Nazarmuxamedov Davron Abitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlarida kadrlarni tanlash, tayyorlash va joy-joyiga qo‘yishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 -“Konstitusiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va Bojxona huquqi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD/Yu1227.
Ilmiy rahbar: Jumanov To‘lqin Sattorovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Davron Kuvanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldasheva Feruza Ulug‘bekovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlari tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash va joy-joyiga qo‘yishning tashkiliy va huquqiy jihatdan takomillashtirishga qaratilgan masalalarni baholash hamda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlariga xizmatga yoki o‘quv muassasalariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlarga qulayliklar yaratish va faoliyat ochiqligini ta’minlash maqsadida nomzodlar doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi ichki ishlar organining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlariga xizmatga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar bilan tanlov tadbirlarini o‘tkazish jarayonida inson omilini kamaytirish va xolislikni ta’minlash maqsadida test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilishi lozimligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagidagi nomzodlarni tanlashning adolatli va shaffof tizimini yaratish, mavjud tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida “E-nomzod” yopiq axborot tizimini joriy etish hamda xizmatga qabul qilish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish lozimligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlarida xizmat faoliyatini yuritayotgan eng yaxshi xodimlarni aniqlash va ularni saralab olish bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish lozimligi ilmiy asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlarida kadrlarni tanlash, tayyorlash va joy-joyiga qo‘yishning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagicha foydalanilgan:
ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va oliy ta’lim muassasalariga (Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish institutiga), shuningdek Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga kirish istagi bo‘lgan nomzodlar, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’iy nazar, tegishliligiga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati, oliy ta’lim muassasalari (Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish instituti) yoki Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy veb-saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 15-bandi 3-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departament Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024-yil 15-apreldagi 33/694-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlariga xizmatga yoki o‘quv muassasalariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlarga qulayliklar yaratishga va faoliyat ochiqligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlariga xizmatga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar bilan tanlov tadbirlarining test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 43-bandi 1 va 2-xatboshilari ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departament Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024-yil 15-apreldagi 33/695-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlariga xizmatga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar bilan tanlov tadbirlarini o‘tkazish jarayonida inson omili bilan bog‘liq holatlarni kamaytirish va xolislikni ta’minlashga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlariga xizmatga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar bilan tanlov tadbirlarini o‘tkazishni “E-nomzod” yopiq axborot tizimini joriy etish orqali amalga oshirilishini ta’minlash lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning “yo‘l xaritasi” 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departament Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024-yil 14-maydagi 33/900-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi Ichki ishlar organlarida xizmat qilishga nomzodlarni tanlashning adolatli va shaffof tizimini joriy etishga, mavjud tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlarida xizmat faoliyatini yuritayotgan eng yaxshi xodimlarni aniqlash va ularni saralab olish bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish lozimligi ilmiy asoslantirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 539-son qarorining 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 18-iyuldagi 14-son dalolatnomasi). Natijada eng yaxshi xodimlarni aniqlash va ularni saralab olish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish