Urishev Omadjon Musurmonqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kaplan gidroturbinali mikro GESlarda gidrodinamik jarayonlarni modellashtirish va chiqindilardan himoya qilish tizimini ishlab chiqish”, 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4904
Ilmiy rahbar: Salomov O‘ktam Rahimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar:Avezova Nilufar Rabbanakulovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy hodim; Qodirov Dilshod Botirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: past bosimli mikro GESlar uchun Kaplan turbinasi maqbul ishlash rejimini tanlash  va past bosimli turbina  himoya tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kaplan gidroturbinasida kechadigan gidrodinamik jarayonlari v2-f turbelentlik modeli asosida modellashtirilgan va suvning sarfi, tezligi va bosim o‘zgarishiga hamda parraklar ogʻish burchagi va aylanishlar soniga bogʻliq holda gidroturbinaning geometrik o‘lchamlari aniqlangan;
o‘z-o‘zini optimallashtiruvchi algoritmlar asosida suv oqimi tezligi, turbinaning aylanishlar soniga bogʻliq holda kuchlanish va chastota o‘zgarishini  nazorat qilish imkonini beruvchi hamda energiya ishlab chiqarish jarayonida tarmoq oqimidagi o‘zgarishlarga moslashuvchan imitatsion modeli ishlab chiqilgan    ;
ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ko‘rsatkichlarini barqarorlashtirish uchun real vaqtda kuzatish tizimlari va  o‘z-o‘zini optimallashtiruvchi algoritmlar asosida kuchlanish va chastotatini avtomatik nazorat qilish imkonini beruvchi boshqarish tizimi  ishlab chiqilgan;
suv oqimida yuzaga kelgan chiqindilarni avtomatik aniqlash va tozalash orqali mikro GES turbinalarining ishlash davrini 20-30% ga oshirish imkonini beruvchi avtonom energiya ta’minotiga ega mexanik himoya qilish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.
Kaplan gidroturbinali mikro GES larda gidrodinamik jarayonlarni modellashtirish va chiqindilardan himoya qilish tizimini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mikro GES gidroturbinasini chiqindilardan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan avtonom energiya ta’minotiga ega mexanik himoya  tizimi “Marhamat tumani hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanalida mikro GES loyihasini amalga oshirishda qo‘llanilgan (“O‘zbekgidroenergo” AJ ning 2024 yil 12 iyundagi № 02-10/1757 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turbinaning mexanik ishdan chiqishini oldini olish va ishlash davrini 20-30 % ga oshirish imkonini bergan.
kaplan gidroturbinasi va doimiy magnit generatori asosida ishlab chiqilgan quvati 50 kVt mikro GES Andijon viloyati Marhamat tumani hududidan o‘qib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanalida o‘rnatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024 yil 13 avgustdagi № 04-13-6332 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mikro GES Rohat MFY hududidagi 0.4 kVt elektr tarmog‘iga ulangan bo‘lib, o‘rnatilgan mikro GES 1 oyda 15 800 kVt elektr energiya uzatish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish