Sayt test rejimida ishlamoqda

Ismailova Oksana Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv aralashmali bir necha organik erituvchilarning geteromolekulyar tuzilmalari va tuzilmalarning qayta tashkillanishini refraktometriya usulida aniqlash”, 01.04.05 - Optika (fizika-matematika fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/FM75.
    Ilmiy maslahatchi: KoxxarovAbdulmuttallib Mamadjanovich, fizika-matematika fanlari doktori.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
    Rasmiy opponentlar: Semenov Denis Ivanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sapaev Usmon Qalandarivich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yusupov Djavdad Bakidjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
    Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ushbu ishning maqsadi aproton erituvchilar, spirtlar va kislotalarning boshlang‘ich komponentlari konsentratsiyasining keng diapazonidagi suvli eritmalarining optik xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, ularning optik xossalari, ulardagi molekulyar birikmalarning tuzilishi va jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatishdan iborat.
    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    aproton erituvchilarning suvli eritmalarining molekulalararo komplekslari hosil bo‘ladigan konsentratsiya sohalari refraktometriya metodi bilan aniqlandi;
    molekulyar dinamika va refraktometriya usullarini birgalikda foydalangan holda, birinchi marta etil spirti va sirka kislotaning suvli eritmalarining ortiqcha sindirish ko‘rsatkichlarining konsentratsiyaga bog‘liqliklarining strukturaviy xususiyatlari aniqlandi;
    optik spektroskopiya usullari bilan refraktometriya yordamida sirka kislotasining suvli eritmalarida struktura hosil bo‘lish sxemasi aniqlandi, bu erda sirka kislotasining ochiq siklik dimerlarining hosil bo‘lishi birinchi marta topildi;
- zaif induksiyalangan H-C...C-H bog'larining shakllanishi bilan bog'liq sirka kislotaning suvli aralashmalari sindirish ko‘rsatkichining ortiqcha qiymatining parabolik shaklidan og'ishi aniqlandi;
- komponentlar tarkibiga qarab aralashmalar, eritmalar va ko‘pkomponentli tizimlar tuzilishining o‘zgargan xossalarini o‘rganish uchun refraktometriyaning optik usuli, tebranish spektroskopiyasi usullari va molekulyar dinamika usulini o‘z ichiga olgan yangi kompleks yondashuv yaratildi;
- refraktometriya usuli tebranish spektroskopiya usullari bilan bir qatorda eritmalardagi kompleks hosil bo‘lishning tor konsentratsiya diapazonini aniqlash va boshlang'ich komponentlar eritmalarida molekulalarning strukturaviy qayta tashkil etilishi uchun informatsion ekanligi isbotlandi;
- ishlab chiqilgan integral yondashuv birinchi marta suyuqliklarning optik xususiyatlarini o‘rganish va ozonlash, elektrooksidlanish va fotodegradatsiya uchun katalitik reaktorlarni ishlab chiqishda qo‘llanildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirka kislota molekulalarining ikki xil dimerlarini suvli eritmalarda sirka kislotasining 0.3 va 0.8 mol ulushlarida hosil bo‘lgani Scopus va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilgan ushbu natijalar xorijiy jurnallarda (Chemosphere 2024, 365, 143399 (IF=8.8), Spectrochimica Acta Part A: Molecular and Biomolecular Spectroscopy 2023, 302: 123135 (IF=4.3), Journal of Thermal Analysis and Calorimetry 2024, 149:9223–9231 (IF=3.2), Cellulose 2020, 27: 9813-9824 (IF=4.9)) geteromolekulyar tuzilmalar va vodorod bog‘lanish dinamikasini shakllantirish jarayonida erituvchilarning xossalari molekulalararo o‘zaro ta’sirlari va tuzilishi haqida ma’lumot olishning tezkor usulda olish imkonini bergan;
deformatsion va valent tebranishlari sohasidagi strukturaviy va optik xususiyatlar bo‘yicha eksperimental ma’lumotlarni tavsiflovchi etilen glikol molekulalari uchun yangi ishlab chiqilgan o‘zaro ta’sir potensiali natijalar (Journal of Molecular Liquids 2023, 378: 121635 (IF=6.633), Spectrochimica Acta Part A: Molecular and Biomolecular Spectroscopy 2023, 285, 121927 (Scopus, IF=4.3), Journal of Molecular Liquids 2023, 387: 122387 (IF=6.3), The Journal of Physical Chemistry B. 2019, 123, 30, 6543–6553 (IF=2.8)) molekulyar dinamika yordamida etilin glikolda nanozarrachalar hajm ulushi va temeratura tasirlarini o‘rganish imkonini bergan;
etilen glikolning suvli eritmalarining dielektrik spektrlarini o‘rganish uchun ishlab chiqilgan yangi texnika natijalari xorijiy jurnallarda (Polymers 2022, 14: 4808, IF=4.1; Crystals 2020, 10, 1011, IF=2.4; ECS Transactions, 2022, 109, 143 – 153 ( IF=2.8)) antifriz molekulalarining konformatsion holatini tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish