Abduvosidova Gulandom Abdurashid qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3462.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari tomonidan islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish maqsadida xalqaro islomiy moliyaviy tashkilotlardan murobaha shartnomasi asosida tadbirkorlik va xususiy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 ming AQSh dollaridan 7,5 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan 5 yilgacha uzoq muddatli resurslarni o‘rtacha yillik 14-15 foiz foyda me’yori (ustama) bilan jalb qilish taklif etilgan;
eksportoldi va importni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun murobaha shartlari asosida muddati 1 yilgacha, hajmi 100 ming AQSh dollaridan 5 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan qisqa muddatli resurslarni o‘rtacha yillik 14-15 foiz foyda me’yori (ustama) bilan korxona va tashkilotlarga taqdim etish taklif etilgan;
lizing kompaniyasi tomonidan islomiy lizing xizmatlarini joriy etish maqsadida xalqaro moliyaviy tashkilotlardan ijara shartnomasi asosida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni moliyaviy  resurslar bilan ta’minlash uchun 10 ming AQSh dollaridan 4,5 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan 5 yilgacha uzoq muddatli resurslarni o‘rtacha yillik 9 foiz foyda me’yori (ustama) bilan jalb qilish taklif etilgan;
murobaha va ijara shartnomasi asosida sotilgan mahsulotlar uchun to‘lovlarni mijozlardan kelishilgan vaqtda undirish maqsadida to‘lovi kechiktirilgan har bir kun uchun muddati o‘tgan to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida jarima belgilash va ushbu mablag‘larni to‘liq xayriya maqsadlariga yo‘naltirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari tomonidan islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish maqsadida xalqaro islomiy moliyaviy tashkilotlardan murobaha shartnomasi asosida tadbirkorlik va xususiy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 ming AQSh dollaridan 7,5 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan 5 yilgacha uzoq muddatli resurslarni o‘rtacha yillik 14-15 foiz foyda me’yori (ustama) bilan jalb qilish taklifi “InFinBank” ATB  amaliyotiga joriy etilgan (“InFinBank” ATB aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 25-apreldagi 01-02-04/1922-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yilda “InFinBank” ATB orqali  Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasidan xususiy tarmoq loyihalariga 3 mln. AQSh dollari  jalb etishga erishilgan;
eksportoldi va importni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun murobaha shartlari asosida muddati 1 yilgacha, hajmi 100 ming AQSh dollaridan 5 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan qisqa muddatli resurslarni o‘rtacha yillik 14-15 foiz foyda me’yori (ustama) bilan korxona va tashkilotlarga taqdim etish taklifi “InFinBank” ATB  amaliyotiga joriy etilgan (“InFinBank” ATB aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 25-apreldagi 01-02-04/1922-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatdagi tashqi savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga 2023-yilda “InFinBank” ATB tomonidan  Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi mablag‘lari hisobiga 8 mln. AQSh dollari  ajratilishiga erishilgan;
lizing kompaniyalari tomonidan islomiy lizing xizmatlarini joriy etish maqsadida xalqaro moliyaviy tashkilotlardan ijara shartnomasi asosida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni moliyaviy  resurslar bilan ta’minlash uchun 10 ming AQSh dollaridan 4,5 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan 5 yilgacha uzoq muddatli resurslarni o‘rtacha yillik 9 foiz foyda me’yori (ustama) bilan jalb qilish taklifi “Uzbek Leasing International A.O.” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Uzbek Leasing International A.O.” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 13-maydagi 0910/001-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda “Uzbek Leasing International A.O.” AJ orqali  Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasidan xususiy tarmoq loyihalariga 5 mln. AQSh dollari  jalb etishga erishilgan;
murobaha va ijara shartnomasi asosida sotilgan mahsulotlar uchun to‘lovlarni mijozlardan kelishilgan vaqtda undirish maqsadida to‘lovi kechiktirilgan har bir kun uchun muddati o‘tgan to‘lov summasining 0,1 foizi miqdorida jarima belgilash va ushbu mablag‘larni to‘liq xayriya maqsadlariga yo‘naltirish taklifi “Uzbek Leasing International A.O.” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Uzbek Leasing International A.O.” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 13-maydagi 0910/001-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yilda “Uzbek Leasing International A.O.” AJ mijozlarining islomiy lizing va murabaxa shartnomasi bo‘yicha 5 mlrd. so‘mlik muddati o‘tgan to‘lovlarini 2022-yilga nisbatan 35 foizga kamaytirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish