Dusmuxamedova Azizaxon Fotix-qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mezial okklyuziyali bemorlarda kompleks davolash natijalarini prognoz qilish asosida davolashni takomillashtirish» 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2502.
Ilmiy rahbar: Aripova Gavxar Erkinovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Paeng Jun Young, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya).
Yetakchi tashkilot: Tokay tibbiyot markazi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mezial okklyuziyali bemorlarda kompleks davolash natijalarini prognoz qilish asosida davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mezial okklyuziyaning skeletal shakli yuqori jag‘ o‘lchamining (A′-PNS) kichrayishi, kurak tishlarning fiziologik og‘ishi (<U1-NL), birgalikda keluvchi shakli esa yuqori jag‘ retropozisiyasi va kurak tishlarning musbat og‘ishi ko‘rsatkichlari asosida anomaliyaning guruhlanishi aniqlangan;  
mezial okklyuziyali bemorlarning yuqori jag‘ning mutloq uzunligi (PNS-ANS), pastki jag‘ning mutloq uzunligi (Go –Pg), yuzning o‘rta uchdan bir qism balandligi (N -ANS), yuzning pastki uchdan bir qism balandligi (ANS-Gn), yuqori va pastki jag‘larning holati va jag‘lararo differensiatsiyasi (SNA, SNB, ANB) kabi sefalometrik mezonlariga ko‘ra jarrohlik muolajalarning zaruriyatini bashoratlovchi kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;
mezial okklyuziyali bemorlarning pastki kesuvchi tishlarning retroklinatsiyasi va yuqori kesuvchi tishlarning kompensator proklinatsiyasi, jag‘lar bazisiga nisbatan (L1-ML) pastki kesuvchi tishlar va yuqori kesuvchi tishlarning o‘q egriliklari (U1-NL) dentoal`veolyar ko‘rsatkichlariga ko‘ra majmuaviy davolashni takomillashtiruvchi algoritmning moxiyati isbotlangan;
kompleks davolash algoritmi orqali ikki yoki uch bosqichli yondashuv muolajalar natijalarida mezial okklyuziyani davolash samaradorligining korrelyasion mosligi va umumiy davolash muddatining farqlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mezial okklyuziyali bemorlarda kompleks davolash natijalarini prognoz qilish asosida davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 15-iyuldagi 3-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: mezial okklyuziyaning skeletal shakli yuqori jag‘ o‘lchamining (A′-PNS) kichrayishi, kurak tishlarning fiziologik og‘ishi (<U1-NL), birgalikda keluvchi shakli esa yuqori jag‘ retropozisiyasi va kurak tishlarning musbat og‘ishi ko‘rsatkichlari asosida anomaliyaning guruhlanishi aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/135-son bilan tasdiqlangan “Okklyuzion anomaliyalarning gnatik shakllari uchun tashxislash bosqichlarini takomillashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti Stomatologiya ilmiy-amaliy markazning pullik xizmatlar bo‘limi klinikasining 10.04.2024-yildagi №1-A/450 sonli buyrug‘i bilan hamda Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bolalar stomatologiya poliklinikasining 30.03.2024-yildagi №42-1 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tashxislashga majmuaviy yondashish mezial okklyuziyali bemorlar va profil mutaxassislari bilan kooperatsiya holatini yaxshilash imkonini berib, shu bilan birga mutaxassislar ishining ergonomikasini oshirishda va operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olishda tibbiy-ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: mezial okklyuziyali bemorlarning majmuaviy yondashuvli tashxislashda klinik-rentgenologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini inobatga olinishi to‘g‘ri tashxislash va muvaffaqiyatli reabilitatsiya qilish, ayniqsa operatsiyadan keyingi resedivlar sonini kamaytirish imkonini beradi. Ortognatik jarroxlikdan keyingi residivlar tishlovning to‘g‘ri yoki mezial prikusga qaytishi ortodontik davo muddatini 4 oydan 12 oygacha uzayishiga olib keladi (630000 * 26 = 16380000 so‘m). Ba’zan jarrohlik operatsiyadan keyingi asoratlar sababli ham kayta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi talab etiladi (11840000 so‘m). Xulosa: Mezial okklyuziyali bemorlarning majmuaviy yondashuvli tashxislashda klinik-rentgenologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini inobatga olinishi bemorlarni aniq tashxislash imkonini beradi. Bu esa o‘tkaziladigan davolashdan keyingi olinadigan xatolik ko‘rsatkichlarini 2,52 barobarga kamaytirib, yuqori aniqlikda bajarish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mezial okklyuziyali bemorlarning yuqori jag‘ning mutloq uzunligi (PNS-ANS), pastki jag‘ning mutloq uzunligi (Go –Pg), yuzning o‘rta uchdan bir qism balandligi (N -ANS), yuzning pastki uchdan bir qism balandligi (ANS-Gn), yuqori va pastki jag‘larning holati va jag‘lararo differensiatsiyasi (SNA, SNB, ANB) kabi sefalometrik mezonlariga ko‘ra jarrohlik muolajalarning zaruriyatini bashoratlovchi kompyuter dasturi ishlab chiqilganligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/135-son bilan tasdiqlangan “Okklyuzion anomaliyalarning gnatik shakllari uchun tashxislash bosqichlarini takomillashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/136-son bilan tasdiqlangan “Mezial prikusni majmuaviy davolashni takomillashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro davlat tibbiyot instituti Stomatologiya ilmiy-amaliy markazning pullik xizmatlar bo‘limi klinikasining 10.04.2024-yildagi №1-A/450 sonli buyrug‘i bilan hamda Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bolalar stomatologiya poliklinikasining 30.03.2024-yildagi №42-1 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan davolash usullari bemorlarning davolash samaradorligini oshirib, dasturiy mahsulot yordamida hisob-kitoblarga sarflanadigan vaqt 7 barobar tejaladi. Shu bilan birga mutaxassislar ishining ergonomikasini oshirishda va operatsiyadan keyingi yuqori aniqlikka erishishda va asoratlarni oldindan prognozlash, oldini olishda tibbiy-ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning tashxislash davrini qisqartirish, qo‘llanilayotgan qo‘shimcha tekshiruvlar, sarflangan vaqt, qatnovlar soni va bir qatnov uchun ketgan vaqtlarning o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha har bir bemor uchun 6800000 so‘mga – 12700000 so‘m (jarrohlik davolash) harajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: mezial okklyuziyali bemorlarning yuqori jag‘ning mutloq uzunligi (PNS-ANS), pastki jag‘ning mutloq uzunligi (Go –Pg), yuzning o‘rta uchdan bir qism balandligi (N -ANS), yuzning pastki uchdan bir qism balandligi (ANS-Gn), yuqori va pastki jag‘larning holati va jag‘lararo differensiatsiyasi (SNA, SNB, ANB) kabi sefalometrik mezonlariga ko‘ra jarrohlik muolajalarning zaruriyatini bashoratlovchi kompyuter dasturi davolash taktikasini tanlash va davolashdan keyingi residivlar sonini 2,5 barobar kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: mezial okklyuziyali bemorlarning pastki kesuvchi tishlarning retroklinatsiyasi va yuqori kesuvchi tishlarning kompensator proklinatsiyasi, jag‘lar bazisiga nisbatan (L1-ML) pastki kesuvchi tishlar va yuqori kesuvchi tishlarning o‘q egriliklari (U1-NL) dentoal`veolyar ko‘rsatkichlariga ko‘ra majmuaviy davolashni takomillashtiruvchi algoritmning moxiyati isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/135-son bilan tasdiqlangan “Okklyuzion anomaliyalarning gnatik shakllari uchun tashxislash bosqichlarini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/136-son bilan tasdiqlangan “Mezial prikusni majmuaviy davolashni takomillashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro Davlat tibbiyot instituti Stomatologiya ilmiy-amaliy markazning pullik xizmatlar bo‘limi klinikasining 10.04.2024-yildagi №1-A/450 sonli buyrug‘i bilan hamda Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bolalar stomatologiya poliklinikasining 30.03.2024-yildagi №42-1 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ortodontik davolanishning natijasi va mumkin bo‘lgan asoratlarini jarrohlik aralashuvi zarurati bilan yoki bo‘lmasdan prognoz qilish bilan davolash va profilaktika choralarining shakllangan sxemasi asosida mezial okklyuziyali bemorlarning yuz parametrlarini tiklashga, ularning estetik holatini yaxshilashga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mezial okklyuziyali bemorlarda birlamchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish ortodontik davolash muddatini 14 oyga qisqartirish imkonini beradi (13250000 so‘m). Qayta jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga muhtojlik (11740000 so‘m) bo‘lgan holda ham iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Xulosa: mezial okklyuziyali bemorlarda taklif etilgan kompleks davolashda ortodontik tadbirlar qatorida jarrohlik muolajalarni o‘z ichiga olgan yoki olmagan majmuaviy algoritm bosqichlari davolash muddatini 56% gacha qisqarishiga va buning natijasida bemorlarning shifoxonaga qatnov sonini kamayishiga va bemorlarning hayot sifatini oshirishga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks davolash algoritmi orqali ikki yoki uch bosqichli yondashuv muolajalar natijalarida mezial okklyuziyani davolash samaradorligining korrelyasion mosligi va umumiy davolash muddatining farqlanishi isbotlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Toshkent Davlat Stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 28-martdagi 04-r/136-son bilan tasdiqlangan “Mezial prikusni majmuaviy davolashni takomillashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro Davlat tibbiyot instituti Stomatologiya ilmiy-amaliy markazning pullik xizmatlar bo‘limi klinikasining 10.04.2024-yildagi №1-A/450 sonli buyrug‘i bilan hamda Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bolalar stomatologiya poliklinikasining 30.03.2024-yildagi №42-1 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi jarrohlik yondashuv bilan amalga oshirilgan majmuaviy jarrohlik-ortodontik muolajalar mezial okklyuziyali bemorlarda yuz parametrlarini tiklanishiga, ularning estetik holatini yaxshilanishiga, tegishli profil mutaxassislari ishining ergonomikasini oshishi va bemor bilan kooperatsiya holatini yaxshilash imkonlarini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 2 bosqichli davolash algoritmida bemorlarga 16 oygacha bo‘lgan muddatdagi jarrohlik amaliyoti oldi ortodontik tayyorlash bosqichi qisqartiriladi (12750000 so‘m). Xulosa: birlamchi jarrohlik yondashuvi bilan amalga oshirilgan mezial okklyuziyali bemorlarda davolash samaradorligini oshishi va umumiy davolash muddatini bir necha marotaba qisqarilishiga olib keluvchi kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish