Xo‘jaqulov Behzod Abdusattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruvni takomillashtirish”, 13.00.07 -Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7303.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti, PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Abduhalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Temirov Dilshod Sheralievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruvning pedagogik imkoniyatlari umumiy o‘rta ta’lim jarayonlarining tizimga xos xususiyatlari hamda pedagogik tizim komponentlarini ko‘rib chiqish, umumiy o‘rta ta’lim jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarini asoslash, tashqi muhit ta’sirini o‘rganish, funksional vazifalarni va strategik boshqarish jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruv jarayonlari strategik rejalar tizimini ishlab chiqish, boshqaruv jarayonlarining uzviy bogʻliqligini va uzlyuksizligini ta’minlash, strategik maqsadni amalga oshirish jarayonlarining tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, integrativ tabiatiga mos rivojlantiruvchi strategiyalarni tanlash hamda strategik yondashuvlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimini strategik boshqarishning amaliy ahamiyati subektlarning boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, yangi sharoitlarga moslashtirish, ta’lim subektlari faoliyatini alohida rejalashtirish, yangi strategik rejalarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha strategik taktikani tanlash, subektlarning o‘zaro munosabatlariga asoslangan strategik dasturlarni shakllantirish, strategiyani tanlash texnikasi orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimini strategik boshqarish mexanizmi strukturaviy yondashuvi va tizimli yondashuvni qo‘llash, umumiy o‘rta ta’lim jarayonlari integratsiyasini ta’minlashda uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni, mavjud ziddiyatlarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini oldindan aniqlash hamda strategik rejalashtirish asosida ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirishda strategik yondashuvlari va ularning o‘zi ga xos xususiyatlarini inobatga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruvni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruvning pedagogik imkoniyatlari umumiy o‘rta ta’lim jarayonlarining tizimga xos xususiyatlari hamda pedagogik tizim komponentlarini ko‘rib chiqish, umumiy o‘rta ta’lim jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarini asoslash, tashqi muhit ta’sirini o‘rganish, funksional vazifalarni va strategik boshqarish jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Strategik menejment va strategik marketing” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-maydagi 11-05-2796/04-son dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruvning pedagogik imkoniyati kengaytirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruv jarayonlari strategik rejalar tizimini ishlab chiqish, boshqaruv jarayonlarining uzviy bogʻliqligini va uzlyuksizligini ta’minlash, strategik maqsadni amalga oshirish jarayonlarining tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, integrativ tabiatiga mos rivojlantiruvchi strategiyalarni tanlash hamda strategik yondashuvlarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-maydagi 11-05-2796/04-son dalolatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida strategik boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimini strategik boshqarishning amaliy ahamiyati subektlarning boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, yangi sharoitlarga moslashtirish, ta’lim subektlari faoliyatini alohida rejalashtirish, yangi strategik rejalarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha strategik taktikani tanlash, subektlarning o‘zaro munosabatlariga asoslangan strategik dasturlarni shakllantirish, strategiyani tanlash texnikasi orqali takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Strategik menejment va strategik marketing” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-maydagi 11-05-2796/04-son dalolatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimini strategik boshqarishning amaliy ahamiyati ortgan.
umumiy o‘rta ta’lim tizimini strategik boshqarish mexanizmi strukturaviy yondashuvi va tizimli yondashuvni qo‘llash, umumiy o‘rta ta’lim jarayonlari integratsiyasini ta’minlashda uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni, mavjud ziddiyatlarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini oldindan aniqlash hamda strategik rejalashtirish asosida ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirishda strategik yondashuvlari va ularning o‘zi ga xos xususiyatlarini inobatga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-maydagi 11-05-2796/04-son dalolatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimini strategik boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan.