Jarilkapov Ulugbek Baxadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali erkin kurashchilarning og‘ir atletika vositalari orqali kuch sifatini oshirish uslubiyati”,
13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4239.
Ilmiy rahbar: Toshturdiev Shuxrat Xurram o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.03/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali erkin kurashchilarda texnik usullarni samarali bajarish maqsadida og‘ir atletika sport turining maxsus mashqlari yordamida kuch sifatini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali erkin kurashchilarning kuch chidamkorligini oshirish uchun mashg‘ulotlarni majmuali yondashuvlarni takroriy chegaraviy urunushlarni belgilab berish hisobiga musoboqa oldi tayyorgarligi optimallashtirilgan;
malakali erkin kurashchilarning barcha muskul guruhlarini mustahkamlash uchun texnik elementlarni bajarishda sherigiga nisbatan ko‘rsatilgan qarshilikda muskullarni tortishib qolishini oldini olishga qaratilgan kichik muskul guruhlarini ishlatish hisobiga tezkor tiklanish imkoniyati takomillashtirilgan;
erkin kurashda harakat aktivligini sinxronlashga qaratilgan tezkor kuch talab qiluvchi mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga kuchni ixtisoslik turi bo‘yicha rivojlantirish imkoniyati optimallashtirilgan;
18-20 yoshli malakali erkin kurashchilarning shaxsiy vazn toifasidan kelib chiqib og‘ir atletika maxsus mashqlari orqali oyoq va bel mushak kuchini oshirishga qaratilgan model ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hisobiga yuklamalarni meyorlash uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 18-20 yoshli malakali erkin kurashchilarning og‘ir atletikaning maxsus mashqlari orqali kuch va tezkor-kuch sifatini oshirish uslubiyati yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
malakali erkin kurashchilarning kuch chidamkorligini oshirish uchun mashg‘ulotlarni majmuali yondashuvlarni takroriy chegaraviy urunushlarni belgilab berish boʻyicha taklif va tavsiyalar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabida shug‘ullanuvchi erkin kurashchilarining umumiy jismoniy tayyorgarligida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 01-09/3306-son ma’lumotnomasi). Natijada erkin kurashchilarning bel kuchi (kg) 17,5%, oʻng qoʻl kuchi 17,3%, chap qoʻl kuchi 19% ga o‘sishi kuzatilgan;
malakali erkin kurashchilarning barcha muskul guruhlarini mustahkamlash uchun texnik elementlarni bajarishda sherigiga nisbatan ko‘rsatilgan qarshilikda muskullarni tortishib qolishini oldini olishga qaratilgan kichik muskul guruhlarini ishlatish olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabida shug‘ullanuvchi erkin kurashchilarining umumiy jismoniy tayyorgarligida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 01-09/3306-son ma’lumotnomasi). Natijada klassik dast koʻtarish 27%, klassik siltab koʻtarish 28%, elkada shtanga bilan oʻtirib turish 25%, ga yaxshilangan;
erkin kurashda harakat aktivligini sinxronlashga qaratilgan tezkor kuch talab qiluvchi mashqlar majmuasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus shahar 1-sonli sport maktabiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 01-09/3306-son ma’lumotnomasi). Natijada esa sportchilarning 30 m ga yugurish 9,3%, turgan joydan uzunlikka sakrash 8,4%, ko‘prik holatiga 5 marta tushish 19,3%, ko‘prik holatida aylanma chopish 5 marta o‘nga 5 marta chapga 11,1% ga o‘sishi kuzatilgan;
18-20 yoshli malakali erkin kurashchilarning shaxsiy vazn toifasidan kelib chiqib og‘ir atletika maxsus mashqlari orqali oyoq va bel mushak kuchini oshirishga qaratilgan model ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Nukus shahar 2-sonli sport maktabiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 01-09/3306-son ma’lumotnomasi). Natijada malakali erkin kurashchilarning ko‘krakda shtanga bilan o‘tirib turish 25 % ga, shtangani belgacha tortish 28%, 4 metrli arqonga chirmashib chiqish 16%, qoʻl va boʻynini ushlab beldan oshirib tashlash 23%, yonidan qadam tashlab oyoqlarini ushlash 20% ga yaxshilangan.