Jumaev Xushboq Soatmumin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarida mnemik jarayonlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) (pedagogika fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2023.4.PhD/Ped6069.
Ilmiy rahbar: Shabbazova Dilfuza Ruzikulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar:  Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshmuminov Asqar Allamurodovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1-2 sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda mnemik jarayonlarni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilardagi mnemik jarayonlarining psixologik-pedagogik xususiyatlari shaxs psixologik holati bilan bog‘liq bo‘lgan harakat, emotsional, so‘z-mantiqiy va obrazli xotira kabi mnemik jarayon turlarining ma’lumotlarni qabul qilish va taassurotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan  psixik jarayonlar bilan bog‘liqligiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
ona tili fanini o‘qitish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mnemik jarayonlarni rivojlantirishning pedagogik modeli natijaviy-baholash komponenti mazmunini mnemik faoliyat funksiyalarini tayyorlov, metodik, kognitiv, ijodiy bosqichlari bilan fanlararo diskursiv jihatdan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mnemik jarayonlarini rivojlantirish integrativ dasturi ona tili darslari o‘quv materiallari mazmuni shaxs mnemik jarayonlarining tasavvur, xotira, irodaviy sifatlar hamda hayol kabi  psixologik komponentlarini remenession va mantiqiy mnemik topshiriqlar orqali rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarining o‘quvchilar mnemik jarayonlarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari boshlang‘ich ta’lim mazmuniga o‘quvchilar tafakkuridagi kenglik va tanqidiylik sifatlarni variativ yondashuvdagi kognitiv va lingvistik o‘quv materiallari bilan muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida mnemik jarayonlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilardagi mnemik jarayonlarining psixologik-pedagogik xususiyatlari shaxs psixologik holati bilan bog‘liq bo‘lgan harakat, emotsional, so‘z-mantiqiy va obrazli xotira kabi mnemik jarayon turlarining ma’lumotlarni qabul qilish va taassurotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan  psixik jarayonlar bilan bog‘liqligiga ko‘ra aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan “Savodxonlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan 2024 yil 11 oktyabrda berilgan 01/11-1-806-son ma’lumotnoma). Natijada, savodxonlik darslarini tashkil etish jarayonining metodik ta’minoti takomillashtirilishiga erishilgan;
ona tili fanini o‘qitish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mnemik jarayonlarni rivojlantirishning pedagogik modeli natijaviy-baholash komponenti mazmunini mnemik faoliyat funksiyalarini tayyorlov, metodik, kognitiv, ijodiy bosqichlari bilan fanlararo diskursiv jihatdan integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish”ni yaratish bo‘yicha amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 oktyabrdagi 2/17-07/10-345-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot texnologiyalardan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf ona tili darslari samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengaygan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mnemik jarayonlarini rivojlantirish integrativ dasturi ona tili darslari o‘quv materiallari mazmuni shaxs mnemik jarayonlarining tasavvur, xotira, irodaviy sifatlar hamda hayol kabi  psixologik komponentlarini remenession va mantiqiy mnemik topshiriqlar orqali rivojlantirish asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DMda efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 8-oktyabrdagi 04-36-1100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar mnemik jarayonlarini rivojlantirishga doir metodikaning takomillashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish