Sayt test rejimida ishlamoqda

Madraximov Polvon Masharibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlangan va emlanmagan bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligini davolashga zamonaviy yondashuvlar”, 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.PhD/Tib1519.
Ilmiy rahbar: Karimdjanov Ilxamdjan Asomovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjan Lutfillaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Rustamov Mardonqul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR SSV Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlangan va emlanmagan bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligini davolashda zamonaviy yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlangan 54,7% va emlanmagan 45,3% bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligining klinik kechishi xususiyatlarini klinik va morfologik o‘rganish natijasida shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligining 51,8% (p<0,001) o‘choqli va 28,2% (p>0,05) segmentar shakllari aniqlangan va kechish og‘irligi bevosita bolaning emlanganlik holatiga bog‘liqligi serokonversiya ko‘rsatkichi yuqoriligi bilan immunologik (Pn > 35 y.e.) isbotlangan;
pnevmokokkga qarshi 10 valentli vaksina bilan emlash bolalarni pnevmokokkli infeksiyadan himoya qilishi aniqlangan, ammo emlangan bolalarda invaziv kasallik ko‘zg‘atuvchisi mavjud bo‘lgan xollarda, 10 valentli vaksinaning samaradorligi 62,8% bo‘lgan, bu esa  vaksina tarkibiga kiritilgan ko‘plab pnevmokokk serotiplariga (Pn – 1, 3, 5, 6A,13, 15B, 18) xos ayrim antitelolar darajasining pastligi bilan (Pn < 35 y.e.) isbotlangan;
pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlanmagan 86,8% bolalarda kasallikning klinik 3 kundan ortiq febril harorat, quruq yo‘tal, nafas etishmovchiligining II darajali og‘ir kechishi, 51,8% bolalarda o‘choqli va 28,2% segmentar pnevmoniya shakllarining tez rivojlanishi aniqlangan, bu xolat zaxira (II–III avlod sefalosporin) antibakterial dori vositalarni kompleks davolash muolajalarida qo‘llanilishi zarurati bilan isbotlangan;
serologik tekshiruvlar asosida Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida pnevmakokkning Pn-9N (Prevenar – 13 (IgG – 35,1±1,2 (p>0,05)), Pneumotsil – 10 (IgG – 37,1±1,2 (p>0,05)) shtammlarining keng tarqalganligi aniqlanganligi, bu turdagi pnevmokokk infeksiyalarini samarali ambulator – poliklinika va statsionar shariotda antibakterial davolashda  sefolsoporinlarning III avlodi qo‘llanilishi zarurati bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pnevmokokk infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va olmagan bemor bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligini erta tashxislash va davolash samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligining og‘irligi va asoratlanishi bolaning pnevmokokk infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlanganlik holatiga qarab aniqlanishi isbotlangan. Emlanmagan bolalar emlangan bolalarga qaraganda ushbu kasallik og‘irroq kechishini ko‘rsatdi. Shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning pnevmokokk infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlangan va emlanmagan bolalarda diagnostikasi, kliniko – laborator va immunologik hususiyatlari hamda davolashni optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan dissertatsiya tadqiqotining olingan ilmiy natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 13.02.2024 yildagi №41 son buyrug‘i, TTA Urganch filiali klinikasining 06.02.2024 yildagi №4 – I son buyrig‘i va Urganch shahar tibbiyot birlashmasining 08.02.2024 yildagi №251-12-180-TB/2024 – son buyrig‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/40 – sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning og‘irligini baholash uchun tavsiya etilgan mezonlar preklinik bosqichda bolalarning xavf guruhini aniqlash imkonini beradi, bu esa asoratlarni rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlanmagan (PIQV bilan emlangan) shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan kasallangan bemor bolalarni davolash davomiyligi iqtisodiy jihatdan samardorligi quyidagicha; klinikaga yotqizilgan pnevmokokk infeksiyasiga qarshi vaksina olmagan 26 nafar bemorga xarajat 29302000 so‘mni (klinika somatika bo‘limida 1 bemorga kuniga o‘rtacha 161000 so‘m), asoratlangan hollarda esa somatik va reanimatsiya bo‘limlarida davolanish (1 kunlik reanimatsiya koyka kuni 800000 so‘m (3±1 koyka kuni)) 41860000 so‘mdan 69333000 so‘mgachani tashkil qilgan. Pnevmokokk infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligi bilan kasallanib shifoxonada davolangan bemorda esa kasallik engil va asoratsiz kechganligi (5±0,32 koyka kuni) hisoblanilganda umumiy xarajat 20930000 so‘mni tashkil qilgan. Iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 8372000 so‘mdan 48403000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: ShTP bilan og‘rigan bolalarda og‘irlik mezonlarining joriy etilishi klinikadan oldingi bosqichda xavf guruhini aniqlash va har bir bemor uchun 322000 so‘mdan 1862000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: 10 valentli pnevmokokk vaksinalari bilan emlash emlangan bolalarning ko‘p qismini himoya qila oladi, ammo invaziv kasallik mavjud bo‘lsa, ularning vaksinalar tarkibiga kiritilgan ko‘plab kapsulyar polisaxaridlarga (Pn – 1, 3, 5, 6A, 13, 15B, 18) o‘ziga xos antitelolar darajasi nisbatan past holatda bo‘lishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 13.02.2024 yildagi №41 son buyrug‘i, TTA Urganch filiali klinikasining 06.02.2024 yildagi №4 – I son buyrig‘i va Urganch shahar tibbiyot birlashmasining 08.02.2024 yildagi №251-12-180-TB/2024 – son buyrig‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/40 – sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pnevmokokkning serotip spektrini aniqlash, shuningdek, pnevmokokk vaksinasiga immun javobini o‘rganish shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligini tashxislashni takomillashtiradi, bu esa pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarni davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: turli xil vaksinalarga immunitet reaksiyasini o‘rganish va eng patogen shtammlarini aniqlash pnevmokokka qarshi samarali vaksinalarni joriy etishga yordam beradi, bu esa shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan kasallanishni ikki baravarga kamaytirishi isbotlangan. Shuningdek, kasallikning asoratlanishi kamayganligi hisobiga bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 7±1 kundan 5±1 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 161000 so‘mdan hisoblanganda, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqarganligi natijasida 13 ta bemorni davolanishidan 4186000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: eng keng tarqalgan patogen shtammlarni aniqlash pnevmokokka qarshi samarali vaksinalar bilan emlangan bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligi asoratlanishi va og‘irligini kamaytirshi hisobiga statsionar sharoitida davolashda va bemorlarni kasalxonaga yotqizish va davolash uchun 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 161000 so‘mdan iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: pnevmokokka qarshi emlanmagan bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligining og‘irroq kechishi kuzatiladi, bu esa kasallikni davolash uchun zaxira antibiotiklarini buyurishni talab qilishi isbotlanganligi amalga oshirilgan dissertatsiya tadqiqotining olingan ilmiy natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 13.02.2024 yildagi №41 son buyrug‘i, TTA Urganch filiali klinikasining 06.02.2024 yildagi №4 – I son buyrig‘i va Urganch shahar tibbiyot birlashmasining 08.02.2024 yildagi №251-12-180-TB/2024 – son buyrig‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/40 – sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pnevmokokka qarshi vaksinalar bilan emlash shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning asoratlanmasdan kechishiga va shunga mos ravishda birinchi darajali antibiotiklardan foydalanishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Pnevmokokk infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlangan bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya murakkab bo‘lmagan davolash kursiga ega, bu bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 7 kundan 5 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 161000 so‘mga kamaytirgan, shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 10 ta bemorni davolanishidan 3220000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: Pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlangan bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligini statsionar sharoitida davolashdagi yangi usullarini qo‘llash, davolash uchun kam xarajat talab qiladigan birinchi qator antibiotiklardan foydalanishga, asoratlanmagan kechuviga hamda bemorlarni kasalxonaga yotqizish va davolash uchun 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 161000 so‘mdan iqtisod qilish imkonini bergan. Shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda olib borilgan takomillashtirilgan davolash usuli kasallikning takroriy uchrashi va uning asoratlarini 1,8 barobarga kamaytirgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: serologik tekshiruvlar asosida Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida pnevmakokkning Pn-9N (Prevenar – 13 (IgG – 35,1±1,2 (p>0,05)), Pneumotsil – 10 (IgG – 37,1±1,2 (p>0,05)) shtammlarining keng tarqalganligi aniqlanganligi, bu turdagi pnevmokokk infeksiyalarini samarali ambulator – poliklinika va statsionar shariotda antibakterial davolashda  sefolsoporinlarning III avlodi qo‘llanilishi zarurati isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 13.02.2024 yildagi №41 son buyrug‘i, TTA Urganch filiali klinikasining 06.02.2024 yildagi №4 – I son buyrig‘i va Urganch shahar tibbiyot birlashmasining 08.02.2024 yildagi №251-12-180-TB/2024 – son buyrig‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/40 – sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pnevmokokkning eng invaziv shtammlari spektrini immunologik aniqlash, hamda, pnevmokokkga qarshi vaksinaga nisbatan immun javobini tahlil qilish shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligini tashxislashni va davolashni takomillashtiradi, bu esa pnevmoniya bilan og‘rigan bolalarni davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: pnevmokokk infeksiyasiga qarshi joriy qilingan vaksinaning qaysi turi bilan emlanganligidan qat’iy nazar ShTP bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashda statsionar sharoitda qo‘llanilgan antibakterial terapiya tahlillari natijalariga ko‘ra 11 nafar bemor uchun sefalosporinlarning III avlodi (sefotaksim – 50 mg/kg/kun) bilan davolash olib borilganda antibiotiklarning turli guruhlariga (aminopenisiilinlar, sefalosporinlarning 2-avlodiga) nisbatan samarali ekanligi aniqlandi. Bu bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatini 5 kungacha qisqartirib 161000 so‘m mablag‘larning tejalishi va shifoxonada bo‘lish davrining 1 kunga qisqarishi hisobiga 11 ta bemorda 1771000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlangan bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniya kasalligini asoratlanmasdan statsionar sharoitida III avlod sefalosporinlar bilan davolash, 1 nafar bemor uchun 1 kunga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 161000 so‘mdan iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish