Qadirova Dilfuza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekistonda o‘suvchi Convolvulus turkum o‘simliklarining alkaloidlari, konvolvinning yangi hosilalarini sintezi”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K787.
Ilmiy rahbar: Aripova Salimakhon Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira G‘ulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda o‘sadigan Convolvulus turkumiga mansub C. subhirsutus, C. krauseanus, C. fruticosus, C. lineatus, C. korolcovii va C. arvensis o‘simliklarning alkaloidlarini o‘rganish, o‘simlikdagi asosiy maqsadli alkaloidlarni ajratib olish usullarini ishlab chiqish, ular asosida bir qator sintezlarni amalga oshirish, yuqori fiziologik faollikka ega moddalarni izlash uchun biologik hususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston florasining Convolvulaceae oilasi, Convolvulus turkumiga mansub, 6 ta kam o‘rganilgan C. krauseanus, C. fruticosus, C. lineatus, C. korolkovii va C. arvensis o‘simlik turlarining alkaloidlari tadqiq qilingan. Kimyoviy tadqiqotlar natijasida o‘rganilgan o‘simliklarning yer ustki qismi va ildizlaridan adabiyotda ma’lum bo‘lgan 8 ta tropan va pirrolidin alkaloidlari ajratib olingan;
mahalliy C. fruticosus o‘simligining geksanli ekstraktining xromato-mass spektral tahliliga ko‘ra, ilk bor 14 ta birikma aniqlandi, ularning asosiy komponenti tropan alkaloidi - tropin, shuningdek, siromazin birikmasi C. fruticosus o‘simligida birinchi marta aniqlangan;
ilk bor Convolvulus subhirsutus o‘simligining yer ustki qismi va ildizlaridan alkaloidlarini ajratib olishning maqbul usulini ishlab chiqish uchun turli xil ekstraksiya usullari yordamida tajribalar o‘tkazildi: xona haroratida ushlab turish (matseratsiya), isitish, Sokslet apparatida, ultratovush va mikroto‘lqinli usullari ishlab chiqilgan. Optimal mikroto‘lqinli usulning afzalligi ko‘rsatilgan;
birinchi marta konvolvin alkaloidining qo‘shimcha manbai bo‘lgan Convolvulus krauseanus o‘simligining yer ustki qismi va ildizlari uchun C. subhirsutusga o‘xshash tadqiqotlar o‘tkazildi va bu o‘simlikdan ham alkaloidlarni ajratish uchun optimal mikroto‘lqinli usul aniqlangan;
mahalliy C. subhirsutus o‘simligidan asosiy va maqsadli alkaloid konvolvinni olishning optimal usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor konvolvin alkaloidi asosida 20 ta yangi birikma sintez qilingan, ularning tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar bilan isbotlangan (IQ, mass-, 1H, 13C YaMR spektroskopiyasi) va baʻzilarining fazoviy tuzilishi rentgen tuzilish tahlili asosida aniqlangan;
ajratib olingan alkaloidlar va ular asosida birinchi marta sintez qilingan yangi birikmalarning biologik tadqiqotlari o‘tkazilgan va ular orasida yuqori biologik faollikka ega birikmalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. C. subhirsutus, C. krauseanus, C. fruticosus, C. lineatus, C. korolcovii, C. arvensis o‘simliklarining alkaloidlarini tadqiq qilish natijalari va konvolvin alkaloidini sintezlangan hosilalari asosida:
ettita sintez qilingan yangi birikmaning RTT natijalari (konvolvinni N-alkil hosilalari: N-geksil-, N-oktil-, N-nonil va N-karbamoil hosilalari: N-8-(fenilkarbamotioil)- va 8-(2-xlorofenil)karbamoil-konvolvinlar) xalqaro Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.) va ularga tegishli identifikatsiya raqamlari (CCDC 1935318, 1935324, 2207408, 2207409, 2207410, 2296040 va 2296041) berilgan. Natijada, markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan yangi birikmalar haqidagi ma’lumotlar shunga o‘xshash birikmalarni sintez qilish va tavsiflash uchun foydalanish imkonini bergan;
o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, C. subhirsutus o‘simligining er ustki qismi va ildizlaridan olingan alkaloidlar va ularning sintezlangan hosilalarining yuqori sitotoksik faollik natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining: “Sitotoksik faollikka ega vosita” № IAP 05517 (12.28.2017 y.) va “Tanlab ta’sir etuvchi sitotoksik faolikka ega vosita” № IAP 05790 (03.15.2019 y.) ixtiroga 2ta patent olingan. Natijada mahalliy o‘simlik alkaloidlari va ularning hosilalari asosida yangi, samarali sitotoksik dori vositasini yaratish imkonini bergan;
dissertatsiya tadqiqot ma’lumotlari VA-FA-O-009 “Tabiiy birikmalar va ularning sintetik hosilalarining sitotoksik, antibakterial, antifungal va antioksidant faolligini o‘rganish” fundamental grantida (2017-2020 yy.) qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 4/1255-50 -son 11.01.2024 y. Ma’lumotnoma).