Allamuratova Anargul Sultamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Akrilamid va itakon kislotasi asosida struktura hosil qiluvchi sopolimer sintezi va ularning Qoraqalpog‘istonning tuproqlariga ta’siri», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K643.
Ilmiy rahbar: Sharipova Ayshagul IIbraimovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ravshan Raximovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Buxorov Shuxrat Burievich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akrilamid va itakon kislotasi asosida struktura hosil qiluvchi sopolimerlarni sintez qilish va ularning Qoraqalpog'iston tuproqlariga ta'sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AA va IK ni 5:1 molyar nisbatda 0,1% miqdorda inisiator yordamida sopolimerlashda pH=2,11 bo‘lgan zich, bir xil, shaffof maxsulot (1AA:IK-5,5) hosil bo‘ladi va AA ulushining xar bir mol IK uchun 10 molgacha ko‘tarilishi pH ni 0,07 ga biroz oshiradi, bu esa 85,8% dan ortiq hosildorlik bilan suvda yaxshi eriydigan sopolimerlarni ishlab chiqarishni osonlashtirishi asoslangan;
yuqori unumdorlik va yaxshi qovuchqoqlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan sopolimerlarni olish uchun maqbul sharoitlar pH taxminan 8,1 va itakon kislotaning akrilamidning 1:5,5 dan 1:6,0 gacha bo‘lgan molyar nisbati bo‘lgan muxitga mos keladi, 96,81% sopolimer hosildorligiga erishishga va asosiy moddaning massa ulushi 99,1% ga etishi aniqlangan;
sopolimerlarning 11,34·105 va 15,4·105 molekulyar og‘irlikka ega ekanligi va 70°C da 2 soat davomida gidrolizlanganda molekulyar og‘irligi 18,1·105 va 20,2·105 ga etishi aniqlandi., bu ionlarning xarakatchanligini kamaytirishga va dissotsilanish darajasini mos ravishda 8 va 13% dan 44 va 56% gacha oshirishga erishi aniqlangan;
polielektrolitlarning tuproq strukturantlari sifatida samaradorligi 2AA:IK-5,5K ning 0,6% eritma bilan ishlov berilganda, nafaqat strukturantning tabiati va iste’moliga, balki tuproqning o‘zining tuzilishiga, Amudaryo(PA) va Qorauzek (PK) tuproqlarning strukturaviy koeffisientiga xam bog‘liqligi mos ravishda 0,40 va 0,14 dan 2,40 va 2,65 ga oshirishga erishishi aniqlangan;
sopolimerlarning kaliy shakllari, bu polimer zanjirlari va tuproq zarralari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning ion mexanizmlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, bu erda kaliy ionlari qo‘shimcha o‘zaro bog‘lanishga yordam berishini, strukturasini yaxshilashi, suvga chidamli tuproq agregatlarini 84,5% gacha oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tuproqlar uchun strukturantlarni olish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
akrilamid va itakon kislotasi asosidagi tuproq strukturantlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “2026-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga” kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 18 martdagi 03/03-1104-son ma’lumotnomasi). Natiyjada, tuproqni ushbu struktura hosil qiluvchilar bilan ishlov berish suvga chidamli agregatlar miqdori 12 dan 86% gacha ko‘tarish imkonini beradi;
akrilamid va itakon kislotasi asosidagi sopolimerlarning kaliyli shakllari asosidagi suv saqlovchi kompozisiyalar tuproq strukturantlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “2026-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga” kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 18 martdagi 03/03-1104-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu struktura hosil qiluvchilarning suvni singdirish qobiliyati 720 mg/g gacha oshirish imkonini beradi.