Xodjaev Olimxon Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal252
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: To‘raev Shavkat Nishonovich falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, Qo‘chqorov Vahob Hoshimovich siyosiy fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jamiyat taraqqiyotida ratsional va irratsional axborotlashuv hurujlari va madaniy unifkatsiyalash jarayonlarining g‘oyaviy-mafkuraviy rivojlanish tendensiyalariga ta’sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda g‘oya va mafkuraning ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligida funksional ahamiyatini oshirish, ijtimoiy ongning ratsional dinamikasining praksiologiyasida g‘oyaviy jarayonlar rivojlanish tendensiyalari ijtimoiy makonda shaxs o‘z-o‘zini anglashining identiv holati bilan dialektik aloqadorligi ochib berilgan;
ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlardagi axborot neokolonializmi, madaniy imperializm va gegemoniya kabi tendensiyalar ijtimoiy aspektda shaxsda mafkuraviy immunitetning paradigmatik asoslarini immanent xususiyatlarini mustahkamlash milliy ideosferaning ijtimoiy-ma’naviy extiyoji ekanligi falsafiy asoslangan;
jamiyat yaxlitligini ta’minlashda birlashuv ehtiyojining refleksiv zaruriyati, g‘oyaviy-mafkuraviy intensivlashish jarayonlarida milliy g‘oya, tarixiy xotira, xalq ruhi, milliy o‘zlikni anglash tushunchalarining o‘zaro dialektik aloqadorligini g‘oyaviy birlashuv ehtiyoji asosida ta’minlash, jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantiruvchi hamda mafkuraviy tahdidlardan himoyalovchi substrat ekanligi aniqlangan;
global mafkuralashgan dunyoda aksiologik begonalashuv xodisalari, g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasida ijtimoiy faollik va ijtimoiy kommunikatsiya omillari plyurial ideosferani birlashtirish zaruriyati jamiyatda ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi aksiomatik determinant bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganishga doir ilmiy muammolar tizimini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish asosida:
jamiyatda g‘oya va mafkuraning ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligida funksional ahamiyatini oshirish ijtimoiy ongning ratsional dinamikasi rivojoantirishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekison Respublikasi Ichki ishlar vazirligida 2021 - yil 2 - apreldagi PQ-5050-son  qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” konsepsiyasi ijrosini ta’minlashda, 2022 - yil 3-avgustdagi “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Vatanparvarlik oyligi”da hamda 2023 - yil 11- aprel kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida” gi farmoyishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024 – yil 15-iyuldagi 2/1795-son ma’lumotnomasi).Natijada, yosh xodimlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va isteʼdodlarni kashf etishga qaratilgan tanlov va musobaqalar nizomlarini ishlab chiqishga praksiologik va kommunakativ faoliyatda g‘oyaviy jarayonlar rivojlanish tendensiyalari ijtimoiy makonda shaxs o‘z-o‘zini anglashining identiv holati bilan dialektik aloqadorligini ochib berishga  xizmat qilgan;
ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlardagi axborot neokolonializmi, madaniy imperializm va gegemoniya kabi tendensiyalarini oldini olishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 4-yanvardagi 02-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantiruvchi hamda mafkuraviy tahdidlardan himoyalovchi falsafiy substratlarni, ijtimoiy aspektda shaxsda mafkuraviy immunitetning  paradigmatik asoslarini immanent xususiyatlarini mustahkamlash milliy ideosferaning ijtimoiy-ma’naviy extiyoji ekanligi asoslashga xizmat qilgan.
jamiyat yaxlitligini ta’minlashda birlashuv ehtiyojining refleksiv zaruriyati, g‘oyaviy-mafkuraviy intensivlashish jarayonlarida milliy g‘oya, tarixiy xotira, xalq ruhi, milliy o‘zlikni anglash tushunchalarining o‘zaro dialektik aloqadorligiga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekison Respublikasi Ichki ishlar vazirligida 2021 - yil 2 - apreldagi PQ-5050-son  qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” konsepsiyasi ijrosini ta’minlashda, 2022 - yil 3-avgustdagi “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Vatanparvarlik oyligi”da hamda 2023 - yil 11- aprel kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida” gi farmoyishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024 – yil 15-iyuldagi 2/1795-son ma’lumotnomasi).Natijada, g‘oyaviy birlashuv ehtiyoji asosida  jamiyatni birlashtirish hamda ma’rifatli avlodni  tarbiyalash, mafkuraviy tahdidlardan himoyalovchi falsafiy substratlarni ochib xizmat qilgan;
global mafkuralashgan dunyoda aksiologik begonalashuv xodisalari, g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasida plyurial ideosferani birlashtirish zaruriyati sifatida kishilarda  ijtimoiy faollik va ijtimoiy kommunikatsiya omillarining uyg‘unligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi “VI. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustivor yo‘nalishlar”da keltirilgan vazifalarni amalga oshirishda, partiya faoliyatida tizimdagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2024-yil 9-iyuldagi 02/02-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy g‘oyaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashdagi muhim omillari va jamiyatda ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi aksiomatik paradigmalarni ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish