Ne’matov Azizbek G‘olibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyatlarning oldini olish choralarini takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1101.
Ilmiy rahbar: Aliev Shuhrat Xasanovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abduraximov Muxtor Xodjiakbarovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kiritilayotgan taqdimnomalarda belgilangan vazifalarning to‘liq ijro etilishini ta’minlash maqsadida tergov organlarining jinoyatlarning oldini olish choralarini ko‘rganligini baholash orqali ularning mas’uliyatini yanada oshirish zarurati asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddatlarni uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etish holatlarini bartaraf qilish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga huquqbuzarlikning sodir etish sabablari hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq normaga o‘zgartirish kiritish zarurati asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv,surishtiruv va dastlabki tergov organlarining jinoyatlarning oldini olish faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritiladigan taqdimnomalarning turli xil shakllarda ekanligi inobatga olinib, uning namunaviy shaklini ishlab chiqish hamda “e-taqdimnoma” tizimi orqali hisobini yuritish zarurati asoslantirilgan;
jinoyatlarning oldini olish choralarini qo‘llash samaradorligini yanada oshirish maqsadida jinoyat sabablari va uni sodir etishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalarni bajarilishga mas’ul bo‘lgan sub’ektlarning o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini o‘zida aks ettirgan “e-muhokama” kompleks axborot tizimini yaratish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha kiritilayotgan taqdimnomalarda belgilangan vazifalarning to‘liq ijro etilishini ta’minlash maqsadida tergov organlarining jinoyatlarning oldini olish choralarini ko‘rganligini tahlil qilish orqali ularning mas’uliyatini yanada oshirishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha sudlar rolini oshirish to‘g‘risida”gi 34-son qarorining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 19-apreldagi 08/260-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov organlari tomonidan jinoyatlarning oldini olish choralari, xususan, jinoyat sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashga doir vazifasini bajarishga e’tibor qaratilishiga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv hamda dastlabki tergov organlari tomonidan aniqlangan jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rilmagan bo‘lsa, ushbu bo‘shliq to‘ldirilib, unga o‘rnatilgan tartibda munosabat bildirish lozimligiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha sudlar rolini oshirish to‘g‘risida”gi 34-son qarorining 11-bandi beshinchi kichik xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 19-apreldagi 08/260-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov organlarining jinoyatlarni sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilishga qo‘shimcha vazifa sifatida emas, balki jinoyat protsessining asosiy vazifalaridan biri ekanligidan kelib chiqib o‘z faoliyatini tashkil etishga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan kiritilgan taqdimnomalari to‘g‘risidagi axborotlar jamlanib, ularning hisobini yuritishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 360-son buyrug‘ining 3-bandining 1-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 6-martdagi 26/667-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi surishtiruv
hamda dastlabki tergov organlarining jinoyatlarni sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan kiritgan taqdimnomalari yuzasidan amalga oshirilganga muhokamalarni jamlashga xizmat qilgan;
jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarning muhokama qilish jarayonlari hamda ularning natijalarini Internet butunjahon axborot tarmog‘i hamda boshqa mediaresurslar yordamida yoritib borilishi va shu yo‘l orqali keng jamoatchilikka etkazilishini ta’minlash maqsadida respublika hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari jalb qilishni ta’minlashga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 360-son buyrug‘ining
4-bandining 3-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 6-martdagi 26/667-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergov organlari tomonidan aniqlangan jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar hamda ularning bartaraf qilinishi bilan bog‘liq ma’lumotlarning aholiga etkazib borilishiga xizmat qilgan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish