Abdullaeva Umida Kurbanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yarali kolitli bemorlarni nutritiv statusining xolatiga qarab davolash va reabilitatsiya usullarini takomillashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar va 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib984.
Ilmiy maslahatchilar: Karimov Mirvosit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Hamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimkulova Narina Robertovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish faolligining klinik-asbobiy baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha bazis terapiya negizida maqsadli TGF-β2 terapiyasi samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yarali kolit bilan kasallanganlar ichida xastalik davomiyligi 5 yildan oshmagan, o‘rta og‘ir, o‘tkir kechish turi, klinik belgilardan ich ketishi va axlatda qon bo‘lishi kabi belgilar, shuningdek, engil va o‘rta og‘ir darajadagi nutritiv etishmovchilik ustunligi aniqlangan;
yarali kolitning surunkali uzluksiz kechish turida, shuningdek kasallik og‘irlik, faollik darajasi, davomiyligi oshgan sari nutritiv status ko‘rsatkichlari va TGF-β2 pasayib borishi, yallig‘lanish markerlarining oshib borishi isbotlangan;
yarali kolitli bemorlarni bazis davolash jarayonida glyukokortikosteroidlarni qo‘llashga cheklovchi omillar bo‘lganda va ularni qo‘llaganda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilganda uning o‘rniga 5-aminosalisil kislota dori vositalari bilan birga TGF-β2 saqlovchi nutritiv aralashmani tavsiya etish imkoniyati asoslangan;
TGF-β2 saqlovchi nutritiv aralashmaning bazis davolash bilan birgalikda qo‘llanilishi yarali kolitli bemorlarda nafaqat nutritiv statusning tiklanishi, balki yallig‘lanish sitokinlari faolligini cheklashi xisobiga patogenetik davolash hamda reabilitatsiya imkoniyati isbotlangan.
yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda nutritiv etishmovchilikni tiklashga va steroidsiz remissiyani imkon boricha cho‘zishga ko‘maklashadigan differensial terapiya hamda reabilitatsiya choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish faolligining klinik-asbobiy baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha bazis muolajalar negizida maqsadli TGF-β2 terapiyasi samaradorligini o‘rganish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yarali kolit bilan kasallanganlar ichida kasallik davomiyligi 5 yildan oshmagan, o‘rta og‘ir, o‘tkir kechish turi, klinik belgilardan ich ketishi va axlatda qon bo‘lishi kabi belgilar, engil va o‘rta og‘ir darajadagi nutritiv etishmovchilik ustunligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 mart m-q/5–son bilan tasdiqlangan “Yarali kolitda davolashning yangi usulini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 12 iyundagi 23n-t/2 son bilan tasdiqlangan “Yarali kolit og‘irlik darajasini baholashda yangi usulni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2023 yil 17-oktyabrdagi 81-son, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2023 yil 13-oktyabrdagi 01/322-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2023 yil 23-noyabrdagi 6-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 2023 yil 7-avgustdagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yarali kolitli bemorlarni bazis davolash kompleksida (5-ASK, GKS, ko‘rsatma bo‘yicha azatioprin) ga nutritiv aralashmani qo‘shib qo‘llanilishi bemorlarning nutritiv xolatini tiklanish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi yarali kolitni davolash chora-tadbirlariga safrlanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yarali kolitning surunkali uzluksiz kechish turida, shuningdek kasallik og‘irlik, faollik darajasi, davomiyligi oshgan sari nutritiv status ko‘rsatkichlari va TGF-β2 pasayib borishi, yallig‘lanish chaqiruvchi markerlarining oshib borishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 mart m-q/5–son bilan tasdiqlangan “Yarali kolitda davolashning yangi usulini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 12 iyundagi 23n-t/2 son bilan tasdiqlangan “Yarali kolit og‘irlik darajasini baholashda yangi usulni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2023 yil 17-oktyabrdagi 81-son, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2023 yil 13-oktyabrdagi 01/322-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2023 yil 23-noyabrdagi 6-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 2023 yil 7-avgustdagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usulning joriy etilishi yarali kolitli bemorlarni nutritiv statusining xolatiga qarab davolash va reabilitatsiya usullarini takomillashtirish nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu patologiya bilan kasallangan bemorlarni davolashga sarflanadigan bir bemor uchun 732000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 81260000 so‘mni (128 nafar bemor uchun) tashkil qiladi. Natijada bemorning shifoxonada davolanishi 5 kunga qisqarib, buning natijasida byudjet mablag‘larining 35% kam sarflanishiga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: yarali kolitli bemorlarni bazis davolash jarayonida glyukokortikosteroidlarni qo‘llashni cheklovchi omillar bo‘lganda va ularni qo‘llaganda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilganda uning o‘rniga 5-aminosalisil kislota dori vositalari bilan birga TGF-β2 saqlovchi nutritiv aralashmani qo‘llash imkoniyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 mart m-q/5–son bilan tasdiqlangan “Yarali kolitda davolashning yangi usulini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 12 iyundagi 23n-t/2 son bilan tasdiqlangan “Yarali kolit og‘irlik darajasini baholashda yangi usulni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2023 yil 17-oktyabrdagi 81-son, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2023 yil 13-oktyabrdagi 01/322-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2023 yil 23-noyabrdagi 6-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 2023 yil 7-avgustdagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur nutritiv aralashmani yarali kolitli kasallarda bazis davolash kompleksida qo‘llanilishi nafaqat bemorlarning nutritiv xolatini tiklanilishi, balki davolanish samaradorligi oshirishga imkoniyat yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish faolligining klinik-asbobiy baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha bazis terapiya negizida maqsadli TGF-β2 terapiyasi samaradorligini o‘rganish natijalarini amaliyotga tadbiq etilishi davolash va reabilitatsiya choralari samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TGF-β2 saqlovchi nutritiv aralashmaning bazis davolash bilan birgalikda qo‘llanilishi yarali kolitli bemorlarda nafaqat nutritiv statusning tiklanishi, shuningdek yallig‘lanish sitokinlari faolligini cheklashi xisobiga patogenetik davolash va reabilitatsiya imkoniyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 mart m-q/5–son bilan tasdiqlangan “Yarali kolitda davolashning yangi usulini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 12 iyundagi 23n-t/2 son bilan tasdiqlangan “Yarali kolit og‘irlik darajasini baholashda yangi usulni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2023 yil 17-oktyabrdagi 81-son, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2023 yil 13-oktyabrdagi 01/322-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2023 yil 23-noyabrdagi 6-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 2023 yil 7-avgustdagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yarali kolit mavjud bemorlarni davolashda standart terapiya tarkibida TGF-β2 komponentli nutritiv aralashmaning qo‘llanilishi yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlari faolligini cheklaydi va kasallikning kechish og‘irligini kamaytirishga moyillik yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu davolash va reabilitatsiya algoritmidan foydalanish orqali yarali kolit monitoringi, davolash va reabilitatsiyaga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda nutritiv etishmovchilikni tiklashga va steroidsiz remissiyani imkon boricha uzaytirishga ko‘maklashadigan differensial terapiya va reabilitatsiya choralari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 mart m-q/5–son bilan tasdiqlangan “Yarali kolitda davolashning yangi usulini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 12 iyundagi 23n-t/2 son bilan tasdiqlangan “Yarali kolit og‘irlik darajasini baholashda yangi usulni ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2023 yil 17-oktyabrdagi 81-son, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 2023 yil 13-oktyabrdagi 01/322-son, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2023 yil 23-noyabrdagi 6-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi bo‘yicha 2023 yil 7-avgustdagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan differensial terapiya va reabilitatsiya choralari yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda nutritiv etishmovchilikni tiklashga va steroidsiz remissiyani imkon boricha uzaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: glyukokortikosteroidlarga nisbiy qarshi ko‘rsatmasi mavjud bemorlarda standart terapiyaga qo‘shimcha TGF-β2 saqlovchi ozuqa aralashmasini qo‘llash steroidsiz remissiyani cho‘zib, statsionarga yotish kunlarini qisqartirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish