Sodiqova Feruza Abdulxay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tashqi ta’sirdan yuqori himoya xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus kiyim ishlab chiqish” 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD\T3730
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salih Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mastura Kabulovna, texnika fanlari doktori, professor; Temirova Gulnoz Ibodovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qurilish sohasi ishchilari maxsus kiyimiga yangi turdagi polimer-kompozision materialni qo‘llash orqali tashqi ta’sirdan himoya hususiyatiga ega  bo‘lgan maxsus kiyimning ratsional variantini  ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maxsus kiyimga ta’sir etuvchi tashqi mexanik ta’sir va xavfli ishlab chiqarish omillarining tadqiqi va iste’molchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi turdagi “to‘qimachilik materiali + rezina + to‘qimachilik materiali” dan iborat tizimdan tashkil topgan himoya mexanizmi  taklif etilgan;  
maxsus kiyim uchun mahalliy xomashyodan tayyorlangan tashqi mexanik ta’sirdan himoyalovchi paketlar komponentlarining bikirligi, deformatsiyalanuvchanligi, qalinligi kabi ko‘rsatgichlarining optimal varianti yaratilgan;
maxsus kiyimni konstruktiv parametrlarini dinamik moslik ko‘rsatkichlariga  bog‘liqligining regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan va buyumning orqa kengligiga, ko‘krak satxiga beriladigan qo‘shimcha xaqlar qiymati,  eng o‘mizi kabi konstruktiv parametrlarining optimal qiymatlari asoslangan;
mehnat jarayonida ishchilar harakatlarining erkinligini va qurilish soha sharoitida kiyimning dinamik mosligini ta’minlaydigan funksional-konstruktiv va funksional-dizayn kabi qo‘rsatgichlari bilan farqlanadigan maxsus kiyim to‘plami tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish soxasi ishchilari maxsus kiyimining ratsional konstruksiyasi va samarali ishlab chiqarish texnologiyasi  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga  (“Qurilish soxasi ishchilari uchun tashqi mexanik ta’sirdan ximoyalovchi maxsus kiyim komplekti” № SAP 2597) patenti olingan. Natijada qurilish soxasi ishchilarining mehnat sharoitlari yaxshilangan, mehnat jarayonida ishchilarga, ergonomik nuqtai nazardan, qulay sharoitlar yaratilgan, maxsus kiyimning sifati yaxshilangan  va uning ekspluatatsiya davri oshgan;
qurilish soxasi ishchilari uchun yaratilgan maxsus kiyim komplektlari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlar paketi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi tikuvchilik korxonalarida, shu jumladan, “IDEAL TEXTIL ORZU” MChJ, “Home textile NT” MChJ, (Namangan viloyati) korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 18 dekabrdagi 03/25-654-sonli ma’lumotnomasi). Natijada moddiy resurslarni tejash va ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 18,3 % ga oshishiga erishilgan hamda qurilish soxasi ishchilari sifatli maxsus kiyim bilan ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish