Ro‘zibaeva Rayxon Matnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rindera oblongifolia va Lindelofia macrostyla o‘simliklarining alkaloidlari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K640.
Ilmiy rahbar: Mukarramov Nuridin Isomidinovich, kimyo fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Normaxamatov Nodirali Saxobatalievich, kimyo fanlari doktori; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Rindera oblongifolia va Lindelofia macrostyla o‘simliklarining er ustki qismi tarkibidan pirrolizidin alkaloidlarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishini, hamda biologik faolliklarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda o‘suvchi Rindera oblongifolia va Lindelofia macrostyla o‘simlik turlaridan 12 ta pirrolizidin alkaloidlari, 1 ta izoxinolin alkaloidi va 2 ta nesik kislota ajratib olingan, ularning tuzilishi zamonaviy fizik-tadqiqot usullari yordamida isbotlangan;
Rindera oblongifolia o‘simligidan 2 ta yangi, ushbu o‘simlikdan birinchi marta 5 ta ma’lum pirrolizidin alkaloidlari, hamda 1 ta nesik kislota ajratilgan;
Rindera oblongifolia o‘simligidan ajratilgan rinderidin va oblongifolidin - yangi pirrolizidin alkaloidlari bilan birga 4 ta ma’lum pirrolizidin alkaloidlarining tuzilishi fizik-tadqiqot usullar (IQ-, YaMR spektroskopiya, mass-spektrometriya va RTT) yordamida aniqlangan, hamda absolyut konfiguratsiyalari to‘liq o‘rnatilgan, shuningdek, xiral markazlari aniqlangan;
Lindelofia macrostyla o‘simligidan 1 ta yangi pirrolizidin alkaloidi, 1 ta yangi nesik kislota va ushbu o‘simlikdan birinchi marta 2 ta ma’um alkaloidlar ajratilgan;
Lindelofia macrostyla o‘simligidan ajratilgan yangi N-oksid lindelofamin alkaloidining tuzilishi YaMR spektroskopiya yordamida isbotlangan, yangi ((E)-2-gidroksi-2-izopropil-3-((2-metilbut-2-enoil)oksi)-butan kislotaning va 2 ta ma’lum alkaloidning tuzilishi fizik-tadqiqot usullari (IQ-, YaMR spektroskopiya, mass-spektrometriya va RTT) yordamida aniqlangan, hamda absolyut konfiguratsiyalari to‘liq o‘rnatilgan, xiral markazlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rindera oblongifolia va Lindelofia macrostyla o‘simliklaridan pirrolizidin alkaloidlarini ajratish, birikmalarning kimyoviy tuzilishi va biologik faolligini o‘rganishdan olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
    Rindera oblongifolia o‘simligidan ajratib olingan N-oksid traxelantamin, rinderidin, oblongifolidin va atsetonli qismi, xloroformli alkaloidlar yig‘indisi, shuningdek Lindelofia macrostyla o‘simligidan ajratilgan spirtli ekstrakt, xloroformli, etilatsetatli, n-butanolli, suvli qismlarining biologik faolliklaridan “Qizil kitobga kiritilgan va tarqalish areali chegaralangan dorivor o‘simliklarni etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi bazaviy-fundamental tadqiqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 2024 yil 8 yanvardagi №4/1255-23-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklardan ajratib olingan pirrolizidin alkaloidlari va alkaloidlar yig‘indisi orasidan insektisidlar izlash istiqbolli ekanligini aniqlangan;
    rinderidin, oblongifolidin, lindelofin, N-oksid traxelantamin, trixodesmin,
N-oksid trixodesmin, O-metilarmepavin metil yodid, 1-ekzo karboksipirrolizidin alkaloidlari va ((E)-2-gidroksi-2-izopropil-3-((2-metilbut-2-enoil)oksi)butan kislotaning RTT natijalari Kembridj Markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https:/www.ccdc.cam.ac.uk/ structures, CCDC 2111256; 2111257; 2111258; 2111259; 2332411; 2332410; 2279213; 2279214 va 2279215). Natijada, bazaga kiritilgan yangi ma’lumotlar o‘xshash alkaloidlarning tuzilishini to‘liq tavsiflashda soha olimlariga foydalanish imkonini bergan.
    Rindera oblongifolia o‘simligining er ustki qismidan ajratib olingan rinderidin, oblongifolidin, exinatin, lindelofin, N-oksid traxelantamin alkaloidlarining spektr ma’lumotlari yuqori reytingli Scopus bazasiga kiritilgan xorijiy ilmiy nashrlarda foydalanilgan (Food Chemistry, 2024, V.445(25), P.138748, IF 8.5; Pharmaceutical Sciences, 2024, V.30(3), P.312, IF 1.4). Tadqiqot natijalari tabiiy birikmalarning tuzilishini aniqlash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish