorazm viloyati tuman va shaharlar bo‘limlari faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 07-4/5972-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mintaqa ijtimoiy xizmatlarini hududlar kesimida rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish imkoniyatini yaratgan;
mintaqa ijtimoiy xizmatlar salohiyatini belgilovchi ijtimoiy-iqtisodiy integral parametrlari hududlar kesimida tahlil qilinishi natijasida mintaqa hududlarini rivojlanish darajalariga ko‘ra mikrozonalarga (markaziy hudud “rivojlangan (232 ball)”, shimoliy hudud “o‘rtacha rivojlangan (370 ball)” va janubiy hudud “kam rivojlangan (399 ball)”) ajratish hamda shular negizida ushbu hududlarning xaritasini yaratish bo‘yicha takliflar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Xorazm viloyati tuman va shaharlar bo‘limlari faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 07-4/5972-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish Xorazm viloyatida ijtimoiy xizmatlarning hududlar kesimidagi nomutanosib rivojlanishini aniqlash va har bir hududda ijtimoiy xizmat shakllarining (“ijtimoiy daftarlar”) o‘rni va ahamiyatini belgilab olishga xizmat qilgan;
miqdoriy tadqiqotlar asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarni moliyalashtirishda davlat sektorining ulushi 79 %, xususiy sektor ulushi 9,7 %, o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish 3,9 %, DXSh ulushi 1,9 % va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish 5,5 % bo‘lishi asoslanganligiga oid takliflar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Xorazm viloyati tuman va shaharlar bo‘limlari faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 07-4/5972-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan mintaqa va uning hududlarida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bu orqali davlat va xususiy sherikchilikni faollashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olishda foydalanilgan;
ijtimoiy va iqtisodiy parametrlar yordamida ishlab chiqilgan mintaqa ijtimoiy xizmatlar hajmining ko‘p omilli ekonometrik modellari va shular asosida olingan o‘rta muddatga bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari natijalariga oid takliflar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Xorazm viloyati tuman va shaharlar bo‘limlari faoliyati amaliyotiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligi Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 07-4/5972-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari asosida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hajmining istiqboldagi qiymatlari va unga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ulushlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish