Nurimov Paxlavon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jismoniy zo‘riqishda gipotalamo-gipofizar-neyrosekretor tizim reaktivligi», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1231.
Ilmiy rahbar: Karabaev Aminjon Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ro‘ziev Yunus Samandarovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aerob, aralash, anaerob jismoniy zo‘riqishda GGNT reaktivligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalamushlarda surunkali ravishda suvda suzish orqali aerob zo‘riqish chaqirilganda, zo‘riqishning 21-kunigacha gipotalamusning SOYa, PVYalarida yuqori funksional aktivlikka ega neyrosekretor hujayralar (NSH)  miqdorini ortishi va neyrosekret miqdorini qonga ajralishi hisobida, moslashish jarayoni kuzatilib, zo‘riqishning 3-oyda, SOYa, PVYa larda yuqori funksional aktivlikka ega NSH miqdori kamayishi, va ularda neyrosekret miqdorini oshishi hisobida to‘liq moslashish va tiklanish tomonga qarab siljishi isbotlangan;
surunkali ravishda suvda suzish orqali aralash zo‘riqish chaqirilganda, zo‘riqishning birinchi kunidan boshlab, 28-kunigacha SOYa hamda PVYa yuqori funksional aktivlikka ega NSH miqdorini ortib borishi, 7-kundan NSH yadrosining gipergidratatsiyasini, glial hujayralar yadrosining yuzasini, zo‘riqishning 14-kunidan boshlab destruktiv NSH miqdorini ortib borishi ostida hayvonlarda suzish jarayoniga moslashishni shaklllanganligi, zo‘riqishning 3-oyida SOYa, PVYa larda yuqori funksional aktivlikka ega NSH miqdorini kamayishi, neyrosekret miqdorini, NSH yadrolarining gipergidratatsiyasi ostida to‘liq moslashish jarayoni ta’minlanganligi aniqlangan;
kalamushlarda surunkali ravishda suvda suzish orqali 15% yukka nisbatan anaerob zo‘riqishli suzishga nisbatan, zo‘riqishning birinchi kunidan boshlab, 3-oyigacha gipotalamusning SOYa, PVYalarida, yuqori funksional aktivllikka ega NSH miqdorini, NSH yadrosining gipergdratatsiyasini,  glial hujayralar hamda destruktiv hujayralarning miqdorini oshishi, NSHda neyrosekretor moddalarni (NSM) miqdorini kamayib borishi ostida  moslashish jarayoni davom etishi aniqlangan;
surunkali ravishda suvda suzish orqali yuzaga keladigan aerob, aralash, anaerob zo‘riqishga nibatan moslashish GGNT-ning morfofunksional aktivligiga bog‘liq bo‘lib, zo‘riqishning darajsini va davomiyligini ortib borishiga bog‘liq holda SOYa PVYa NSHda toliqish tomonga qarab siljishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jismoniy zo‘riqishda GGNT- reaktivligi aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kalamushlarda surunkali ravishda suvda suzish orqali aerob zo‘riqish chaqirilganda, zo‘riqishning 21-kunigacha gipotalamusning SOYa, PVYalarida yuqori funksional aktivlikka ega NSH  miqdorini ortishi va neyrosekret miqdorini qonga ajralishi hisobida, moslashish jarayoni kuzatilib, zo‘riqishning 3-oyda, SOYa, PVYa larda yuqori funksional aktivlikka ega NSH miqdori kamayishi va ularda neyrosekret miqdorini oshishi hisobida to‘liq moslashish va tiklanish tomonga qarab siljishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar SamDTU ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 yanvarda 16-son bilan tasdiqlangan «Aerob, aralash, anaerob zo‘riqishga nisbatan GGNT-ining reaktivligini o‘rganish metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi 918-7-107-TB/2024-son hamda Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.05.2024 yildagi 20-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar GGNT-da yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni oldini oladi va jamiyatimizga GGNT-da yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlashda va tavsiya etishda patogenetik yondashish orqali davolashga yordam beradi. Olingan ma’lumotlar fundamental nazariy va amaliy axamiyatga ega bo‘lib aerob, aralash va anaerob zo‘riqish oqibatida organizmida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldini olishda va patogenetik jihatdan muayyan darajada xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari aerob, aralash va anaerob zo‘riqish oqibatida GGNT-da yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va patogenetik jihatdan baholash orqali erta tashhislash va davolash taktikasi to‘g‘ri tanlanganda shifoxonada davolanish davomiyligi qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali ravishda suvda suzish orqali aralash zo‘riqish chaqirilganda, zo‘riqishning birinchi kunidan boshlab, 28-kunigacha SOYa hamda PVYa yuqori funksional aktivlikka ega NSH miqdorini ortib borishi, 7-kundan NSH yadrosining gipergidratatsiyasini, glial hujayralar yadrosining yuzasini, zo‘riqishning 14-kunidan boshlab destruktiv NSH miqdorini ortib borishi ostida hayvonlarda suzish jarayoniga moslashishni shaklllanganligi, zo‘riqishning 3-oyida SOYa, PVYa larda yuqori funksional aktivlikka ega NSH miqdorini kamayishi, neyrosekret miqdorini, NSH yadrolarining gipergidratatsiyasi ostida to‘liq moslashish jarayoni ta’minlanganligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 yanvarda 16-son bilan tasdiqlangan «Aerob, aralash, anaerob zo‘riqishga nisbatan GGNT-ining reaktivligini o‘rganish metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi 918-7-107-TB/2024-son hamda Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.05.2024 yildagi 20-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar gipotalamo-gipofizar tizimda yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni oldini oladi va jamiyatimizga GGNT-da yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlashda va tavsiya etishda patogenetik yondashish orqali davolashga yordam beradi. Olingan ma’lumotlar fundamental nazariy va amaliy axamiyatga ega bo‘lib aerob, aralash va anaerob zo‘riqish oqibatida organizmida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldini olishda va patogenetik jihatdan muayyan darajada xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari aerob, aralash va anaerob zo‘riqish oqibatida GGNT-da yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va patogenetik jihatdan baholash orqali erta tashhislash va davolash taktikasi to‘g‘ri tanlanganda shifoxonada davolanish davomiyligi qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: kalamushlarda surunkali ravishda suvda suzish orqali 15% yukka nisbatan anaerob zo‘riqishli suzishga nisbatan, zo‘riqishning birinchi kunidan boshlab, 3-oyigacha gipotalamusning SOYa, PVYalarida, yuqori funksional aktivllikka ega NSH miqdorini, NSH yadrosining gipergdratatsiyasini,  glial hujayralar hamda destruktiv hujayralarning miqdorini oshishi, NSH NSM miqdorini kamayib borishi ostida  moslashish jarayoni davom etishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 yanvarda 16-son bilan tasdiqlangan «Aerob, aralash, anaerob zo‘riqishga nisbatan GGNT-ining reaktivligini o‘rganish metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi 918-7-107-TB/2024-son hamda Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.05.2024 yildagi 20-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar gipotalamo-gipofizar tizimda yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni oldini oladi va jamiyatimizga gipotalamo-gipofizar tizimda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlashda va tavsiya etishda patogenetik yondashish orqali davolashga yordam beradi. Olingan ma’lumotlar fundamental nazariy va amaliy axamiyatga ega bo‘lib aerob, aralash va anaerob zo‘riqish oqibatida organizmida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldini olishda va patogenetik jihatdan muayyan darajada xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari aerob, aralash va anaerob zo‘riqish oqibatida gipotalamo-gipofizar tizimda yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va patogenetik jihatdan baholash orqali erta tashhislash va davolash taktikasi to‘g‘ri tanlanganda shifoxonada davolanish davomiyligi qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali ravishda suvda suzish orqali yuzaga keladigan aerob, aralash, anaerob zo‘riqishga nibatan moslashish GGNT-ning morfofunksional aktivligiga bog‘liq bo‘lib, zo‘riqishning darajsini va davomiyligini ortib borishiga bog‘liq holda SOYa PVYa NSHda toliqish tomonga qarab siljishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 yanvarda 16-son bilan tasdiqlangan «Aerob, aralash, anaerob zo‘riqishga nisbatan GGNT-ining reaktivligini o‘rganish metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi 918-7-107-TB/2024-son hamda Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.05.2024 yildagi 20-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar gipotalamo-gipofizar tizimda yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni oldini oladi va jamiyatimizga gipotalamo-gipofizar tizimda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlashda va tavsiya etishda patogenetik yondashish orqali davolashga yordam beradi. Olingan ma’lumotlar fundamental nazariy va amaliy axamiyatga ega bo‘lib aerob, aralash va anaerob zo‘riqish oqibatida organizmida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldini olishda va patogenetik jihatdan muayyan darajada xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari aerob, aralash va anaerob zo‘riqish oqibatida gipotalamo-gipofizar tizimda yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va patogenetik jihatdan baholash orqali erta tashhislash va davolash taktikasi to‘g‘ri tanlanganda shifoxonada davolanish davomiyligi qisqarish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish